X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Tuproq muhitiga qarab tuproqning azot bilan ta‟minlanishi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Tuproq muhitiga qarab tuproqning azot bilan ta‟minlanishi 
(mg/kg) 
6-jadva 
pH 
Ta‟minlanishi 
5,0 
5,0-6,0 
6,0 
Juda past 
50 
40 
40 
Past 
70 
60 
50 
0„rtacha 
70-100 
60-80 
60-70 
Yuqori 
>100 
>80 
>70 
Tuproqda azotning mineral shakllari kam miqdorda bo'ladi. 0„simlikning 
azotni o„zlashtirishi tuproq muhitiga bog„liq. 
0„simlikning o'sishi tuproqdagi mikroelement miqdoriga, tuproq 
muhitiga bog„liqdir. 
Ishqorli tuproqlarda marganes va rux yetarli boimaydi, shuning uchun 
bu o„g„itlar tuproqqa solinsa hosil oshadi. 0„simlikda mik- roelementlarga 
bo„lgan talab ularning fiziologik, biologik jarayon- lardagi roliga bog„liqdir. 
Bor elementi yetarli bo„Isa, fotosintez jarayoni normal o„tadi. Bor 
yetishmasa, zig„irda tolaning sifati ildizmevalarda esa hosil kamayadi. 
Molibden yetishmasa, dukkakli ekinlarda havo azoti kam o„zlashtiriladi. 
26 


Tuproqda mikroelement turi va miqdoriga qarab guruhlarga bo„linishi 
(rag/kg tuproqda) 
______ _________________ ________ ______ 7-jadva 
Ta‟minla 
nishi 
Bor 
Molibden 
Kobalt 
Mis 
Rux 
Marga- 
nes 
Juda past 
0,1 
0,05 
0,2 
0,3 
0,2 
1,0 
Past 
0,2 
0,15 
1.0 
1,5 
1,0 
10 
0„rtacha 
0,5 
0,30 
3,0 
3,0 
3,0 
50 
Yuqori 
1,0 
0,50 
5.0 
7,0 
5,0 
100 
Juda yuqori 
>11,1 
>10,b 
>5,1 
>7,1 
>5,1 
>101 
Har bir o„simlik uchun o„g„itlash normasi tuzilganda ekinlar tomonidan 
ozuqaning maksimal o„zlashtirilishi va hosilga sarflan- ganiga asoslaniladi. 
Maksimal o„zlashtirish va hosil tarkibidagi ozuqa element- larining 
farqi ildiz va ang„iz qoldiqlarida to„planadi. 
0„simliklar tomonidan ozuqa moddalaming tuproqdan o„zlash- tirishi 
har xil bo„lib, ekinlarning biologiyasiga bog„liq. Masalan, 1 tonna bug„doy 
doni yetishtirish uchun 23 kg, kungaboqar esa 18 kg kaliy sarflaydi. Ozuqa 
elementlarining maksimal o'zlashtirilishi urug„ organik modda ko„p 
to„pianadigan davrda aniqlanadi, tuproqdan o„zlashtiradigan miqdori hosil 
yig„imi paytida aniqlanadi. 
Qo„ng„irboshli o„simliklarda ozuqa elementlarini eng ko„p o„zlashtirish 
va to„planish vaqti - bu dumbul pishish davrining boshlanishida, dukkakli-
don ekinlarda - urug„ to„la to„lishi davrida kuzatiladi. Bu paytda dukkakli-
don ekinlarni ko„kat olish uchun o„rish eng muqobil muddatdir. Bu davrdan 
keyin barg sarg„ayadi, to„kiladi, mayda ildizlar quriydi. Shu jarayonda ozuqa 
elementlarining bir qismi nobud bo'ladi. 0„rtacha 1 t don va tegishli qo„shim- 
cha hosil yetishtirish uchun 29 kg azot, 10 kg fosfor va 19 kg kaliy 
sarflanadi. 
Dukkakli-don ekinlarning 1 t urug„i va tegishli qo„shimcha hosil bilan 
tuproqdan 58 kg azot, 19 kg fosfor va 33 kg kaliy o„z- lashtiradi. Agar 
dukkakli ekinlarda biologik simbioz ro„y bermasa, hosil 1,5-2,0 barobar 
kamayadi. Umuman dukkakli-don ekinlar 
27 


qo„ng„irboshli ekinlarga nisbatan 2 marta yoki undan ortiqroq ozuqa 
elementlarini o„zlashtiradi. 
Dukkakli o„tlar 1 t pichan yetishtirish uchun qo„ng„irboshli o„tlarga 
nisbatan tuproqdan 1,5 barobar ko„p azotni o„zlashtiradi. Biologik simbioz 
yaxshi rivojlangan sharoitda tuproqdan 7 kg azot va havodan 16 kg, 6 kg 
fosfor va 10 kg kaliyni o„zlashtiradi. Dukkakli va qo„ng„irboshli o„tlarning 
hosili bir xil bo„lganda qo„ng„irboshli o„tlar tuproqdan ozuqa elementlarini 
1,5 barobar ko„p o„zlashtiradi va tuproqning unumdorligini pasaytiradi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling