Wsrjournal com 1 boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Download 309.43 Kb. Pdf ko'rish
|
BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Rasmlarni toʻgʻri joylashtir» metodi
«3/3» («4/4», «5/5», ...) metodi
Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, tahsil oluvchilardan oʻrganilayotgan mavzu (yoki boʻlim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga koʻra oʻqituvchi mavzu (boʻlim, bob) yuzasidan uchta (toʻrtta, beshta va hokazo) toʻgʻri va unga teng nisbatda (uchta, toʻrtta, beshta) boʻlgan va nooʻrin qoʻllanilgan tushunchalar (soʻzlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. Tahsil oluvchilar ushbu tizimdan mavzu (boʻlim, bob)ga taalluqli boʻlmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metodni qoʻllashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: - oʻqituvchi oʻzaro teng nisbatda mavzu (boʻlim, bob)ga oid va oid boʻlmagan asosiy tushunchalar tizimi yaratadi; - tahsil oluvchilar mavzu (boʻlim, bob)ga oid va oid boʻlmagan asosiy tushunchalarni aniqlaydilar va daxldor boʻlmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar; - tahsil oluvchilar oʻz harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda tahsil oluvchilar tomonidan mavzuning puxta oʻzlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. «Rasmlarni toʻgʻri joylashtir» metodi Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qoʻllashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - oʻqituvchi tomonidan oʻrganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketmaketlikda yoritishga - xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi); - har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketmaketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi; - guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib boʻlingach, kartochkalarning orqa tomoni oʻgiriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada toʻgʻri bajarilganligi aniqlanadi. Agar topshiriq guruhlar tomonidan toʻgʻri bajarilgan boʻlsa, yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga oʻgirilganda mavzuning mohiyatini yorituvchi «yadro» tushuncha hosil boʻladi. Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda tahsil oluvchilarda mavzuni muayyan qismlarga boʻlib oʻrganish va qismlar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash koʻnikmalari hosil qilinadi. Download 309.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling