Word dasturida ishlash. Boshlangich sinf oqituvchilarini meyoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturidan foydalanishni orgatish
Download 232 Kb.
|
1 МАВЗУ
3. Google Chrome dasturi.
Internet hozirgi kunda butun dunyoni qamrab olgan yagona tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoqqa ulanish, uning resurslaridan foydalanish uchun esa bizga hozirgi kunda juda ko'p turlari mavjud internet brauzerlari kerak bo'ladi. Misol o'rnida aytib o'tadigan bo'lsak bularga Google chrome, Mozilla FireFox, UC Browser, Internet Explorer, Internet Explorerning yangi avlodi Edge brauzeri va boshqa internet brauzerlari kiradi. Sanab o'tilganlar ichida Internet Explorer Windows operatsion tizimi o'rnatilganda u bilan birga tizimga o'rnatiladi lekin bu brauzerni ba'zi kamchiliklari sababli u kam qo'llaniladi. Biz bugun Google chrome brauzeridan qanday foydalanish va uning bir necha imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. 1-rasm. Bizga kerakli razryadni tanlaymiz 2-rasm. Bizda quyidagicha dasturni o'rnatish oynasi ochiladi 3-rasm. O'rnatish jarayoni tugagandan so'ng bizni ish stolimizda quyidagicha yorliq paydo bo'ladi 4-rasm. Endi yorliqni ikki marta bossak quyidagicha oyna ochiladi. Bu dastur 1-marta ishga tushganligini anglatadi. «Next» tugmasini bosamiz 5-rasm. Bu oynaning maqsadi sizda bir necha brauzerlar bo'lganda qaysi bir asosiy bo'lishni belgilashda google chrome brauzerini taklif qiladi.Biz albatta Chrome brauzerini tanlaymiz 6-rasm. Ochilgan oyna bizning brauzerimizning oynasi hisoblanadi. Endi brauzerimizning oynasi nimalardan tashkil topganligi bilan tanishib chiqamiz Chrome brauzeri quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: 1. Bu tugmalar ochilgan sahifalarni oldinga, orqaga qaytarish va qayta yuklash tugmalari hisoblanadi; 2. Ochilgan sahifa nomi yoziladigan joy; 3. Sahifani ochish uchun manzil yoziladigan joy; 4. Yangi manzillarni ochish uchun brauzer oynachalarini qo'shish tugmasi; 5. Agar sizda gmail da pochta (keyingi darslarimizda pochta haqida ko'rib chiqamiz) qutingiz yoki «account» ingiz mavjud bo'lsa chrome brauzeriga qo'shib qo'yishingiz mumkin; 6. Ochilgan sahifani yo'qotib qo'ymaslik uchun uni metka ya'ni manzilning o'zini saqlab qo'yishingiz uchun kerak bo'ladigan tugma; 7. Chrome sozlamalar, kengaytmalar va turli boshqa bo'limlarga o'tish joyi. 7-rasm. Endi internetdagi biron saytga kirmoqchi bo'lsak biz, 1 raqami turgan joyga kirmoqchi bo'lgan saytimizning manzilini yozamiz va 2 raqami turgan joyda bizga turli taklif etuvchi manzillarni ko'rsatadi 8-rasm. Manzilni yozib «Enter» tugmasini bossak bizga kerakli manzil yuklanadi. Misol sifatida biz Google.com qidiruv saytini yozdik 9-rasm. Manzil yozadigan joyga biz manzildan tashqari boshqa narsa yozsak bizga bu chrome brauzeri google qidiruv tizimi orqali avtomatik tarzda yozgan narsamiz haqida ma'lumot qidirishni boshlaydi 10-rasm. Qidiruv natijalari Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling