X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Fotosintez mahsuldorligi deb


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Fotosintez mahsuldorligi deb - bir sutkada bir kvadrat metr barg yuzasi 
to„plagan quruq organik moddaning miqdori (gramm hisobida)da aytiladi. 
Boshoqli ekinlarda o„rtacha fotosintez mahsuldorligi 5-7 g/mr/kun. 
Makkaio„xoriaa bundan yuqori bo„ladi. 
FM=(B
2
- B0/FP 
Bu yerda Bi va B
2
o„simlikning quruq vazni ma‟lum bir' davr orasida, 
0„suv davri boshlanishida FM yuqori bo„ladi, so„ng barg yuzasi 
kengaygan sari FM kamayib ketadi. 0„simlikda to„planadigan quruq organik 
modda miqdorini aniqlash uchun FM bilan FPni ko„paytirish kerak. Masalan, 
FM 6 g/m
2
/kun bo„lib fotosintetik potensiali 2 mln. kv. m. kun/ga bo„lsa, 
quruq organik moddaning miqdori 12 t/ga. teng boiadi. 
Fotosintetik sistema sifatida ekinlarni eng faolligi barg yuzasi 30 -50 
ming kv. m. boiganda kuzatiladi. Agar shu davrda fotosintez mahsuldorligi 
5-7 g/kv. m. kun boiib, barg yuzasi 40 ming kv. m. boisa, bir sutkada 
to„plangan quruq biomassaning miqdori 200-280 kg/ga ni tashkil qiladi. Shu 
barg yuzasi ekinzorda 30 kunda to„plangan quruq, organik modda miqdori 6-
8 t/ga ni tashkil etadi. Shu davr ichida fotosintez mahsuldorligi ham yuqori 
boiadi. Pishishga yaqinlashganda ildiz bilan poyada quruq organik modda 
50-60% to„plangan boiadi, bu asosan to„qimadan iborat boiadi. Agar 
to„plangan quruq organik modda 12 t/ga boisa, shundan 5-6 t. don boiadi. 
Ekinlar orasidagi farq fotosintetik imkoniyatga bogiiq boiadi. Dala 
sharoiti va maium o„simlik turi yoki nav uchun barg 
36 


yuzasining muqobil darajasi va fotosintetik imkoniyatini hisoblab chiqish 
mumkin. 
Fotosintezga salbiy ta‟sir qiluvchi omillar. Ayrim holda ekinlarning 
fotosintetik imkoniyati (FI) toia ro„yobga chiqmaydi. Yuqorida bayon 
etilganday hosil fotosintetik imkoniyat va fotosintez mahsuldorligiga bog„liq. 
О„suv davrida agrotexnik tadbirlar ta‟sirida FI ko„rsatkichlar o„zgaradi. Ekin 
uchun sharoit yaxshi boiganda o„sish jarayoni kuchayadi, barg yuzasi 
kattalasha- di. Barg yuzasi katta bo„lganda pastdagi barglarga yorug„lik 
tushma- ganligi uchun fotosintez mahsuldorligi kamayadi. Texnologik 
tadbirlar bilan barg yuzasini va FMni oshirish juda qiyin boiadi. Faqat ayrim 
texnologik tadbirlar natijasida fotosintetik ko„rsatkichlar yuqori boiadi. Bu 
tadbirlardan biri - begona o„tlardan tozalash. Begona o„tdan toza ekinzorda 
yorugiik bilan ta‟minlanish yaxshilanadi, shu tufayli FM oshadi. Kasallik va 
zararkunandalar bilan kurashish ham ijobiy natija beradi. 
Fotosintez mahsuldorligini oshirishning birdan bir yoii - bu genetika va 
seleksiya ishlarini yaxshilashdir. Madaniy ekinlarning ko„pchiligi Сз turdagi 
ekinlarga kiradi. Bu demak, CO
2
ning konsentratsiyasi oshsa fotosintez 
jarayoni kuchayadi. Fotosintez jarayonida to„plangan uglerodniig 15-30% 
nafas olishga sarflanadi. 
0„simliklami 
C4 
turiga makkajo„xori, jo„xori, shakarqamish kiradi. Bu 
ekinlarda yorugiik bilan to„yinish kuzatilmaydi, shuning uchun nafas olish 
ham yuqori ko„rsatkichga ega emas. Fotosintez mahsuldorligi bu ekinlarda 
Сз turiga qaraganda yuqori boiadi. 
Fotosintez mahsuldorligiga bargning shakli, anatomik tuzilishi ta‟sir 
qiladi. Don ekinlarda yuqori barglari tik o„sgan boisa FM yuqori boiadi. 
Qand lavlagini bargi ham tik o'sganda FM yuqori boiadi. 
Yuqori hosil yetishtirishda FM va FPning roli bir xil. Ikkala 
ko„rsatkichdan har biri oshirilganda hosil oshadi. Ammo barg yuzasining 
kengayshi FPni oshirsa ham, FMni kamaytiradi. 
Demak, 
yuqori 
hosil 
yetishtirish 
uchun 
ekinni 
fotosintetik 
ko'rsatkichlarini oshirish mumkin. Kechpishar ekin navlarida FP yuqori 
boiadi. Tezpishar nav va turlarda FP o„rtacha 1,5-2 mln. kv. m. kun/ga 
boiadi. 0„rtapishar navlar uchun 2,5-3,0 va kechpisharlar uchun 3-5 mln. kv. 
m. kun/ga boiadi. FPni oshirishda ta‟sir 
37 


qiladigan omillardan biri o„simlikning tup soni boiib, me‟yordan oshsa, bu 
ko„rsatkich yorugiik yetishmasligi tufayli hosil kamayadi. 
Ekinlarning Davlat Reestriga kiritilgan navlarining hosildorligi odatda 
yuqori boiib, amalda bu hosildorlikka erishilmaydi, chunki FP maksimum 
ko„rsatkichlarga ega boimaydi. Buning asosiy sababi barg yuzasining sekin 
kattalashishi va yuqori ko„rsatkichda kam boiishi natijasida bargi tez 
sarg„ayadi, to„kiladi, barg yuzasi keskin kichraya boradi. 
Texnologik tadbirlar natijasida (tup soni me‟yordan ko„p, o„gitlash, 
sug„orish) barg yuzasi tez kengayadi, bu esa ekinzorda yorugiik tizimini 
pasaytiradi, oqibatda generativ organlar sust rivojlanadi. 
0„zbekiston sharoitida barg yuzasi va fotosintetik imkoniyat suv tizimiga 
bogiiq. Suv tanqis boiganda fotosintetik faollik past boiadi. Suv yetarli 
boigan sharoitda fotosintetik imkoniyat oziqlanish tizimiga bogiiq boiib 
qoladi. Buning yuqori boimasligining sababi o„sish jarayonida oziqa 
moddalaming kerakli xo„jalik mahsulotiga sarflanishiga bogiiq, vegetativ 
organlar sust rivojlanadi. 
Sug„orish va oziqlanish tizimi muqobil boisa, hosilga ta‟sir qiladigan 
omillardan biri - ekinlarning tarkibini kutmagan tomonga o„zgarishidir. Bu 
holatni me‟yorga keltirish uchun o„suv davrini ikkinchi yarmida kamroq 
sug„orish, ma‟dan oziqlanishni me‟yorga keltirish, mikroelementlardan 
oqilona foydalanish, fiziologik faol moddalardan foydalanish zarur. Ammo, 
ekinzoming fotosintetik ko„rsatkichlarini oshirishda quruq texnologik 
tadbirlardan, seleksiya uslubidan foydalanib yangi genotip, yangi nav yaratish 
lozimdir. 
Hosil shakllanish jarayonida o„suv davrining boshlanishida (ekish, 
maysalanish) va oxirida fotosintez sust boiadi yoki boimaydi. 0„simliklaming 
rivojlanishida 4 ta bosqich aniqlanadi: 
1) maysalanish-gullashning boshlanishi, 2) gullash-meva hosil qilish, 3) 
meva o„sishi, 4) urug„ning toiishi. 
Bu bosqichlarning asosiy ko„rsatkichi: l.Barg yuzasi va FP. 
2. Barg yuzasining eng yuqori ko„rsatkichi va bir kvadrat metrda rivojlangan 
mevalar soni. 3.Barg yuzasi kamayadi, meva kattalashadi, zichlashadi. 4. 
1000 dona urug„ning vazni, hosildorlik 
38 


va oqsil miqdori ortadi. Ikkinchi va uchinchi bosqich ekinlarning fotosintetik 
ko„rsatkichlarining eng yuqori boiadigan davridir. 
Har bir bosqichning faolligi oldingi davrda bo„lgan o„zgarish- larga ham 
bog„liq bo„ladi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling