Word matn protsessorida matn bo`lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn
Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish
Download 1.93 Mb.
|
5-Mavzu
Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanishPhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam – bu shaffof qog`oz bo`lib, PhotoShopda qatlamga qo`shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin. Qatlamlar bilan ishlash uchun Слой(Qatlamlar) bo`limida joylashgan buyruqlardan foydalaniladi. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно(Oyna) bo`limidagi Слой(Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak, u palitraning ko`rinishi rasmda ko`rsatilgan. Undagi tugmalarning vazifalari bilan tanishib chiqamiz. Yashirin palitralar; Yashirin palitralarni ochish; С. Слои (Qatlamlar) jildi; Каналы (Kanallar) jildi; Контуры (Konturlar) jildi; Palitrani yashirish va ochish tugmasi; Palitraning menyusi tugmasi; Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); Qatlamga bo`yoq quyish (0 dan 100 gacha); Qatlamning qotirilganligi belgisi; Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog`laydi; Qatlamga stil qo`shadi; Niqob qatlam yaratadi; Yangi korreksion qatlam yaratadi; Qatlamlaming yangi guruhini yaratadi; Yangi qatlam yaratadi; Tanlangan qatlamni o`chiradi; Qatlamni ko`rsatadi yoki yashiradi. 6.2.21-rasm. Qatlam oynasi. Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o`zgartirib bo`lmaydi. Boshqa qatlamlarning o`rnini almashtirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo`yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo`lsa, undan keyingi qatlam biroz ko`rinib turadi. Qatlamga niqob qatlam qo`shish mumkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan qismini o`zgartirib bo`lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o`zgartirish kerak bo`lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo`shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo`llash uchun ishlatiladi. Bo`yoq quyish qatlami qatlamning ustidan bo`yoq quyish uchun ishlatiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling