X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Urug'ning unishi. Urug„ unib chiqish uchun 25-28 °C talab 
qilinadi, harorat 10-11 °C gacha pasaysa, unib chiqishi to„xtaydi. Urug
1
tarkibida namlik miqdori 65-70% ga yetganda, unishga tayyorlanish 
davri boshlanadi. Bu davr 25-28 °C haroratda 1-1,5 kun davom etadi. 
Harorat 35 °C dan yuqori boisa, unayotgan urug
1
unib chiqish 
qobiliyatini yo'qotadi. Issiqxonada doimiy ravishda 25-28 °€ ni saqlash 
qiyin, shuning uchun termostatlarda undirib olish mumkin.
Maysalanish. Tamaki urugi issiqxonaga sepilgach 4-6 kunda unib, 
maysa hosil boiadi, shundan 6-8 kundan so„ng 1 -chinbarg hosil boiadi 
va birinchi tartib yon ildizlar chiqa boshlaydi. Bu davrda ildiz tizimi 
hali yaxshi rivojlanmaganligi uchun doimiy namlik saqlash talab 
qilinadi. Maysaning tomirlanishi 1-chinbarg hosil boiganidan so„ng har 
4-5 kun oigach navbatdagi barglar hosil boia boshlaydi. Bu davrda 
ko'chat ildizi tez o„sadi va 15 sm ga
382 


yetadi va maysalar yorugiikka, namlikka va ozuqaga talabchan bo'ladi.
Maysa hosil boiganidan so„ng ко
1
chat shakllanish davri 
boshlanadi. Ko'chatlarda yon tomirlar hosil boiganidan so„ng 
5-6 
chinbarg hosil bo„lish davri 
ko„chat shakllanish davri 
deyiladi. Bu davr 
pamik tipiga va ko„chatni parvarish qilish sharoitiga qarab 20- 
25 
kun 
davom etadi, oziqni ko„p talab qiladi.
Tamaki ko„chatini dalaga ko„chirib o„tqazilganidan so„nggi 
rivojlanish davri shartli ravishda quyidagi davrlarga ajratiladi:
1. Ko„chatning tomirlanishi 
- ko„chat dalaga o„tqazilgandan 
so„ng dastlabki davrda uning yer usti qismi sezilarli o„smaydi, ildizi esa 
o„sa boshlaydi. Bu davr ko„chatning tomirlanish davri deyiladi va 
odatda 10-15 kun davom etadi. Yosh 
0
„simlikning ildizi joylashgan 
tuproq qatlamida namlikning kamayishi, ko„chatlaming tomirlanishiga 
salbiy ta‟sir qiladi. Shuning uchun tuproqni nam holda saqlash talab 
qilinadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling