X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Ekinlarning fotosintetik faoliyati
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAR - fotosintetik aktiv radiatsiya.
1.6. Ekinlarning fotosintetik faoliyati
Ma‟lumki, hosil fotosintez jarayonida shakllanadi. Fotosintez jarayoni faol o„tishi uchun karbonat angidrid, suv va quyosh energiyasi bo„lishi kerak. Dala sharoitida ekinzor butun bir fotosintetik tizimni tashkil qilad i. Bu tizimning tarkibi murakkab bo„lib doimo o„zgaruvchan bo„ladi. Agar har bir o„simlikning oziqlanish maydoni kengaysa, yorug„likdan foydalanish faollashadi, natijada rivojlanish tezlashadi. Ammo har bir tup o„simlikning mahsuldorligi oshgani bilan tup soni me‟yordan kamaytirilsa, gektardan olinadigan hosil oshmasligi mumkin. Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish ekinzorlarda (biotse- nozda) fotosintetik jarayonning o„tishiga bog„liq bo„ladi. Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish biotsenozning fotosintetik faoliyatini muqobil sharoitda o„tishiga bog„liqdir. 32 Hosilning shakllanishini boshqarish - bu o„ta murakkab jara- yon, chunki dala sharoitida biotsenozdagi o„simliklar boshqa murakkab tizimlar (tuproq, mikroorganizmlar, kasallik keltirib chiqaradigan viruslar, begona o„tlar va zararkunandalar) bilan bog„lanadi. 0„simlikning o„sishi va rivojlanishiga ta‟sir qiladigan ayrim omillar (yogMngarchilik, harorat tizimi)ni boshqarish mumkin emas. Ammo meteoma‟lumotlami tahlil qilib, shu sharoitga moslashgan navlar, turlami topib ularga mos yetishtirish texnologiyasini yaratish lozim. Hosilga ta‟sir qiladigan omillami boshqarish mumkin: tuproq unumdorligi, ma‟dan oziqlantirish, begona o„tlar, kasallik va zararkunandalar bilan kurashish. Hosil shakllanish jarayonida muntazam ravishda o„simlikni o„sishi, rivojlanishi nazorat qilinadi va fotosintetik jarayoni talab qilinadigan yo„nalishda o„tishini ta‟minlash mumkin. FAR - fotosintetik aktiv radiatsiya. Fotosintezning asosiy xos- salaridan biri - quyosh radiatsiyasi. Ekinzor shunday tashkil qili- nishi zarurki, unda imkon qadar ko„proq, quyosh radiatsiyasini o„zlashtirishi kerak va bu quvvat xo„jalik uchun foydali bo„lib hosil to„planishida (urug„, don, tugunak, ildizmeva va hokazo) qatnashishi maqsadga muvofiqdir. Fotosintez jarayonida quyosh nurining faqat ko„rinadigan fotosintetik aktiv radiatsiyasi ishtirok etadi. Quyosh nurining uzunligi 380-720 nm. (nanometr yoki millimikron). Bu quyosh nurining xlorofill o„zlashtiradigan va fotosintezning quvvat manbai hisob- lanadi. 0„rtacha quyosh radiatsiyasining 56% ni FAR tashkil qiladi. Quyosh radiatsiyasining qizil nurlari fotosintez jarayonida qatnash- maydi. Har xil geografik mintaqalar uchun yer yuziga tushadigan FARning miqdori aniqlangan va maxsus ma‟lumotnomalarda chop etilgan. Shakllangan hosilning miqdoriga baho berganda (yuqori, o„rtacha, past) FARning o„zlashtirish koeffitsiyentiga qarab aniqlash mumkin. FARning o„zlashtirish koeffitsiyenti o„rtacha 2-3% ga to„g„ri kelganda yaxshi hosil olinadi. Ekinlarni yetishtirish jarayonida intensiv texnologiyalar qoila- nilib, barcha texnologik ko„rsatkichlar muqobil me‟yorda bo„lsa, FARni o„zlashtirish koeffitsiyenti 3,5-5,0% ga yetishi mumkin. 33 0„suv davrida yer yuziga tushadigan quyosh nurining miqdori geografik mintaqalar bo„yicha har xil bo„ladi. Tuproq unumdor bo„lib foydali harorat yig„indisi ko„p bo„lsa, FARni o„zlashtirish koeffitsiyenti oshadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling