Writing Informative or Explanatory Texts English Presentation in Colorful Pastel Doodle Style
Download 441.86 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mustaqil ish
4-MUSTAQIL ISH Mahamadiyev Ibrohim reja Nomoddiy aktivlar amortizatsiya si. 1 Qimmatli qog‘ozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi. 3 Obligatsiyalar bo‘yicha muomalalar hisobi. 4 Dividendlar hisobi. 2 Aksiyalarning chiqarilishi va sotilishining hisobi. 5 Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati amortizatsiya qilinadi. Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizatsiya hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat foydali xizmat muddati mobaynida korxona xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi. Amortizatsiya quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan hisoblanadi: a) amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash; b) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli; c) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; d) yillar summasi usuli (kumulyativ usul). Hisobot yili davomida nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari qo’llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari) yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi. Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi korxona tomonidan nomoddiy aktivlardan foydalanish davri mobaynida teng maromda hisobot yilida hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning har xil turlariga (guruhlariga) nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullari qo’llaniladi. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlar bo’yicha (guruhi, turi va boshqalar bo’yicha) faqat bitta usul qo’llaniladi. Qo’llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli va nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini qayta ko’rib chiqish mumkinligi korxonaning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi kerak. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. Qimmatli qog‘ozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi. Moliyaviy qo‘yilma bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir. Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadiga bog‘liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi. Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi. Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar»da yuritiladi. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko‘rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, Debet saldosiga ega bo‘lib, u oy boshiga bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. Bu schyotning Debetida: qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo‘yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti bo‘yicha – qimmatli qog‘ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi. mumkin. O ‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniyatlariga binoan AJlarda dividend to‗lovlarining manbasi deb quyidagilar belgilab qo ‗yilgan: hisobot yilida AJ olgan sof foyda so‗mmasi; o‗tgan davrlarda olingan lekin taqsimlanmagan foyda so ‗mmasi; shu maqsad uchun maxsus tashkil qilingan fondlar. Shuni qayd qilish lozimki, uchta manbadan oxirgisini, AJ aksiyalarga to ‗lash uchun mablag ‗‗i bo‗lmaganda, faqat imtiyozli aksiya egalariga va‘da qilingan dividend miqdorini to ‗lash uchun foydalanishi mumkin. Ikkinchi manba, ya‘ni taqsimlanmagan foyda AJlarda unchalik katta so ‗mmani tashkil qilmaydi. Demak, nazariy jihatdan olib qaraladigan bo ‗lsa, dividend to‗lovlari uchun faqat sof foyda so‗mmasi ishlatiladi.―Dividend chiqishi‖ koeffitsienti oddiy aksiyalarga to ‗g‗ri kelayotgan dividend so‗mmasining, har bir oddiy aksiyaga to ‗g‗ri kelishi mumkin bo‗lgan foyda so‗mmasiga nisbati bilan aniqlanadi. Dividend siyosatining ushbu usulida ―dividend chiqishi‖ koeffitsientning miqdori o‗zgarmas deb qaraladi. Bu usulga asosan, agarda AJ hisobot yilini zarar bilan yakunlagan bo ‗lsa, umuman dividend to ‗lmasligi mumkin. Natijada aksiyalarning bozor kursi ham keskin tushub ketadi va kompaniyaning reytingi pasayib ketishiga olib keladi Dividendlar hisobi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya bo ʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida to ʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablag ʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, ya ʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin so ʻzi va obroʻsi bilan ta ʼminlangan yoki ta ʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Obligatsiyalar bo‘yicha muomalalar hisobi. Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qat ʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qog ʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz to ʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qo ʻlidagi pul mablagʻlarini to ʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga bo ʻlinadi. Ba ʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga ega bo ʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past bo ʻladi. Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr boshlarida Angliyada chiqarilgan bo ʻlib, keyinchalik jahonning bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan. Ular, asosan, davlat hamda aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan chiqarilib, ssuda kapitali bozorida erkin muomalada bo ʻlgan. Aksiyalarning chiqarilishi va sotilishining hisobi. Aksiya (nemischa: Aktie; niderlandcha: Actie; lotincha: actio — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qog ʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qog ʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qog ʻozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi. A. dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, so ʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi- sotdi etiladi. A. bevosita emitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. A. davlat korxonalari aksiyador jamiyatlarga aylantirilgan chog ʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. O ʻzbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga bo ʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va imtiyozli turlarga bo ʻlinadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta ʼminlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta ʼminlamaydigan A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mas, 1995-yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. so ʻmlik aksiyalari saqlandi. Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o ʻzining maʼlum hissasini qo ʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qog ʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi. O ʻzbekistonda aksiyalar, Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — hozirda Moliya vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz — korporativ axborot yagona portali va ma ʼlumot oshkoraligini taʼminlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi[2]. Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o ʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to ʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo ʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo ʻyilgan puldan keladigan foizdan kam bo ʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. Download 441.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling