X. F. F. D. (PhD), dotsent A. A. Safarov


Download 169.81 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi169.81 Kb.
#1210761
1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza

Paxta terish mashinalarida terilgan paxtaning namligi odatda 10–18 %, ko’rak terish mashanalarida terilgan paxtaning namligi esa 18–27% bo’ladi. Bunday namlikdagi paxtani uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi. Hattoki namligi 13–14% dan yuqori bo’lgan paxtani saqlaganda o’z-o’zidan qizib, tola va chigitning tabiiy xususiyatlari keskin pasayib ketadi.

Namligi yuqori bo’lgan paxta zavodlarda qayta ishlanganida texnologik mashinalarning ish unumi va ularning samaradorligi pasayadi. qayta ishlashda birinchi sort paxta namligining 1% ga oshishi undagi tola nuqsonlarini 0,25–0,35% ga ko’paytiradi.

Chigitli paxtani kondision namlikda qabul qilib uzoq vaqt saqlash mumkin. Chigitli paxta kolloidli kapillyar va boshqa kuchlar ta’sirida ushlanib turadi. Chigitli paxtaning turli qismlarida namlik miqdori turlicha bo’ladi. Namligi 8,5% bo’lgan chigitli paxta urug’ining yadrosida 6,7%, qobig’ida 11,6% va tolasida 7,1% nam bo’ladi.

Mashina terimi paxta sortlari bo’yicha saqlashga qabul qilish shartlari quyidagicha: (o’rta tolali g’o’za navlari uchun).

I-sort paxtasi qo’lda siqib qo’yib yuborilganda ukparlanib asl shakliga qaytadi. G’o’zaning naviga, parvarishlash sharoitiga qarab I-sort paxta oq novvot rangda bo’ladi. Tola uzulish kuchi 4,4 g/k va undan yuqori. Shudring va yomg’irdan so’ng tola ustida sariq dog’lar paydo bo’lishi mumkin. Paxtasi yakka chigit paxta bo’lib, bo’lakchasi (chanoqdagi paxta) bir oz cho’zilgan bo’lib, tolalari salgina buralgan.

II-sort paxtasi I-sortga nisbatan kamroq ukparlanadi, asosan to’liq etilgan. Кam suvlikda past xaroratda va boshqa noqulay sharoitda ochilgan ko’saklardan terib olinadi. Bu sortli paxtaning rangi naviga va parvarishlash sharoitiga qarab oq yoki och novvot rangli (ingichka tolali navlarda xiraroq) bo’ladi. Shudring yoki yomg’irdan keyin tolasida sariq dog’lar bo’lishi mumkin. Tolaning uzilish kuchi 3,9-4,3 g/k. Paxtasi aloxida 1 dona chigitli paxta va bo’lakchasida cho’zilgan tolalar uchrashi mumkin. Bu xildagi tolaning sirti yiltirab, jilolanib turadi.


Download 169.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling