X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Tuproq muhitini neytrallashtirish


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Tuproq muhitini neytrallashtirish. Tuproqlarning muhiti pH-7 dan ortiq 
boiganda sho„ri yuviladi. Sho„rlanish darajasiga qarab tuproq kuz-qish 
faslida bir necha marta yuviladi. Tuproq muhiti nordon (pH 4-5) bo„lganda 
ohaklanadi. Dala ekinlarining aksariyatiga neytral muhit talab qilinadi. 
Tuproqqa solinadigan ohak unsimon boiishi kerak va yerga bir tekisda 
solinishi lozim. Ohak yerga solingandan keyin diskalanadi, bu tadbirda ohak 
tuproq bilan aralashadi, so'ngra yer haydaladi, kultivatsiya qilinadi. 
Muzlagan yerga ohak solinmaydi. 
Tuproqni tayyorlash. Don ekinlarning hosili yig„ilgandan so„ng ang„izga 
ishlov beriladi, bunda diskali borona qoilanishi mumkin. Bu tadbirdan oldin 
yoki keyin organik va madanli o„g„itIar solinadi. 0„g„itlarning miqdori tuproq 
unumdorligi va ekinlar biologiyasiga bogiiq bo„ladi. 0„g„it solinganda yer 
chimqirqar haydagich bilan haydaladi. Bahorda traktor dalaga kirishi 
mumkin boigan vaqtdan boshlab boronalanadi. Kuzgi va ko„p yillik 
ekinlarga bahorda azotli o„g„itlar solinadi. Bahorgi ekinlar uchun azotli 
o„g„itlar kultivatsiyadan oldin beriladi. 
Kech bahorda ekiladigan ekinlar uchun bahorda boronalan- gandan 
keyin begona o„tlar bilan zararlanishiga qarab, tuproqning mexanik tarkibi 
inobatga olingan holda 1-2 marta kultivatsiya qilinadi, so„ngra boronalanadi 
va talab qilingan sharoitda mola bostiriladi. 
40 


Texnologik tadbirlaming vazifasi __________ 9-
jadval 
Agrotexnik tadbir 
Vazifasi 
Ohaklash 
Tuppoqning 
nordonlanishini 
pasaytirish, 
eki- 
ladigan ekinning biologiyasiga mos kelishi zarur. 
Ang„izga ishlov berish Namni saqlab qolish, begona o„tlarning urug„ini 
ko„karib chiqishiga sharoit yaratish 
Organik o„g„itlarni solish Tuproqning oziqlanish tizimini va suv-fizik 
xossasini yaxshilash. 
Ma‟dan o„g„itlami solish Ma‟dan oziqlanish sistemasini muqobillash- tirish. 
Shudgorlash 
Tuproqda 
angiz 
qoldiqlari, 
organik-ma‟dan 
o„g„itlarni aralashtirish, tuproqning mikro- biologik 
faolligini yaxshilash. 
Bahorda yer haydash 
Kuzda haydash imkoniyati boimaganda haydaladi. 
Vazifasi shudgorlash bilan bir xil 
Bahorda boronalash 
Tuproqning yuqori qismida bugianishni to„xtatish, 
erta o„sib chiqqan begona o„tlarni yo„qotish. 
Qo„ng„irboshli ekinlarni 
bahorda qo„- shimcha 
o„g„itlash 
Bu o„g„itlashda azotli o„g„itlar qoilaniladi. Kuzgi va 
ko„p yillik ekinlarni o„sishiga yor- dam beradi. 
Kuzgi ekinlarni 
boronalash 
Kuzgi va ko„p yillik ekinlar bahorda borona- lansa, 
yorugiik bilan ta‟minlanishi yaxshila- nadi. 
Ekishdan oldin tuproqqa 
ishlov berish 
Tuproq yuzasini tekislaydi, yumshatadi va ekishdan 
oldin zichlashtiriladi. 
Urug„ni ekishga 
tayyorlash 
Urug„ oichamiga qarab saralanadi, tozala- nadi, 
fitosanitar holati yaxshilanadi, urug„ Davlat 
andozasiga javob beradi. 
Ekish 
Ekish tizimiga qarab maqbul deb topilgan 
chuqurlikka ekiladi. 
Maysalanishdan 
oldin 
boronalash 
Tuproq qatqalogi yo„qotiladi. 
Maysalashdan 
keyin 
boronalash 
Begona o„tlarni yo„qotish. 


9-jadvalning davomi 
Qator orasiga ishlov 
berish 
Qator orasini yumshatish, begona oilami yo„q 
qilish, o„g„itlami tuproqqa aralashtirish. 
Qo„shimcha 
oziqlantirish 
Ekinlarni biologiyasiga qarab ayrim rivojlanish 
davrlarda oziqlantiriladi. 
Chopiq 
Ildizmevali, tuganakmevali ekinlarda poya- ning 
pastki qismi tuproq bilan ko„miladi, meva yaxshi 
rivojlanadi. 
Ekinlarga pestitsidlar 
bilan ishlov berish 
Begona oilami yo'q qilishda gerbitsidlar qoianiladi, 
kasalliklarga qarshi fungitsidlar, zararkunandalarga 
qarshi akaritsidlar va in- sektitsidlar qoilaniladi. 
Biologik faol moddalami 
qoilash 
O'simlikni o„sish va rivojlanishini boshqa- radi. 
Yotib qolishga qarshi retardant, plastik moddalami 
meva va urug„da to„planishi uchun qoilaniladi; 
o„simlikni quritish uchun desikant, bargini 
to„kiirishga defoliantlar qoilaniladi. 
Dala atrofini o'rish 
Dalani hosil yigishga tayyorlashda atrofi o„riladi, 
chunki bu verda begona o„tlar ko„p boiadi. 
Hosilni yigish 
Yetishtirilgan hosilni kam nobud qilib, sifatiga 
zarar keltirmay yigib olinadi. 
Ekish. Dala va yem-xashak ekinlarning hosili to„g„ri ekilishiga, ya‟ni 
ekish me‟yori, ekish usuli, ekish muddati va chuqurligiga bog„liq. Bu 
masalalar noto„g„ri hal qilinsa, hosil kam boiadi va sifati ham pasayishi 
mumkin. 0„zbekiston sharoitida yil davomida ekishga imkon bor. Ekish 
muddati o„simlikning biologiyasiga qarab bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki 
boiishi mumkin. 
Issiqsevar qisqa kun o„simliklaming urug„i o„rtacha 8-12 °C da unib 
chiqadi, maysasi -1 °C sovuqda nobud boiadi. Demak, bahorda boiadigan 
sovuqlardan keyin bu o„simliklar ekilishi lozim yoki sovuq tushishita bir 
hafita qolganda ekish mumkin. Maysa sovuq o„tib ketgandan keyin ko„karib 
chiqadi. 
42 


Uzun kunii o„simliklar issiqlikka talabchan bo„lmaydi, maysasi -3-6 °C 
sovuqda chidaydi. Bu o„simliklami erta bahorda ekish mumkin. Kuzgi 
ekinlar tuplanish davrida yaxshi qishlaydi. 0„zbekistonda sovuq tushishi 
oldidan tuplanish davriga o„tish uchun kuzgi ekinlar sharoitga qarab sentabr-
oktabrda ekilgani ma‟qul. Lalmi yerlarda ekish muddati yog„ingarchilik 
boshlanishiga bog„liq. Ayrim ko„p yillik o„tlarning urug„i qishda yoki erta 
bahorda samolyot yordamida ekilishi mumkin. Odatda, bu usul urug„i juda 
mayda ekinlarda qo„llanadi. Ekish muddati, usuli, me‟yori olinadigan 
mahsulot turiga bog„liq. 
Ko„kat yetishtirish uchun qalinroq ekiladi, don yoki urug„ olish uchun 
o„rtacha zichlikda ekiladi. Tuproqning mexanik tarkibi ham ekish muddatiga 
ta‟sir qiladi. Yengil, qumoq tuproqlar tez qurib tez isiydi, shuning uchun bu 
tuproqlarda ertaroq ekish mumkin. Ogir loyli tuproqlar “sovuq” boiadi, kech 
isiydi, bu tuproqlarda ekinlar kechroq ekiladi. Dala ekinlarining ekish usuli 
hosilga ta‟sir qiladi. 
Ekish usulini tanlaganda ekinlarning morfologik belgilariga - balandligi, 
uzunligi, shoxlanishiga e‟tibor berish kerak. Ekish usuli- ga ekinlarning 
begona o„tlar bilan zararlanishi ham ta‟sir qiladi. Begona o„t ko“p boigan 
dalalarda ekinlar keng qatorlab ekiladi, qator orasiga ishlov beriladi. Har xil 
botanik oilaga mansub o„simliklar qo„shib ekiladi, bu usulda ko„pincha yem-
xashak ekinlar ekiladi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling