Word matn protsessorida matn bo`lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn


Download 1.93 Mb.
bet5/7
Sana20.10.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1713544
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Mavzu

Qatlamlarga doir mashq №1. Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bunday paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin. Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tasvirini to`liq ajratib (Ctrl+A qo`shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctrl+C). Noutbuk rasmiga o`tib, unga nusxani joylaymiz (Ctrl+V). Noutbuk rasmiga o`tish uchun uning oynasining ko`rinib turgan joyini sichqoncha bilan bosish yetarli. Agar oyna boshqa oynalar bilan to`liq to`sib qo`yilgan bo`lsa, asosiy menyuning Окно (Oyna) bo`limining oxirgi bandlarida joylashgan hujjat oynalaridan keraklisini tanlaymiz.
Noutbuk oynasida mehmonxona tasviri paydo bo`ladi va u ajratib olingan (quyidagi rasmlardan birinchisi). Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) bo`limidagi Трансформирование (Shakl o`zgartirish) bandini va paydo bo`lgan menyudan Искажение (Nochiziqli o`zgartirish) bandini tanlaymiz. Quyidagi rasmda keltirilgan.

6.2.22-rasm. Nochiziqli o`zgartirish.

Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo`ladi. Ulardan birini sudrab, noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona tasvirining qolgan uchlaridagi markerlarni sichqoncha bilan sudrab, kerakli joyga olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yana bir marta burchak markerlarining rasmdagi noutbuk ekrani burchaklariga to`g`ri qo`yilganini tekshirib (Ekrandagi tasvir butunlay ko`rinmasligi kerak), Enter tugmasini bosamiz.


Tayyor rasmni yangi nom bilan saqlab qo`yamiz (6-rasm). Mehmonxona tasviri alohida qatlamda joylashganligi sababli, undagi о`zgartirishlar boshqa qatlamdagi noutbuk tasviriga ta`sir qilmadi:








6.2.23-rasm. Nochiziqli o`zgartirish.


Qatlamlarga doir mashq №2. PhotoShopga yon oyna suratini yuklab olamiz. Uni to`liq ajratib, nusxalaymiz. Yangi surat yaratamiz. Uning o`lchamlari yon oyna surati o`lchamlari kabi bo`ladi. Yangi suratga yon oyna suratining nusxasini joylaymiz (quyidagi 1-rasm). Yon oynadagi mototsiklchilarning tasvirini oddiy arqon yoki magnitli arqon uskunasi bilan ajratib olamiz. Klaviaturadagi Delete tugmasini bosib, ajratilgan bo`lakni o`chirib tashlaymiz (2-rasm). Mehmonxona suratini yuklab, undan nusxa olamiz. Nusxaning o`lchamlarini kichiklashtirib, yon oyna ustiga qo`yamiz (3-rasm).


6.2.24-rasm. Qatlamlar bilan ishlash.


Mehmonxona va avtomashina suratlari joylashgan qatlamlarning o`rnini almashtiramiz. Buning uchun qatlamlar palitrasini ochamiz. Слой 1 degan yozuv ustiga yoki u joylashgan havorang to`rtburchak ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosib turib, yuqoriga sudraymiz. Слой 2 yozuvi tepasida chiziq paydo bo`lishi bilan sichqoncha tugmasini qo`yib yuboramiz.



6.2.25-rasm. Qatlamlar bilan ishlash.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling