Kompozit plomba ashyolari haqida tushuncha
Pyer Fosharning "Kompozit plomba ashyolari haqida tushuncha" nomli kitobi XVIII asrda asosiy manba hisoblangan. Foshar tishlarni davolash uchun asbob-uskunalarni takomillashtirgan va yaratgan. U tishlarni charxlash uchun bormashinaga o‘xshash borni aylantiruvchi asbobdan foydalangan. Tishlarni plombalash uchun har xil egilgan shtoferlardan foydalangan. Plombalovchi ashyo sifatida qo‘rg‘oshin, qalay va oltindan foydalangan. Davolangan tishlar 20—30 yil xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
1770- yilda hozirgilarga yaqin plomba ashyolari paydo bo‘la boshlagan. XIX asrda fransuz shifokorlari Arnazzan (1808) va Delabarr (1815) lar kariyes bo‘shliqlarini davolash va plombalash usullarini taklif qilganlar. Delabarr emal pichoqlari bilan bo‘shliqlariga ishlov bergan va pulpitlarni davolashda pulpani kuydirib, ustidan oltin fal’ga bilan yopgan. Kuydirishda qizigan simni pulpaga tiqib maqsadga erishgan.
Shu paytda, boshqa fransuz shifokori Darsse tarkibi 8 qism vismut, 5 qism qo‘rg‘oshn va 3 qism sink (rux) va yengil eruvchi metaldan bo‘lgan plomba ashyosini yaratgan. Bu keng qo‘llanilgan. Renar esa bunga bir qism simob qo‘shib amalgamani yaratilishiga sababchi bo‘lgan. 1819- yilda Bell birinchi bo‘lib amalgamani kumush qipiqlarni, kukunlari bilan simobni qo‘shib tayyorlashni taklif etgan.
1859- yilda nems tish shifokori Lippold misli amalgamani taklif etgan. Amalgamalar hozirda ham takomillashib, terapevtik stomatologiya amalyotida ma’lum sharoitlarda qo‘llanilmoqda. 1836- yilda amerikalik tish shifokor Vud Spuner pulpani devitalizatsiyalash-jonsizlantirish, o‘ldirish uchun margumush (mishyak) kislotasini qo‘llangan.
Kompozitlar (murakkab) - ikkita kimyoviy tarkibiy qismlarning birikmasidan iborat bo'lgan materiallar: organik asos va noorganik plomba (og'irlik bo'yicha 50%) va ularni bog'laydigan sirt faol modda - silandir.
Kompazit plomba ashyolari tarkibi Polimer matritsa (organik )-- BIS-GMA – бисфенолглицидилметакрилат, UDMA – уретандиметилметакрилат, TEGDMA – триэтиленгликольдиметакрилат Noorganik toldirgich 50% dan ortiq (dispers faza)-- Кварц, алюмосиликат ва борсиликат шиша, кремний оксиднинг турли модификацияси, олмос чанги. Yuza aktiv moddalarkatalizatorlar, ininsiator, buyoqlar, pigmentlar Silanlartoldirgich va organik matritsani birikishini taminlaydi.
Noorganik to'ldirgich – ashyoga mustahkamlik, yedirilishga qarshi chidamlilik, chokmaga tushishini kamaytiradi, estetik xususiyatlarni yaxshilaydi. Silanlar – ishlab chiqarish sharoitida noto'ldirgich yuzasiga suriladi. Ular to'ldirgich va organik matritsa orasida kimyoviy bog' xosil qiladi.
Kompozitlarni polimerizatsiyasi
- Polimerizatsiya – monomer molekulalarning ozaro tasiri natijasida yuqorimolekulyar polimer molekulalarning xosil bolishi.
- Issiqlik reaksiyasi bilan (qizish);
- Kimyoviy reaksiya bilan;
- Fotokimyoviy reaksiya bilan.
Kimyoviy qotuvchi kompozitlar.
- Ikki komponenli – pasta-pasta, kukun-suyuqlik;
- Bir komponenti – kimyoviy aktivator, ikkichi komponenti – kimyoviy initsiatordan tashkil topgan.
- Qorish vaqtida polimerizatsiya reaksiyasi boshlanib, erkin radikallar hosil boladi.
- Ijobiy tomoni – plomba miqdori, qalinligidan qatiy nazar polimerizatsiya bir tekisda boshlanadi.
- Kamchiligi – polimerizatsiya yakunida plombada aktivator (termoamin) qolib, turli kimyoviy reaksiyalarga kirishi natijasida plomba rangini ozgarishiga (aminli boyalish) olib keladi.
- Kamchiligi – polimerizatsiya jarayoni qorish bilan boshlanadi. Plombani qoyishda vaqt chegaralanadi.
Nur bilan qotuvchi kompozitlar - fotopolimerlar
- Bir pastali tizim – nur otkazmaydigan vintli porshenli shpris tyubiklarda chiqariladi.
- Polimerizatsiya foton energiyasi orqali aktivlashadi.
- Polimerizatsiya uchun fotopolimerizatorlar – tolqin uzunligi 400 – 500 nm yuqori intensiv kok rangli lampalar ishlatiladi.
Nur bilan qotuvchi kompozitlarning avzalliklari:
- Komponentlar aralashtirishni talab etmaydi;
- Ish vaqtida qovushqoqlik xususiyatini ozgartirmaydi;
- Ishlash vaqtida turli ashyolarni turli ranglarini kombinatsiyalash imkonini beradi;
- Plombani modelirovkasi uchun zarur vaqtni beradi;
- Polimerizatsiya buyruq bilan boshlanadi;
- Chiqindisiz ishlash imkonini beradi;
- Komponentlari tasirida rangi ozgarmaydi;
- Nur yordamida polimerizatsiya darajasi yuqori bo'ladi.
Nur bilan qotuvchi kompozitlarning kamchiliklari:
- Ko'p vaqt ketishi (40-60 daq., kimyoviy kompozitlarda daq.);
- Narhining qimmatligi (fotoaktivatori bilan);
- Ko'z uchun lampaning zararli tasiri.
Kompozit ashyolar to'ldirgichlarning xajmi boyicha:
- Makrotoldirgichli (8 – 45 mkm);
- Mikrotoldirgichli (0,04 – 0,4 mkm);
- Minitoldirgichli (1 – 5 mkm);
- Gibrid (0,04 – 5 mkm, ortacha 1 – 2 mkm);
- Mikrogibrid (0,04 – 1 mkm, ortacha 0,5 – 0,6 mkm);
- Nanotoldirgichli – nanokompozitlar (chin nanokompozitlar, nanogibrid kompozitlar).
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |