X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
8.4. Dag„al kanop (kanatnik)
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistematikasi.
377
8.4. Dag„al kanop (kanatnik) Ahamiyati. Dag'ai kanop tolasidan dag„al gazmollar, arqon, qoplar, kanatlar ishlab chiqariladi. Poyadan 23,3-27,5% o„rtacha 15- 17% tola chiqadi. Dag„al kanopning urug„ida 18% yarim quriydigan texnik moy bo„ladi. Tola ajratib olingandan keyin chiqindilaridan qog„oz va qurilish materiallari ishlab chiqiladi hamda yoqilg„i sifatida qoilanadi. Tarqalishi. Yowoyi holda dag„al kanop: Yevropaning janubiy mintaqasi, Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyada keng tarqalgan. MDH davlatlarida dag„al kanop Qozog„istonda Kavkaz davlatlarida va 0„rta Osiyoda uchraydi. Vatani va madaniy dag„ai kanopning markazi deb Shimoliy Xitoy hisoblanadi. Boshqa davlatlarda ham ekiladi. Rossiyada ilk bor dag„al kanop 1910-yili Kubanda ekilgan. Keyinroq bu o„simlik 1930-yildan boshlab Shimoliy Kavkaz, Qozog„iston, Stavropol va Krasnodar oikalarida, Belarussiyada, Ozarbayjonda ekilgan. Tola hosili 20-40 s, urug„ hosili 8-12 s/ga ni tashkil qilgan. Sistematikasi. Dag„al kanop - Abulion avicennae Gaertn. bir yillik gulxayrilar (Malvaceaej oilasiga mansub. Poyasi tik o„sadi, yuqori qismi shoxlanadi, poya balandligi 5-7 m gacha bo'ladi, ser- tukli. Bargi yirik, dumaloq-yuraksimon, kuchli tuklangan. Uchi o„t- kir. Guli sariq rangli, 5 ta gulbarglari poyaning 10-30 bo„g„inlarida joylashadi. Mevasi - qovurg„ali ko„sak 11-30 ta meva barglaridan tashkil topgan, tarkibida 30-100 ta urug„ bo„ladi. Urug„i mayda buyraksimon, kul, qora rangli, 1000 tasining vazni 10-16 g, urug„i kam to„kiladi. Ildizi o„q ildiz, tuproqqa 40-60 sm ga kirib boradi. Dag„al kanop qurigan torfli-botqoqlangan tuproqlarda yaxshi o„sadi. Maysalanish davrida qisqa muddatli haroratni 0 °C gacha pasayishiga bardoshli.; maysa -2 -3 °C da nobud bo'ladi. Katta yoshdagi 0 „simlik -4 °C ga bardoshli. Suv bostirishga va sizot suvlami yaqin joylashishiga chidamsiz. Dag„al kanop zamburug„li va boshqa kasalliklarga chidamli. Dag„al kanop o„zidan changlanadi, ammo hasharotlar yordamida chetdan changlanishi mumkin navlar bilan bog„langan holatda amal davri 100-130 kun bo„ladi. MDH davlatlarida ekiladigan eng yaxshi navlar: Azov-Chemomorsk 378 tajriba stansiyaning navi № 091, amal davri 120 kun va Bezenchuk qishloq xo'jaligi tajriba stansiyasida yaratilgan №85, №452; Ukrainaning seleksiya-genetika institutida yaratilgan №07 (amal davri 120 kun). Bu navlar serhosil. Tola chiqishi 24-26% ni tashkil qiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling