X. to‘xtaboyev kimyo 9


Download 3.01 Mb.
Pdf просмотр
bet14/18
Sana15.12.2019
Hajmi3.01 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

rux guruhchasi elementlari, asosan, ikki valentli bo‘lib, 
simobning bir valentli birikmalari ham ma’lum. Ularning tartib 
raqami ortib borishi bilan metallik xossasi kuchayib boradi.
Rux rudalari O‘zbekistonda Jizzax, Surxondaryo viloyat  la-
rining Uchquloch va Xondiza konlaridan qazib olinadi. Olmaliq 
ruda maydonida mis, rux rudalari bilan birga kadmiy rudalari 
ham uchraydi.
Olinishi.  Sanoatda rux metallini olish uchun uning tabiiy  
http:eduportal.uz

141
birikmalari – rux aldamasi kuydiriladi. Natijada, rux oksidi 
olinadi:
2ZnS + 3O
2
 

 2ZnO + 2SO
2


hosil bo‘lgan rux oksidi qaytaruvchilarda qaytarilib, rux  
oli nadi: 
ZnO + C 

 Zn + CO

;  ZnO + CO 

 Zn + CO
2


Fizikaviy xossalari. Rux och havo rangli kumushsimon qat-
tiq metall (140- betdagi 16- jadvalga qarang).
Siz ruxning havoda oksidlanib, xira bo‘lib qolganini ko‘r-
gansiz.
Kimyoviy xossalari. Rux metallining sirti havoda oksid lanib, 
yupqa oksid pardasini hosil qilgani uchun ancha barqa rordir. 
Shuning uchun ham u yuqori haroratdagina oddiy mod dalar  
bilan reaksiyaga kirishadi:
2Zn + O
2
 

 2ZnO;  Zn + Cl


 ZnCl
2
;  Zn + S 

 
ZnS.
Odatdagi sharoitda rux suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. 
Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuzlarni hosil qiladi: 
Zn + 2hCl 

 
ZnCl

+ h
2


Sulfat va nitrat kislota bilan kislotaning konsentratsiyasiga 
qarab turlicha reaksiyaga kirishadi. Suyultirilgan sulfat kislota  
bilan bo‘lgan reaksiyasi quyidagicha:
Zn + h
2
SO


 ZnSO
4
 + h
2

.
Konsentrlangan h
2
SO
4
 bilan reaksiyaga kirishganda kislota-
ning konsentratsiyasiga qarab h
2
S, S, SO
2
 lar hosil bo‘ladi:
Zn + 2h
2
SO
4
 

 ZnSO
4
 + SO
2

 + 2h
2
O. 
                 (kons)
Nitrat kislota bilan rux ta’sirlashganda vodorod hosil bo‘l-
maydi. Kislotaning konsentratsiyasiga qarab reaksiya quyidagicha 
so dir  bo‘ladi:
3Zn + 8hNO


 3Zn(NO
3
)
2
 + 2NO

 + 4h
2
O.
                kons
4Zn + 10hNO
3
 

 4Zn(NO
3
)
2
 + N
2
O

 + 5h
2
O.
                suyul
http:eduportal.uz

142
4Zn + 10hNO
3
 

 4Zn(NO
3
)
2
 + Nh
4
NO

+ 3h
2
O.
              
j.suyul
Rux amfoter metall bo‘lganligi sababli ishqorlar bilan ham  
reaksiyaga kirishadi:
Zn + 2NaOh + 2h
2
O = Na
2
[Zn(Oh)
4
] + h
2

.
Na
2
[Zn(Oh)
4
] ushbu formula Na
2
ZnO
2
 –  natriy sinkat 
tuzining suvdagi kompleks tuz holatidagi ko‘rinishidir.
Oksidlari.  ZnO — oq rangli modda bo‘lib, uni olish uchun 
quyidagi kimyoviy reaksiyalardan foydalanamiz:
1. Kislorod bilan qizdirish yoki tabiiy birikmasi ZnS ni   
havoda kuydirish.
2. Tuzlarni qizdirish: ZnCO
3
 = ZnO + CO
2

,
2Zn(NO
3
)
2
 = 2ZnO + 4NO

+ O
2

.
3. Rux gidroksidni qizdirish: Zn(Oh)
2
 = ZnO + h
2
O.
Rux (II)-oksidi amfoter oksid bo‘lib, u kislotalarda ham,  
ishqorlarda ham erib, tuz hosil qiladi:
ZnO + h
2
SO
4
 = ZnSO
4
 + h
2
O,
ZnO + 2KOh + h
2
O = K
2
[Zn(Oh)
4
].
Rux guruhchasi elementlarining gidroksidlari suvda eri maydi. 
Ularni olish uchun suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sir ettirib 
olinadi:
ZnSO
4
 + 2NaOh = Zn(Oh)
2

 + Na
2
SO
4
,
CdSO
4
 + 2NaOh = Cd(Oh)
2

 + Na
2
SO
4
.
hg(Oh)
2
 – juda ham beqaror (yuqorida bayon etilgan).  
 
    Cd(Oh)
2
 – asosan asos xossasiga ega.
Zn(Oh)
2
 — rux va rux oksidi kabi amfoter xossaga ega.
Rux  gidroksidi kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuzlarni  
hosil qiladi: Zn(Oh)
2
 + h
2
SO
4
 = ZnSO
4
 + 2h
2
O.
hosil bo‘lgan rux sulfat tuzi rux kuporosi — ZnSO
4
. 7h
2
O, 
ya’ni kristallgidrat shaklida olinadi. ZnSO
4
. 7h
2
O tuzi rux-
ning eng muhim birikmalaridan biri bo‘lib, ko‘p maqsadlarda  
ishlatiladi.
http:eduportal.uz

143
Rux gidroksidi yuqorida aytib o‘tilganidek, amfoter xossaga  
ega bo‘lganligidan ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishadi va  
sinkatlarni hosil qiladi:
Zn(Oh)
2
 + 2NaOh = Na
2
[Zn(Oh)
4
].
Simob. Simob odatdagi sharoitda suyuq holda uchraydigan 
metalldir. U kumushsimon yaltiroq bo‘lib, elektr va issiqlikni 
yaxshi o‘tkazadi. Simobli termometr va barometrlarni ko‘rgan 
bo‘lishingiz mumkin.
Simob bug‘lari nihoyatda zaharli. Uning bug‘lari insonni  
o‘ldiradi! Odatdagi sharoitda havodagi kislorod va boshqa mod-
da lar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ammo simob qaynash haro-
ra tiga yaqin haroratda (357,25 °C) kislorod bilan reaksiyaga 
kirishadi:
2hg + O
2
 = 2hgO.
Simob kislorod bilan birikib, ikki xil oksid: qora rangli 
simob (I)-oksid hg
2
O ni va qizil (maydalangan holatda sariq) 
rangli simob (II)-oksid hgO ni hosil qiladi.
Simob (II)-oksid simobning boshqa zarur bo‘lgan birik-
malarini olish uchun xomashyodir. Simob (II)-nitrat tuzini 
qizdirish yo‘li bilan simob olish mumkin:
hg(NO
3
)
2
 = hg + 2NO
2

 + O
2

.
Simobning suvda eruvchan tuzlariga ishqor ta’sir ettirib  
ham olish mumkin. Bunda, avval o‘rganganimizdek, simobning 
(II)-gidroksidi hosil bo‘lishi kerak edi. Ammo simobning (II)-
gidrok sidi beqaror birikma bo‘lganligi sababli hgO hosil bo‘ladi.
hg(NO
3
)
2
 + 2NaOh = hgO + 2NaNO
3
 + h
2
O.
Simob nitrat suyultirilgan nitrat kislotaga simob ta’sir etti-
rish yo‘li bilan olinadi:
hg + 4hNO
3
 = hg(NO
3
)
2
 + 2NO
2

 + 2h
2
O.
Simob va uning birikmalari zaharlidir. U bilan ishlashda 
juda ehtiyot bo‘lish zarur.
Ishlatilishi.  Rux metalli korroziyaga chidamli bo‘lganligi 
uchun temir buyumlar sirtini qoplash uchun ishlatiladi. Turli  
o‘l 
chamdagi tunukalar  tayyorlashda rux muhim ahamiyatga 
http:eduportal.uz

144
ega. Rux turli xildagi qotishmalar hamda galvanik elementlar 
tayyorlashda ham ishlatiladi.
Rux kuporosi (ZnSO
4
. 7h
2
O)ning ammofos ((Nh
4
)
2
hPO
4
)   
bilan aralashmasi ruxli mikroo‘g‘it sifatida qishloq xo‘jaligida 
ish la tiladi. Tirik organizmlarda rux elementining yetishmasligi 
turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
ZnCl

 metallarni payvandlashda ishlatiladi. ZnS ni BaSO

 
bilan aralashmasi oq rangli bo‘yoqlar tayyorlashda muhim aha-
miyatga ega.
CdS dan turli xildagi sariq rangli bo‘yoqlar olinadi. CdS  
va BaSO
4  
aralashmasi  kadmopon deb ataladi va u lok-bo‘yoq 
sanoatida ishlatiladi.
Simob va uning birikmalaridan turli xildagi dorilar tayyor-
lanadi. Simob o‘zida turli metallarni eritadi. Metallarning 
simob dagi  eritmasi  amalgamalar deb ataladi. A malgamalar 
metal lurgiyada, tibbiyotda qo‘llaniladi.
 
Savol va topshiriqlar:
 
?
 
                  
1.    Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reak 
     siya tenglamalarini yozing:
     a) ZnCO
3
 

 
ZnO 

 
Zn; 
     b) Zn 

 
ZnSO
4
 

 
Zn(Oh)
2
 

 
ZnO 

  Zn.
2.    Ruxning amfoter metall ekanligini isbotlovchi reaksiya
    tenglamalarini yozing.
3.    Rux metall va birikmalarini ishlatilish sohalarini ayting.
4.    1,12 litr (n.sh.da o‘lchangan) vodorod gazini olish uchun
    qancha rux va 20 % li qancha xlorid kislota eritmasi
    kerak?
5.    ZnCl
2
 tuzini kamida 5 xil usul bilan hosil qiling. Zarur
    reaksiya tenglamalarini yozing.
http:eduportal.uz

145
31-§.
       
Xrom. Davriy jadvaldagi o‘rni.  
             atom tuzilishi va ayrim xossalari
 
17- jadval.
¹
Xossalari
1
Davr  raqami
4
2
Qator  raqami
4
3
Guruh
VI B
4
Tartib raqami
24
5
Atomining tuzilishi
+24  2  8   13  1; 1s
2
  2s
2
  2p
6
   3s
2
  3p
6
  
3d
5
  4s
1
  [Ar] 3d
5
  4s
1
6
Nisbiy atom  massasi
51,996
7
Atom  yadrosidagi proton
24
8
Zichligi,  g/cm
3
7,19  
9
Suyuqlanish  harorati,  °C
1 890  
10 Qaynash  harorati,  °C
2 680  
11 Yer  po‘stlog‘idagi ulushi,  %
0,02
12 Tabiatda uchrashi
FeO.Cr
2
O
3
,   (Fe(CrO
2
)
2
) — xromli   
temirtosh
13 Kashf qilingan
1797- y.  L.Vaklen
14 Barqaror  oksidlanish  darajasi
0;  +2;  +3;  +6
Olinishi.  Sof xromni olish uchun xrom (III)-oksidi aluminiy 
metalli bilan qay tariladi. Metallarni uning birikma 
laridan 
aluminiy yordamida qaytarib olish aluminotermiya deyiladi:
Cr
2
O

+ 2Al 

 Al
2
O

+ 2Cr.
X romli temir tosh koks bilan qay tarilsa, xrom va temir 
aralashmasi olinadi: 
FeO 

Cr
2
O
3
 + 4C 

 2Cr + Fe + 4CO


Xromning tuzlarini elektroliz qilish yo‘li bilan ham xrom 
olinadi.
Fizikaviy xossalari. Xrom kumushsimon oq rangli, yaltiroq,  
issiqlikni va elektrni yaxshi o‘tkazadigan metall. 17- jadvalga  
qarang.
Kimyoviy xossalari. Xromning sirti yupqa oksid parda bilan 
10–Kimyo,  9- sinf.
http:eduportal.uz

146
qoplanganligi sababli kimyoviy jihatdan ancha barqaror. hatto 
kislotalar bilan ham qiyinchilik bilan reaksiyaga kirishadi.
Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar bilan qizdirilganda  
reaksiyaga kirishadi:
2Cr + 3h
2
SO
4
 

 Cr
2
(SO
4
)
3
 + 3h
2


Cr + 2hCl 

 CrCl
2
 + h
2


Bu reaksiyada xlorid kislota ortiqcha olinsa, CrCl
3
  tuzi  
hosil bo‘ladi. Konsentrlangan nitrat kislotalar bilan reaksiyaga 
kirishmaydi.
Yuqori haroratda maydalangan xrom kislorod bilan reak-
siyaga kirishib, xrom (III)-oksidini hosil qiladi:
4Cr + 3O


 2Cr
2
O
3
.
Shu n i n gdek, y uqor i ha ror atd a x rom bi r qator odd iy 
 
moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi:
2Cr + N
2
 = 2CrN;          2Cr + 3S = Cr
2
S
3
;   
2Cr + 3Cl

= 2CrCl
3
.
Qizdirilgan xrom suv bug‘lari bilan reaksiyaga kirishadi:
2Cr + 3h
2
O = Cr
2
O
3
 + 3h
2

.
Ishlatilishi.  Korroziyaga chidamli bo‘lganligi sababli me-
tall buyumlar sirti xrom bilan qoplanadi. Temirga turli nis bat-
larda xrom qo‘shib har xil xossalarga ega bo‘lgan yuqori si fatli 
po‘latlar olinadi. Masalan, 12 % xrom qo‘shilgan po‘lat zang-
la maydigan po‘lat deyiladi va u tibbiyotda har xil jihozlar tay-
yorlashda ishlatiladi.
 
Savol va topshiriqlar:
 
?
   
1.    Xromning  kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi o‘rni va
    atom tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?
2.    Nima uchun xrom korroziyaga chidamli?
3.    Xromning kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi reaksiya
    tengla malarni yozing.
4.    0,1 mol xrom sulfat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishib,
    necha litr vodorodni siqib chiqaradi va bunda qancha 
    tuz hosil bo‘ladi?
http:eduportal.uz

147
32-§.
       
Xromning II, III, VI valentli birikmalari 
                          va xossalari
 
Xrom o‘zining +2, +3, +6 oksidlanish darajalarida barqa ror 
birikmalarni hosil qiladi:
Cr
+2
O
-2
 — xrom (II)-oksid  — asosli,
Cr
2
  
O
3
 
+3
-2
— xrom (III)-oksid — amfoter,
Cr
  
O
3
 
+6
-2
— xrom (VI)-oksid — kislotali.
Xrom (II)-oksidi asosli oksid bo‘lib, qora rangli kukundir.  
Xrom (II)-oksidini olish uchun xromning simobli amalgamasi 
havoda oksidlantiriladi:
2Cr + O
2
 = 2CrO.
Laboratoriyada quyidagi usul bilan olish mumkin:
Cr 

 CrCl
2
 

 Cr(Oh)
2
 

 
CrO.
CrO havoda 100 °C dan yuqori haroratda qizdirilsa, oksid-
lanib, xrom (III)-oksidga aylanadi:
4CrO + O
2
 = 2Cr
2
O
3
.
Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, xromning ikki valentli 
tuzlarini hosil qiladi:
CrO + 2hCl = CrCl
2
 + h
2
O.
Xrom (II)-oksidiga xrom (II)-gidroksid mos kelib, u ham  
kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi hamda tuz va suv hosil 
qiladi:
Cr(Oh)
2
 + 2hCl = CrCl
2
 + 2h
2
O.
Cr(Oh)
2
 ni olish uchun xromning ikki valentli tuzlariga 
ishqor ta’sir ettiriladi. Natijada, sariq rangli cho‘kma Cr(Oh)
2
   
hosil bo‘ladi:
CrCl
2
 + 2NaOh = Cr(Oh)
2

 + 2NaCl.
Xromning ikki valentli birikmalari beqaror. havo kislorodi 
ishtirokida oksidlanib, xromning uch valentli birikmalarini hosil   
qiladi: 
4Cr(Oh)
2
 + O
2
 + 2h
2
O = 4Cr(Oh)
3
.
http:eduportal.uz

148
Cr(Oh)
2
 qizdirilganda, xrom (III)-oksidini hosil qiladi:
4Cr(Oh)
2
 + O
2
 = 2Cr
2
O
3
 + 4h
2
O.
Cr
+2
 oksidlanish darajasidagi xromning birikmalari qayta-
ruvchilardir. Ular oson oksidlanib, Cr
+3
 li birikmalarga ay la nadi:
 2CrCl
2
 + 2hCl = 2CrCl

+ h
2

.
Xrom (III)-oksidi amfoter xossaga ega bo‘lgan barqaror bi-
rikmadir. U yashil rangli kukun. Kislotalar bilan ham, ish qorlar 
bilan ham reaksiyaga kirishib, tuzlar hosil qiladi:
Cr
2
O
3
 + 6hNO
3
 = 2Cr(NO
3
)
3
 + 3h
2
O, 
Cr
2
O
3
 + 2NaOh = 2NaCrO
2
 + h
2
O.
Xrom (III)-oksidi laboratoriya sharoitida ammoniy dixro-
matni qizdirib olinadi:
(Nh
4
)
2
Cr
2
O
7
 

 Cr
2
O

 + N
2

 + 4h
2
O.
Xrom (III)-gidroksidi ham amfoter xossaga ega. Xromning 
uch valentli tuzlariga ishqor ta’sir ettirilib olinadi:
CrCl
3
 + 3NaOh = Cr(Oh)
3
 + 3NaCl, 
Cr(Oh)

+ 3hCl = CrCl
3
 + 3h
2
O, 
Cr(Oh)
3
 + 3NaOh = Na
3
[Cr(Oh)
6
].
Cr
+3
 oksidlanish darajasidagi xromning birikmalari ham ok-
sid lovchi, ham qaytaruvchilardir.
Xromning uch valentli birikmalaridan bo‘lgan xromli ach-
chiq toshlar ko‘nchilik sanoatida terilarni oshlash uchun ishla-
ti ladi.  X rom l i achch iqtosh larga kal iy x rom l i achch iqtosh 
— K
2
SO
4
. Cr
2
(SO
4
)
3
.12h
2
O, ammoniy xromli achchiqtosh — 
(Nh
4
)
2
SO
4
. Cr
2
(SO
4
)
3
. 6h
2
O lar misol bo‘la oladi va ular sulfatli 
qo‘shaloq tuzlardir.
Xrom (VI)-oksidi — kislotali oksid.  To‘q qizil rangli kris-
tall modda. Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, natriy xromat 
tuzini hosil qiladi: CrO
3
 + 2NaOh = Na
2
CrO
4
 + h
2
O.
CrO
3
 kuchli oksidlovchi. Oddiy va murakkab moddalarni 
oksidlab, o‘zi Cr
2
O
3
 ga qadar qaytariladi:
3S + 4CrO
3
 = 3SO
2
 + 2Cr
2
O
3
.
http:eduportal.uz

149
Yuqori haroratda parchalanib, Cr
2
O
3
 ni hosil qiladi:
4CrO
3
 = 2Cr
2
O
3
 + 3O
2

.
CrO
3
 ni laboratoriya sharoitida kaliy dixromatga (K
2
Cr
2
O
7

konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
K
2
Cr
2
O
7
 + h
2
SO
4
 

 2CrO
3
 + K
2
SO
4
 + h
2
O.
Xrom  (VI)-oksid suv bilan oson reaksiyaga kirishadi:
agar suv ko‘p bo‘lsa: CrO
3
 + h
2
O = h
2
CrO
4
;
agar CrO
3
 ko‘p bo‘lsa: 2CrO

+ h
2
O = h
2
Cr
2
O
7
.
Demak, xrom (VI)-oksidiga ikki xil kislota to‘g‘ri keladi: 
h
2
CrO
4  
— xromat kislota, h
2
Cr
2
O

— dixromat kislota.
Xromat kislota (h
2
CrO
4
) beqaror, faqat suyultirilgan eritma 
holidagina mavjud.
Xromat kislotaning tuzlari xromatlar deyiladi va ular sariq  
rangda bo‘ladi. Dixromat kislota tuzlari dixromatlar deyilib, to‘q   
sariq rangli bo‘ladi.
X romat va di x romat k islotalar n ing natr iyli, kaliyli va 
 
ammo      niyli tuzlari barqaror va  suvda  yaxshi  eriydi.
Bu tuzlar kuchli oksidlovchilardir. Shuning uchun ularning 
kislotali muhitdagi eritmasidan turli moddalarni oksidlashda 
foyda laniladi:
3Na
2
SO

+ K
2
Cr
2
O
7
 + 4h
2
SO
4
 

 
                  

 3Na
2
SO
4
 + K
2
SO
4
 + Cr
2
(SO
4
)
3
 + 4h
2
O,
6FeSO
4
 + K
2
Cr
2
O
7
 + 7h
2
SO
4
 = 
                 = 3Fe
2
(SO
4
)
3
 + Cr
2
(SO
4
)

+ K
2
SO
4
 + 7h
2
O. 
Cr
+6
 oksidlanish darajasidagi xromning birikmalari kuchli 
oksidlovchilar bo‘lib, oson qayta riladi va Cr
+3
 li birikmalarga  
aylanadi.
      Cr
+2
  

     Cr
+3
  

   Cr
+6
   qaytaruvchi     ham qaytaruvchi         oksidlovchi 
                    ham oksidlovchi
 Cr
+2
(Oh)
2
  

  Cr
+3
(Oh)
3
  

  h
2
Cr
+6
O
4
,  h
2
Cr
+6
2
O

.
  faqat asos  
      ham asos, ham  
             kislota
                        kislota  (amfoter)
http:eduportal.uz

150
                         
   
CrO 

 Cr(Oh)
2
 

 CrSO
4
,
 
 
 
 
               Cr(NO
3
)
3
,
  Cr
2
O
3
 

 Cr(Oh)


Cr  
                                  NaCrO
2
,
    h
2
CrO
4
 

 K
2
CrO
4
,
  CrO
3
     h
2
Cr
2
O
7
 

 K
2
Cr
2
O
7
.
Namunaviy misol, masala va mashqlar
 
1- misol.
 (Nh
4
)
2
Cr
2
O
7
 tuzidan laborator iya sharoitida 
“Sun’iy vulqon” deb ataluvchi qiziqarli tajribani amalga 
oshi rish  mumkin.  Bu tajriba uchun 5,04 g ammoniy dixro-
mat olingan bo‘lsa, n.sh.da o‘lchangan qancha hajm va 
qanday gaz hosil bo‘ladi?
 
Yechish.
  Reaksiya tenglamasini yozish.
      5,04 g    
              x l
 (Nh
4
)
2
Cr
2
O
7
 -------> Cr
2
O
3
 + N
2

 + 4h
2
O.
    252 g     
             22,4 l
 
   
 
5,04
252
x
22,4
=
;
                       
                       
 
        
5,04 . 22,4
    
       
       
252
          
x 
=                = 0,448 l.
  Javob:  0,448 l azot hosil bo‘ladi.
 
2- misol.
  Temir (II)-sulfat tuzini oksidlash uchun kislotali 
muhitda kaliy dixromatdan foydalanamiz. Ushbu kimyoviy 
jarayonning reaksiya tenglamasini yozing. Tenglamani oksid-
lanish-qaytarilish bo‘yicha tushuntiring, tenglang. 7,84 g 
xrom (III)-sulfat olish uchun qancha temir (II)-sulfat va  
qancha kaliy dixromat kerak?
 
Yechish.
 
1) reaksiya tenglamasini yozish va tenglash.
      
 +2          +6                       +3             +3
      6FeSO
4
+K
2
Cr
2
O

+
 
7h
2
SO
4
 = 3Fe
2
(SO
4
)
3
 + Cr
2
(SO
4
)
3
 + 
                         + K 
2
SO
4
 + 7h
2
O.
   
http:eduportal.uz
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling