X alqaro nordik universiteti
Anketa yo‘li bilan so‘rash metodi
Download 42.95 Kb.
|
esse
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi.
- Tayanch tushunchalar: Burch
- Tarbiya
- Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar
- Nazorat uchun savollar
Anketa yo‘li bilan so‘rash metodi.
Anketa yo‘li bilan so‘rash metodining boshqa metodlardan afzalligi shundaki, qisqa vakt ichida anketa orqali anchagina kishilarga savollar berib, ulardan yozma javoblar olish mumkin. Olingan javoblar ko‘rib chiqiladi va tahlil kilinadi. Hujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi. Pedagogik hujjatlarni o‘rganish orqali tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob'ekt to‘g‘risida har xil ma'lumotlarni bilib oladi. Bunga MTT mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, MTT tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loydan yasagan buyumlari va shu kabilar kiradi. Masalan: bolaning ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarni qay darajada murakkablashib borganini, ularda tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyingi ishlarni belgilashga yordam beradi. Tayanch tushunchalar: Burch – kishilarning biror shaxs, oila, jamoa, El-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Davlat standartlari – ta'limning zarur yetarli darajasiga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon. Didaktika – pedagogikaning ta'lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqaradigan tarmog‘idir. Komillik – ongli insonga xos va mos bo‘lgan xislat, aqliy-ma'naviy darajadir. Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar: I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi. –T.: O‘zbekiston, 2010. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq, 1997. O.Hasanboeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. –T.: O‘qituvchi, 1993. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qӯyiladigan Davlat talablari. T-2018 Nazorat uchun savollar: Maktabgacha ta'lim pedagogikasi predmeti nima? Maktabgacha ta'lim pedagogikasi maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilasiz? Maktabgacha ta'lim pedagogikasi qaysi fanlar bilan alokador? Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular qaysilar? Download 42.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling