X боб нерв тўҚимаси


Download 430.5 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi430.5 Kb.
#228794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Гистология готов X

Oligodendrogliya. U neyrogliyaning eng ko`p sonli hujayralari bo`lgan oligodendrotsitlarni (oligodendrocyti) o`z ichiga oladi. Oligodendrotsitlar mayda hujayralar bo`lib, shakli turlichadir. Ularda dumaloq kichik yadro bo`lib, u yupqa donador sitoplazma bilan o`ralgan. Bu hujayralarning o`simtalari kam va sust tarmoqlangan (yunon. oligos-kam). Oligodendrotsitlar miyaning oq va kulrang moddasida keng tarqalgan bo`lib, MNS va periferik nerv tugunlarining hujayralarini o`rab turadi (gliotsit satellitlar). Ular miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining pardalari hosil bo`lishida hamda nerv oxirlarining shakllanishida ishtirok etadi. Bunda ular neyrolemmotsitlar (Shvann hujayralari yoki lemmotsitlar) deb ataladi. Ular trofik funktsiyani bajaradi, nerv hujayralarining modda almashinuvi protsessida ishtirok etib, nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasida ahamiyati katta.

Oligodendrotsitlar aktiv oqsil va boshqa moddalarni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bu hujayrada donador endoplazmatik to`r va Golji kompleksi kuchli rivojlangan. Oligodendrotsitlar tuzilishi bo`yicha neyronlarga yaqin turib, ulardan neyrofibrillalari yo`qligi bilan farqlanadi.




Download 430.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling