World Bank Document


Download 1.18 Mb.
bet37/38
Sana23.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1046249
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc

Sessiyada


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi, O’zGidromet, Xalqaro Vestminster maktabi, Toshkent davlat agrar universiteti, BMTTD, Jahon banki vakillari so’zga chiqdilar.

Siyosiy muloqotlar davomida O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat organlari “yashil” kun tartibini ilgari surish bo’yicha o’z rejalari va niyatlari bilan o’rtoqlashdilar. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti va davlat xaridlari amaliyotini “yashillashtirish” bo’yicha ish olib borish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) moliyalashtirish monitoringi tizimini ishlab chiqishni maqsad qil- gan, u “yashil” taksonomiyani joriy etishdan manfaatdor;

  • O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi energiya samaradorligi bo’yicha boshqarma tashkil etdi, toza energiyaga investitsiya kiritishda iqtisodiy rag’batlar joriy etishni davom ettiradi;

  • O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligi suvni tejaydigan texnologiyalar va zamonaviy nasos stansiyalarini joriy etishni har tomonlama qo’llab quvvatlaydi;

  • O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi 2030-yilgacha o’rmon bilan qoplangan maydonlarni ikki barobarga oshirish maqsadida o’rmonlarni tiklash va o’rmon plantatsiyalari maydonlarini ko’paytirishni davom ettiradi. Oxirgi yillarda 600 ming gektar, shu jumladan, Orolbo’yida 458 ming gektar o’rmonzorlar barpo etildi;

  • Xususiy sektor iqlim o’zgarishini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi va qayta ishlash sohasida o’z yetakchiligini oshiradi;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ta’lim tizimida “yashil” modullarni ishlab chiqadi, yoshlar uchun yangi bandlik imkoniyatlarini, innovatsion yechimlarni, jumladan, raqamli texnologiyalar sohasini taklif etadi. Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan manfaatdor tomonlarni xaritalash mahalliy an’anaviy tuzilmalarni, jumladan, mahallani bu ishlarga ko’proq jalb qilish zarurligini ko’rsatadi;

  • O’zGidromet iqlim bo’yicha strategiya va yo’l xaritasini yakunlash ustida ish olib bormoqda, shuningdek, qishloq va suv xo’jaligi, sog’liqni saqlash, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, shahar muhiti kabi iqtisodiyotning muhim sohalaridagi moslashish rejalari ustida ishlamoqda.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling