X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologiyasi.
- Biologiyasi.
Sistematikasi. Tamaki Nicotiana avlodi, ituzumdoshlilar Sola-
naceae oilasiga mansub. Uning ikkita turi ekiladi: tamaki N.taba- cum L. va maxorka N.rustica. Bu turlar chekish mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ekiladi. Yowoyi turlari: N.alata va N.sandera manzaraii o'simlik sifatida ekiladi. Turli sharoitda har xil agroekologik tipga mansub boigan tamaki navlari shakllangan. Navlar guruhi yoki agroekotiplar vujudga kelgan joyning nomi bilan yuritiladi. Tamakining mavjud agroekotiplari uch guruhga boiinadi: 1. Papiros tayyorlanadigan sharqiy tamaki. 2. Amerika papiros tamakilari. 3. Sigarabop tamakilar. Papiros tayyorlanadigan Sharqiy tamaki guruhi Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida tarqalgan, iqlimi issiq va quruq hamda tuproq unumdorligi past boigan sharoitda shakllangan. Bu guruhga mansub boigan asosiy belgilar - mayda bargli, bargning zichlashi- shi, qurg„oqchilikka chidamli, o„rta yoki ertapishar, ancha xushbo„y. Bu guruhga kiradigan navlar barglari joylashishi bo„yicha: a) band- siz barglarga ega navlar «Basma», «Smima», «Dyubek» va b) band- li bargli navlar «Samsun», «Trapezond», «Persigai» va boshqalardir. Amerika papiros tamakilari guruhiga Janubiy Amerikaning issiq va semam iqlimli sharoitda shakllangan yirik bargli, baland bo„yli va namga juda talabchan navlar vujudga kelgan, bular «Virjiniya», «Merilend», «Berleydir». 55 vvwwFAOstat. fao.0rg-2017 years. 381 Sigara tamaki guruhiga kiradigan navlar semam va issiq sharoitda shakllangan. Bular - Braziliya tamakisi, Gavana va Sumatra tamakilaridir. Morfologiyasi. Tamaki bir yillik o'simlik, tropik mintaqasida 2-3- yil o„sib hosil berishi mumkin. Jidizi o„q ildiz, yaxshi rivojlangan. Tamaki poyasi tik o„sadi, tukii bo„ladi. Bargi poyada ketma-ket joylashgan boiib, bandli, bandsiz va tukli boiadi. Bargning poyaga birikkan joyida barg quloqchasi boiadi, uning shakli kattaligi nav belgisi boiib, har xil boiadi. Barg soni 16-20 ta boiadi, ba'zan 40-50ta va undan ham ortiq boiishi mumkin. Barg soni nav belgisi boiib, kam o„zgaradi. Bargning anatomik tuzilishiga ko„ra qalinligi va elastikligi har xil boiadi. Bu xususiyati bargning texnologik xususiyatiga ta‟sir qiladi. Barg yetilganda qalinligi yuqori boiadi, shunda uni yigib olish mumkin. Biologiyasi. Tamakining o'sish davri shartli ravishda ikki bosqichga boiinadi: 1) ko„chat davri 35-60 kun davom etadi. Ko„chat davrida urug„ning unib chiqish, maysalanish, tomirlanish va ko„chat shakllanish davrlari farqlanadi. 2) Dala o„sish davri. Bu davr dalaga ko„chatni oiqazgandan to ko„sakchalar pishib yetilguncha boigan davrni o„z ichiga oladi va ekiladigan navning xususiyatiga qarab 60-150 kun davom etadi, o„rtacha 100-120 kun boiadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling