World of Science April,Volume-6, Issue-4
Download 55.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Sulaymonov Shoirbek Bahodir o’g’li
World of Science April,Volume-6, Issue-4 126 MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI TASHKIL QILISHNING HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI Sulaymonov Shoirbek Bahodir o‟g‟li Daniqulov Mirkamol Ravshan o‟g‟li Magistr, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‟yicha) talabalari Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida investitsion faoliyatni tashkil qilish uning tashkiliy va huquqiy asoslarining mazmuni ularni qo‟llab quvvatlash va ularni O‟zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va investitsiya qonuni doirasida qo‟llab quvvatlash va yetarlicha shart- sharoitlar yaratib berish investitsiya va innovatsiyalarning asosiy maqsadlari haqida ma‟lumotlar keltirilgan. Davlatning investitsion faoliyati va investitsiya dasturlarini amalga oshirish o„ziga xos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiya kiritish muammolarini o‟rganish har doim iqtisodiy fanning diqqat markazida bo‟lib kelgan. Buning sababi shundaki, investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning chuqur poydevorlariga ta‟sir qiladi va umuman iqtisodiy o‟sish jarayonini belgilaydi. Zamonaviy sharoitda ular milliy iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy inqirozni yengish, texnologik taraqqiyotni ta‟minlash, mikro va makro darajada iqtisodiy faoliyat sifat ko‟rsatkichlarini yaxshilashning muhim vositasidir. Shu bois ham hozirgi zamon bosqichida investitsiya fanining predmeti bo„lib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya fanini o„rganishda asosiy e‟tibor investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qulay muhit yaratish, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini asoslash, investitsiyani boshqa moliyaviy kategoriyalar ichida tutgan o„rni, investitsiyalarni moliyalashtirishning mukammal shakllari bo„lgan lizing kreditlari va investitsiyalarni loyihalashni moliyalashtirish shakllariga, mamlakatda investitsiya muhitini yaratishga va hokazolarga katta e‟tibor berilishini talab etadi. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda investitsiya va unga ta‟sir etuvchi omillar, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, kapital quyilmalarni mohiyati, ularni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi, investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari, ular tarkibida budjet, bank va boshqa moliyaviy institutlar resurslarini jalb etilishini dinamik holatini tahlil etish va ular bo„yicha talabalarga amaliy- nazariy savollar yuzasidan bilim egallashlariga imkoniyat yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu fanni o„rganishning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib investitsiyalarni jalb etilishini, iqtisodiy o„sishni ta‟minlashdagi ahamiyati doirasida ko„nikmalar hosil qilish bo„lib hisoblanadi. Investitsiya sohasida to‟plangan milliy va xorijiy tajribadan foydalanish va investitsiya faoliyatini tartibga solishning umumiy printsiplari, usullari va vositalarini ishlab chiqish zarur, bu esa ushbu faoliyatni O‟zbekistonda amalga oshirish uchun huquqiy normalar va qoidalarning umumiyligini tartibga soladi. Huquqiy baza yangi ilg‟or usullarni: moliyaviy lizing, loyihalarni kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish va boshqalarni joriy etish imkoniyatini yaratishi kerak. Samarali investitsiya tizimi bir vaqtning o‟zida davlat va investorlarning Download 55.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling