X. to‘xtaboyev kimyo 9


Suvning har bir tomchisini tåjab-tårgab asraylik!


Download 3.01 Mb.
Pdf просмотр
bet18/18
Sana15.12.2019
Hajmi3.01 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

 
Suvning har bir tomchisini tåjab-tårgab asraylik! 
 Uni musaffo saqlaylik!
Sanoat korxonalari, uy-ro‘zg‘or ishlari natijasida hosil bo‘l-
gan oqova suvlarni suv havzalariga oqizish tufayli oqar suvlar   
ifloslanadi.
Oqova suvlarni suv havzalariga tashlashdan av val suvga  
ish lov bеrilib, zararli qo‘shimchalardan tozalanadi. Buning 
uchun avval filtrlanadi. Filtrlangan suvga so‘ndirilmagan ohak 
(CaO) qo‘ shib ishqoriy muhit hosil qilinadi, so‘ngra Al
2
(SO
4
)
3
 
qo‘shiladi. Bunda hosil bo‘lgan Al(Oh)
3
 cho‘kmasi o‘zi bilan 
birga qum va har xil qo‘shimchalarni cho‘ktiradi. Suv tingandan 
so‘ng xlorli ohak qo‘shib, turli xil mikroblardan tozalanadi.
O‘zbеkistonda oqova suvlarni tozalash uchun hozirgi kunda  
600 dan ortiq turli xil inshootlar ishlab turibdi.
http:eduportal.uz

183
Suv barcha tirik organizmlarga hayot baxsh etuvchi   
mod da dir! Siz o‘z hayotingizni suvsiz tasavvur qilib ko‘-
ring-chi. Bu dahshat-ku! Shunday ekan, vodoprovod jo‘m-
ragini båkorga ochiq qoldirmaylik!
Kimyoviy korxonalarning chiqindilaridan foydalanib, turli xil 
mahsulotlar olinadi. Buning natijasida, ushbu korxona iqtisodiy 
jihatdan foyda olish bilan birga tabiatning har xil chiqindilar 
bilan if loslanishdan saqlaydi. Masalan, ko‘mir bilan ishlaydigan  
elеktr stansiyalarda (IES) chiqindi sifatida ko‘p miqdorda  shlak 
hosil bo‘ladi. Shlakka ozroq natriy silikat qo‘shib, shlak-blokli 
g‘ishtlar tayyorlanadi. Natijada, korxona chiqindi (shlak)ni tashib 
chiqarish, uni zararsizlantirish kabi chiqimlar o‘rniga shlak-
blokli g‘ishtlarni sotib iqtisodiy foyda oladi.
hozirgi kunda turli sohalarda yog‘och, tеmir buyumlar o‘r-
ni ni plastmassalar egallab bormoqda. Plastmassa chiqindilari 
tuproqda chirimaydi, ularni yoqib yuborish esa atmosfеrani 
iflos lantiradi.
Siz plastmassa chiqindilarini nima qilgan bo‘lardingiz? 
U larni qayta ishlab, biron xil konstruktiv matåriallar 
ishlab chiqarsa bo‘lmasmikan?
Chiqindilarni suvga tashlamang! Xazonlarni yoqmang! Bu   
bilan siz o‘zingizni, tabiatni muhofaza qilgan bo‘lasiz.
Pеstitsidlar (lotincha “pestis”– yara-chaqa, zararli mikrob va 
“cedo”– o‘ldiraman) – qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda  
va kasalliklardan muhofaza qilish uchun, shuningdеk, bеgona 
o‘tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar.
•  Påstitsidlar  bilan  ishlashda  nihoyatda  ehtiyot  bo‘lish
kårak! Chunki påstitsidlar yovvoyi va uy hayvonlari, 
shuningdåk, insonlarni jiddiy xavf-xatarlarga solishi   
mumkin.
Insеktitsid — zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladi.
Akaritsid — kapalaklarga qarshi ishlatiladi.
Fungitsid — kasallik tarqatuvchi zamburug‘larga qarshi 
ishlatiladi. 
http:eduportal.uz

184
Gеrbitsid — bеgona o‘tlarga qarshi ishlatiladi.
Baktеritsid — zararli baktеriyalarga qarshi ishlatiladi.
Zootsid —  zararli kеmiruvchilarga qarshi ishlatiladi. 
Dеfoliant — o‘simlik bargini to‘kadigan moddalar.
Dеsikant — o‘simlik bargini quritish uchun ishlatiladigan 
moddalar. 
Dеzinfеksiya — omborxonalardagi zararli hasharotlarni yo‘-
qotish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun minе-
ral o‘g‘itlar va turli xil pеstitsidlardan foydalanilmoqda.
Pеstitsid sifatida foydalanilayotgan zaharli kimyoviy birik-
malar tеz parchalanmaydi va uzoq vaqt o‘z tarkibini o‘zgar-
tirmaydi. Natijada, tuproq, suv, havo orqali o‘simlik va hay-
vonlar organizmida to‘planadi. Suv, havo, o‘simlik va hayvon 
mahsu lotlaridan inson organizmiga o‘tadi. Oqibatda, insonlarda 
turli kasalliklar kеlib chiqishiga sabab bo‘ladi.
O‘ylab ko‘ring!
 Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga  
qarshi kurashmoq uchun, albatta, pеstitsidlardan foydalanish 
shartmi? Buning boshqa bir tabiiy yo‘llari ham bordir? Bu  
bilan siz, hammamiz uchun aziz bo‘lgan tuproq, atmosfеra, 
gidrosfеraning sof ligini va o‘zimizning sog‘ligimizni, kеlajak 
avlod salomatligini saqlagan bo‘lasiz!
 
»
a
a
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
1.  G‘allani saqlash uchun foydalaniladigan omborxonalardagi 
zaharli hasharotlarga qarshi kurashish maqsadida xonaning 
har 1 m
3
 hajmi uchun 24 grammdan oltingugurt yoqiladi. 
Omborxona havosidagi oltingugurt (IV)-oksidning kon-
sentratsiyasini  (mol/l) hisoblang.
2.  Osh tuzi va konsentrlangan sulfat kislotadan foydalanib,  
natriy sulfat olish maqsadida qurilgan korxona atrofida 
qanday ekologik muammolar vujudga keladi? Ushbu kor-
xona chiqindisidan qanday muhim mahsulot olish mum-
kin? Bu bilan ekologik muammo hal bo‘ladimi?
3.  Kimyo korxonalaridan birining atrofidagi havo vodo rod 
sulf id bilan if loslangan. 5 km radius va 2 km baland-
likdagi havoda vodorod sulfidning yo‘l qo‘yiladigan eng  
http:eduportal.uz

185
katta konsentratsiyasi 0,01 ml/l ga teng. Agar vodorod 
sulfidni to‘liq tutib qolish imkoni bo‘lsa, undan qancha 
sulfat kislota olish mumkin bo‘lar edi?
4.  Tarkibida 80 % uglerod bo‘lgan 2 t tabiiy ko‘mirni yon-
dirish uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm havo kerak?
5.  Kislotali yomg‘ir yog‘ishi mumkinmi? Nima sababdan?  
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lsa, uning kimyoviy jarayonlarini 
izohlang. Kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing. Bu  
jarayonlarning salbiy holatlarini va oldini olish choralarini  
taklif eting.
6.  Maishiy va sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suv-
larning biosferaga salbiy ta’siri nimada deb o‘ylaysiz. 
Ushbu salbiy holatlarning oldini olish uchun sizda qanday 
tak liflar  bor?
 
40-§.
 
    
Davriy qonun va elåmåntlar davriy  
            sistemasining ahamiyati 
Davriy qonun kashf qilingunga qadar moddalar va ular 
ora si  dagi o‘zaro tabiiy bog‘liqlik A hmad al-Farg‘oniy, Abu 
Rayhon Bе 
r uniy, M.V.Lomonosov, I.Dеbеrеynеr, L.Mеyеr, 
U.Odling, J.Nyu lеnds, J.Dyuma, A.Shankurtua kabi ensik-
lopеdist olimlar to 
mo 
nidan turli usullar bilan izohlashga 
harakat qilinganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Davriy qonun tabiatda mavjud bo‘lgan kimyoviy elеmеntlar  
orasida o‘zaro tabiiy bog‘lanish mavjudligini ilmiy jihatdan asos-
lab bеruvchi umumiy qonun ekanligi bilan muhim nazariy va 
amaliy ahamiyatga egadir.
1869- yilda D.I.Mеndеlеyеv tomonidan davriy qonun ta’rif-
langan vaqtda 63 ta kimyoviy elеmеnt mavjud edi.
hozirgi kunda ma’lum bo‘lgan 118 ta kimyoviy elеmеntning  
55 tasi davriy qonun va davriy jadval asosida kashf qilingan.
Kimyoviy bog‘lanishlar, valеntlik, elеktromanfiylik, oksid-
lanish darajalari kabi fundamеntal tushunchalarni ta’rif lash 
va asoslab bеrish uchun ham davriy qonunning ahamiyati 
cheksizdir.
http:eduportal.uz

186
Davriy qonundan kеlib chiqadigan bir qator tushunchalar  
moddalarning tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni nihoyatda 
kеn gaytirdi, fizika, fizik-kimyo, gеokimyo, gеologiya, minе-
ralogiya, kosmokimyo, yadro fizikasi kabi fanlarning rivojla-
nishiga asos bo‘ldi (19- jadval). 
Davriy qonun va kimyoviy elеmеntlar davriy sistemasining 
ahamiyatini atrof licha tushunib yеtish uchun atom tuzilishiga 
doir zamonaviy bilimlarga tayangan holda mustaqil masala va  
mashqlar yechish talab etiladi.
Namunaviy misol:
Tashqi elеktron qavati a) 2s
2
, b) 3s
2
3p
5
 d) 4s
2
 bilan  ifodala-
nuvchi elеmеntlar elеktron konfiguratsiyasini yozib, ular qaysi  
elеmеntlar ekanligini aniqlang.
Yechish: kimyoviy elеmеntlar davriy sistemasiga asoslangan 
holda y uqorida kеltirilgan barcha elеmеntlar II gur uh elе-
mеntlari  ekanligini bilib olamiz. Tashqi elеktron qavati 2s
2
 bo‘l-
gan elеmеnt Be, 3s

 bo‘lgan elеmеnt Cl, 4s
2
 bo‘lgan elеmеnt esa 
Ca dir.
Ularning elеktron konfiguratsiyasi quyidagicha ifodalanadi:
Be   1s
2
    2s
2
;    Cl  1s

   2s
2
   2p
6
  3s
2
  3p
5
;   
Ca   1s

   2s
2
    2p
6
  3s
2
   3p

  4s
2
.
19- jadval.
Kimyoviy elementlarning davriy jadvalda tutgan o‘rniga qarab 
xossalarining o‘zgarishi 
Element xossalari
Bosh  guruhlarda 
yuqoridan 

 pastga
Davrlarda  
chapdan 

 
o‘ngga
Atom: A
r
Ortadi
Ortadi
Yadro zaryadi
Ortadi
Ortadi
Energetik  qavatcha  soni
Ortadi
O‘zgarmaydi
Tashqi energetik qavatdagi 
ē
 
lar  soni
O‘zgarmaydi: 
elektronlar  soni 
guruh  raqamiga  
teng
Ortadi
http:eduportal.uz

187
Atom radiusi
 Ortadi
 Kamayadi
Qaytaruvchilik  xossasi
Ortadi
 Kamayadi
Oksidlovchilik  xossasi
Kamayadi
Ortadi
Yuqori musbat oksidlanish   
darajasi
Bir  xil. Guruh   
nomeriga  teng
+1 dan +7 ga  
qadar  ortadi
Quyi oksidlanish  darajasi
O‘zgarmaydi (8-N)
-4 dan -1 gacha  
ortadi
Elektromanfiyligi
Kamayadi
Ortadi
Element hosil 
qilgan oddiy 
moddalarning
metallik xossasi
Ortadi
Kamayadi
metallmaslik 
xossasi
Kamayadi
Ortadi
Yuqori oksid va 
gidroksidlarining xossalari
Asoslik  xossasi  
ortadi,  kislotali 
xossasi kamayadi
Asosli xossasi  
kamayadi,  kis-
lotali xossasi  
ortadi
 
»
a
a
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
1.  Tartib raqami 18 va 21 bo‘lgan elеmеntlarning elеktron  
kon  figuratsiyasini  yozing.
2.  Elеktron konf iguratsiyasi quyidagicha bo‘lgan elеmеnt-
larning elеmеntlar davriy sistеmasidagi o‘rnini aniqlang: 
       [Ne]  3s
2
  3p
5
;  [Ar] 4s
2
.
3.  Nima sababdan uglеrod, oltingugurt o‘zgaruvchan valеnt-
likni namoyon etadi?
4.  Tabiiy bor 19,6 % 10B va 80,4 % 11B izotoplarining aralash -
masidir. Tabiiy borning nisbiy atom massasini hisoblang.
5.  Elеmеntlar davriy sistеmasi haqidagi tushunchalaringizni  
bayon qiling. Davriy qonunning dastlabki va zamonaviy 
ta’riflarini izohlang (K va Ar misolida).
6.  Ohaktosh va zarur rеaktiv hamda jihozlardan foydalanib, 
sirka etil ef irni, gеksax lorotsik logеksanni hosil qilish 
 
uchun zarur  rеaksiya  tеnglamalarini yozing.
7.  Tarkibida 40 % uglеrod, 53,34 % kislorod va 6,66 % 
vodorod bo‘lgan modda bug‘ining vodorodga nisbatan 
zichligi 30 ga tеng. Modda mеtallar, mеtall oksidlari 
va asoslar bilan rеaksiyaga kirishib, tuzlar hosil qilishi 
ma’lum bo‘lsa, uning formulasini va tuzilishini aniqlang.
http:eduportal.uz

188
8.  Oq va qizil fosfor faqat fosfor atomlaridan tashkil topgan 
moddalar bo‘lsa-da, ularning turlicha fizik xossalarga ega  
ekanligini tushuntirishga harakat qiling.
9.  Vodorodga nisbatan zichligi 13 ga teng bo‘lgan uglevodo-
roddan toluol (meti lben zol) hosi l qi lish uchun zar ur 
reaksiya tenglamalarini yozing.
10.  Quyida berilgan moddalarning har birini o‘ziga xos reak-
siyalar yordamida qanday aniqlash mumkin: benzol; stirol; 
sirka aldegid; sirka  kislota; toluol?
11.  Bir tonna oddiy shisha tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan 
xomashyolar miqdorini aniqlang. 
12.  Quyidagi 20- jadval asosida sodir bo‘ladigan reaksiya teng-
la malarini  yozing:
20- jadval.
Reaktivlar
Na
K
Ca
Mg
Al
Fe
O
2
1
2
3
4
5
6
h
2
O
7
8
9
10
11
12
hCl
13
14
15
16
17
18
h
2
SO
4
19
20
21
22
23
24
ZnCl
2
 (eritmalar)
25
26
27
28
29
30
Cl
2
31
32
33
34
35
36
a) 2- va 6- reaksiyalarni solishtiring, o‘xshash va farqli 
tomonlarini aniqlang, sababini tushuntiring; b) 7- va 11- 
reak siyalarning sodir bo‘lish sharoitlarini tushuntiring; 
c) 18- va 36- reak 
siyalarda temir ning qay tar uvchilik 
xossasi nima uchun turli cha bo‘ladi? d) 28- va 30- reak-
siyalar haqida o‘z f ikrlaringizni bil di ring; e) 22-, 23-, 
24- reaksiyalarda, agar sulfat kislota suyultirilgan yoki 
konsentrlangan holda olinsa, nima bo‘ladi, asosli javob 
bering; f ) 25- reaksiyada sodir bo‘ladigan jarayonlarni 
batafsil bayon eting. Reaksiya tenglamalarini yozing.
http:eduportal.uz

189
41-§.
 
    
Kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy ishlab
            chiqarishdagi ahamiyati
 
 
Siz umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7—9- sinf larida 
kimyo fanining nazariy asoslarini o‘rganish davomida xalq 
xo‘jaligida ishlatiladigan juda ko‘p moddalar haqida tushun cha-
larga ega bo‘ldingiz va kimyo mo‘jizakor fan ekanligiga ishonch 
hosil qildingiz. K imyoning mo‘jizakorligi shundaki, gazsi-
mon moddalardan suyuqliklar yoki qattiq moddalardan gazlar, 
ulardan esa gazlama yoki dorivor moddalar olish mumkin. 
K imyoviy moddalar ning ko‘pi k imyo kor xonalar ida ish lab 
chiqariladi. Masalan, azotli, fosforli va kaliyli minеral o‘g‘itlar, 
nitrat, fosfat va sulfat kislotalar, qora va rangli mеtallar, nеft, 
toshko‘mir va tabiiy gaz mahsulotlari kimyo korxonalarida ishlab 
chiqariladigan mahsulotlardir.
Xomashyo  kimyoviy tarkibining o‘zgarishi bilan bog‘liq  
bo‘lgan bir qator jarayonlarni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish 
korxonalari — kimyoviy ishlab chiqarish korxonalaridir. Bunday  
korxonalardagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarni kimyoviy 
tеx nologiya o‘rganadi. Dеmak, k imyoviy tеx nologiya kam 
 
 
xomashyo va enеrgiya sarf lash bilan xomashyoni qayta ishlab, 
sifatli mahsulot tayyorlash usullarini o‘rganuvchi fandir.
har bir k imyoviy ishlab chiqarish jarayoni asosida bir 
 
qator kimyoviy rеaksiyalar yotadi. Kimyoviy rеaksiyalarning  
tеzligi, bu tеzlikka ta’sir etuvchi omillar, kimyoviy muvozanat, 
kimyoviy muvozanatni siljituvchi omillar haqidagi fan kimyoviy  
kinеtikaning nazariy asoslarini kimyoviy tеxnologiyaga tatbiq  
etish, uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish dеmakdir.
Siz ko‘mir, oltingugurt, kolchеdanning yonishi kabi qay t mas 
rеaksiyalarni, oltingugurt (IV)-oksidni oksidlash, azotni vodorod 
bilan bog‘lash, ammiakni oksidlash kabi qaytar rеaksiyalarning 
borish qonuniyatlari bilan tanishgansiz. Bu  rеaksiyalarni sanoat 
miqyosida amalga oshirish uchun optimal sharoit tanlash esa 
tеxnologik jarayonning asosiy vazifasidir.
http:eduportal.uz

190
O‘zbåkistonda kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanish  
istiqbollari
Kimyo fani va kimyo sanoati insoniyatning farovon hayot 
kеchirishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bugungi 
kunda inson hayoti davomida eng zarur bo‘lgan toza suv, oziq-
ovqat, kiyim-kеchak, dori-darmon, atir-upa, turli xil tozalovchi 
moddalar, turarjoy uchun qurilish matеriallarini tayyorlashda 
kimyo fani va kimyo sanoati o‘zining munosib hissasini qo‘shib 
kеlmoqda. Kimyo fani boshqa tabiiy  fanlar: fizika, biologiya, 
matеmatika, gеografiya, gеologiya, minеralogiya, astronomiya 
kabi fanlar bilan hamkorlikda tabiatdagi hali kashf etilmagan 
sirlarni o‘rganishga yordam bеrmoqda.
O‘zbеk istonda k imyo fanini rivojlantirishda Rеspublika 
Fanlar Akadеmiyasining bir qator ilmiy tadqiqot institutlarida 
hamda univеrsitеtlarning kimyo fakultеti, kafеdralarida xalq 
xo‘ja ligining turli sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boril-
moqda. Bioorganika instituti olimlari tomonidan taklif etilgan 
Logodеn, Timoptin, Gazolidon singari fiziologik faol birikmalar 
tabobatda, fеromonlar esa qishloq xo‘jaligida muvaffaqiyat bilan 
ishlatilmoqda.
O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomo-
n idan ish lab ch iqi lib, amaliyotga jor iy eti lgan A l lopin in, 
K-strofantin, olitorizid, ekdistеn kabi o‘nlab prеparatlar tabo-
batda qo‘llanilmoqda.
O‘zFA Kimyo instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan 
bir qator minеral o‘g‘itlar, dеfoliantlar va boshqa  fiziologik faol 
moddalar qishloq xo‘jaligida muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda.
Akadеmik K.S.Ahmеdov tomonidan yaratilgan suvda eriy-
digan polimеrlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘lla-
nilmoqda. “K” tiðidagi prеparatlardan burg‘ulash, tuproqni 
erroziyadan saqlash, ko‘chma qumlarni mustahkamlash, shu-
ning dеk, bеton va ganchkorlikda foydalanilmoqda.
Akadеmik Z.Z.Salimov tomonidan chiqindisiz tеxnologiya 
asosida Farg‘ona k i myoviy tolalar zavodi ch iqi ndi lar idan 
 
atsеton bug‘larini yutib qolishga mo‘ljallangan sfеrik va yarim 
sfеrik yutgichlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. 
http:eduportal.uz

191
Shuningdеk, iqtisodiy samarador “Pnеvmo” qurilmalari ishlab 
chiqilib, yog‘-moy kombinatlarida amaliyotda qo‘llana boshladi.
O‘zFA muxbir a’zosi N.Q.Abubakirov tabiiy gluko zidlar-
ning kimyoviy tuzilishi va farmakologik xossalarini o‘rganib,  
“Erizimozid”, “Strofantidin atsetat”, “Psorolen” dorivor modda-
larini ajratib olgan va amaliyotga joriy etgan.
O‘zbеkiston 1991- yili mustaqillikni qo‘lga kiritgach, mam-
lakat aholisini har tomonlama muhofaza qilish maqsadida 
O‘zbеkiston hukumati aholi ehtiyoji uchun tavsiya etilayotgan 
barcha mahsulotlarni sеrtifikatlashga alohida e’tibor qaratib 
kelmoqda.
 
»
a
a
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
1.  Reaksiyaning harorat koeff itsiyenti 2 ga teng. harorat    
10 °C dan 100 °C ga ko‘tarilganda, reaksiya tezligi necha 
marta ortadi?
2.  harorat koeff itsiyenti 3 bo‘lgan reaksiya tezligini 100 
marta oshirish uchun haroratni 0 °C dan necha darajaga 
ko‘tarish kerak?
3.  harorat 20 °C dan 70 °C ga ko‘tarilganda reaksiya tezligi  
1200 marta ortgan. Reaksiyaning harorat koeffitsiyentini 
aniqlang.
4.  Quyidagi  reaksiyalarda  gazlar  aralash masin ing  hajm i       
3 mar ta oshirilsa, reaksiya tezligi necha marta o‘zgaradi?  
        a) h
2
 + F

= 2hF;      b)  2NO + O
2
 = 2NO
2
.
5.  Etilenning yonish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan 
 
ifodalanadi: 
               C
2
h
4
 + 3O
2
 = 2CO
2
 + 2h
2
O.
   Bu reaksiyada kislorodning konsentratsiyasi 3 marta oshi -
   rilsa, reaksiya tezligi necha marta oshadi?
http:eduportal.uz

192
aMalIY MaShg‘UlOtlar
1- amaliy ish
 
Uglerod (IV)-oksid hosil qilish va uning   
xossalari bilan tanishish
1.  Probirkaga bo‘r yoki marmardan bir necha bo‘lak soling  
va suyultirilgan xlorid kislotadan ozgina quying.
2.  Probirka og‘zini gaz o‘tkazgich nayli tiqin bilan ber-
kiting.
3.  Nayning uchini 2—3 ml ohakli suv quyilgan probirkaga 
tushiring va sodir bo‘layotgan hodisani kuzating.
4.  Gaz o‘tkazgich nayni distillangan suv quyilgan erit maga 
tushiring.
Gazning distillangan suvdan o‘tishi 1—2 minut davom 
etsin. Nayni chiqarib olib, olingan eritmaga bir necha  
tomchi ko‘k lakmus eritmasidan tomizing.
5.  Probirkaga suy ultirilgan o‘y uvchi natriy eritmasidan  
2—3  ml quying va unga bir necha tomchi fenolftalein 
qo‘shing. So‘ngra eritma orqali gaz  o‘tkazing.
6.  10 g tuproq namunasidan olib, suv bilan aralashtiring. 
Aralashmani filtrlab, probirkaga quying:
a) tuproqdan 2—3 g probirkaga soling va ustiga suyul ti-
rilgan xlorid kislota quying. Nima kuzatiladi?
b) yuqorida olingan filtratga kumush nitratdan ozgina 
quying. hosil bo‘lgan oq rangli cho‘kmani filtrlab oling.
Cho‘k mani ik k iga bo‘lib, 1- qismiga ammiak yok i 
suyultirilgan xlorid kislota quying, 2- qismini qizdiring. 
Nima  kuzatiladi?
TOPShIRIQLAR:
1.  Yuqorida bajarilgan tajribalardagi barcha reaksiyalar 
tenglamalarini yozing.
2.  Bajarilgan tajribalar yuzasidan xulosa tayyorlang.
http:eduportal.uz

193
2- amaliy ish
 
“Ishqoriy metallar” va “Kalsiy” mavzulari bo‘yicha tajribaviy 
masalalar yechish
1. Òo‘rtta raqamlangan probirkada:
a) natriy xlorid;
b) natriy gidroksid;
d) natriy karbonat;
e) natr iy n itrat ber ilgan. Qaysi probirkada qanday 
modda borligini aniqlang.
2. Òo‘rtta raqamlangan  probirkada:
a) kaliy xlorid;
b) kaliy karbonat;
d) kalsiy karbonat;
e) kalsiy xlorid berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz   
berilganini aniqlang.
3. Sizga berilgan ikkita probirkada rangsiz eritmalarning  
qaysi biri kaliy gidroksid, qaysi biri kalsiy gidroksid  
eritmasi ekanligini aniqlang.
4. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun imkon  
beradigan reaksiyalar tenglamalarini yozing:
      Ca(Oh)
2
 

 
CaCO
3
 

 Ca(hCO
3
)
2
 

 CaCO
3
 

 CaCl
2
.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tajribalarning reaksiya 
 
teng  lamalarini molekular, to‘liq va qisqa ionli ko‘ri-
nishda yozing.
5.  Ohakli suvning tiniq eritmasidan 2—3 ml oling. Eritma 
loyqalangunga qadar uglerod (IV)-oksid o‘tkazing.
   Loyqalangan eritmani uchta probirkaga bo‘lib oling:
a) 1- probirkaga ohakli suv quying;
b) 2- probirkaga natriy karbonat eritmasidan quying;
d) 3- probirkani qizdiring.
13–Kimyo,  9- sinf.
http:eduportal.uz

194
TOPShIRIQLAR:
1. Kuzatilgan tajribalarda sodir bo‘lgan kimyoviy jara yon-
larni  izohlang, reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Bajarilgan ishlar uchun hisobot tuzing.
3- amaliy ish
 
“Metallar” mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish
1.  To‘rtta raqamlangan probirkada quyidagi moddalar 
 
berilgan:
a) natriy gidroksid;      b) kalsiy karbonat;
d) aluminiy sulfat;      e) temir (Ill)-xlorid.
Qaysi probirkada qanday modda borligini kimyoviy 
tajribalar yordamida aniqlang.
2.  Sizga berilgan misning suvda eruvchan tuzidan foyda-
lanib, qanday usullar bilan mis (Il)-oksid hosil qila  
olasiz?
3.  Laboratoriyadagi mavjud reaktiv va jihozlardan foydala-
nib, to‘rt xil usul bilan rux xlorid tuzini hosil qiling?
TOPShIRIQLAR:
1.  Yuqorida bajarilgan har  bir  tajribada sodir  bo‘lgan kim-
yo viy reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
2.  Sodir  bo‘lgan o‘zgarishlarni izohlang.
3.  Bajarilgan ish  yuzasidan hisobot yozing. 
http:eduportal.uz

195
labOratOrIYa MaShg‘UlOtlarI
1- laboratoriya ishi
 
I. Karbonatlar va gidrokarbonatlarning xossalari va bir-biriga 
aylanishi bilan tanishish
1.  Yangi tayyorlangan 2—3 ml ohakli suv eritmasidan ug le-
rod (IV)-oksidni o‘tkazing.
2.  Eritmadan uglerod (IV)-oksid o‘tkazishni davom etti-
ring.
3.  Òiniq eritmali probirkani qaynating.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
1.  Ohakli suvdan uglerod (IV)-oksid o‘tkazilganda u nima 
uchun loyqalanadi?
2.  Uglerod (IV)-oksid o‘tkazish davom ettirilganda eritma 
nima uchun yana tiniq bo‘lib qoladi?
3.  Bu eritma qizdirilganda nima uchun cho‘kma hosil 
 
bo‘lishini tushuntiring.
4.  Òegishli reaksiyalarning tenglamalarini molekular, ionli 
va qisqartirilgan ionli ko‘rinishda yozing.
II.  Karbonat ioniga xos sifat reaksiya
Bir probirkaga ozroq bor, ikkinchisiga magniy karbonat  
soling. Birinchi probirkaga 1—2 ml suyultirilgan xlorid kislota, 
ikkinchisiga shuncha suyultirilgan h
2
SO
4
 quying. Ikkala pro-
birka ning og‘zini gaz o‘tkazgich nayi bor tiqinlar bilan ber-
kiting, naylarning uchini ohakli suvi bor probirkaga tushirib 
qo‘ying.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Bajarilgan tajribalarga asoslanib, qaysi reaksiyalar karbo-
nat ioniga xos reaksiya ekanligi haqida xulosa chiqaring.
http:eduportal.uz

196
2.  Òegishli reaksiya tenglamalarining molekular, ionli va 
qisqartirilgan ionli tenglamalarini yozing.
2- laboratoriya  ishi
 
Òabiiy silikatlarning namunalari bilan tanishish
   Sizga berilgan tabiiy silikatlarning namunalarini ko‘-
ring. Ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor bering va  qat-
tiqligini tekshirib ko‘ring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Jadval tuzing, o‘z kuzatishlaringizni qayd qiling.
2.  Kuzatishlaringizga asoslanib, sizga berilgan minerallarni  
nomlang.
3- laboratoriya ishi
 
Shishaning turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. 
«Shisha va undan yasalgan mahsulotlar» to‘plami bilan
 tanishish va ishlash
   Sizga berilgan har xil turdagi shisha namunalari 
   va shishadan yasalgan har xil buyumlarni ko‘rib chiqing.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Sizga berilgan namunalar shishaning qaysi turiga kiri-
shini aniqlang.
2.  Siz ko‘rib chiqqan buyumlarni tayyorlashda shishaning 
qanday o‘ziga xos xossalaridan foydalanilganligini izoh-
lab bering.
http:eduportal.uz

197
4- laboratoriya ishi
 
Metallar namunalarini ko‘zdan kechirish
1.  Berilgan metall namunalarini ko‘rib chiqing va ular ning  
nomini ayting.
2.  Sizga berilgan metallarning suyuqlanish harorati va qat-
tiq ligini ma’lumotnoma  jadvalidan foydalanib aniqlang.
3.  Metallar ning issiqlik o‘tkazuvchan ligini taqqoslash 
 
uchun temir va misdan yasalgan ikkita bir xil plastinka 
olib, ik ka la plastinkaning bir uchiga parafin bo‘lagini 
joylash 
tir ing. So‘ngra bu plastin kalar ning ik k inchi 
uchini gorelka alangasiga tuting. Kuzatish asosida qaysi 
metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori ekanligini 
aniqlang.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Sizga berilgan metall namunalarini tekshirib, ularning 
nomini ayting.
2.  Òekshirib ko‘rilgan metallarning qattiqligi, suyuqlanish 
harorati va issiqlik o‘tkazuvchanligini ortib borish tar-
tibida bir qatorga yozing.
5- laboratoriya ishi
 
Qotishmalarning namunalari bilan tanishish
 Sizga berilgan qotishmalar namunalarini ko‘rib chiqing.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Berilgan namunalarning qattiqligi va plastikligini tek-
shirib ko‘ring.
2.  Ularning rangiga e’tibor bering.
http:eduportal.uz

198
6- laboratoriya ishi
 
Òuzlar eritmalari bilan metallarning o‘zaro ta’siri
1.  Birinchi probirkaga kumush (I)-nitrat, ikkinchi pro-
birkaga mis (II)-sulfat, uchinchisiga qo‘rg‘oshin (II)-
nitrat eritmasidan 2—3 ml  quying. Birinchi pro birkaga 
mis simi, ikkinchisiga temir kukunlari, uchinchisiga mis 
kukunlaridan soling.
2.  har bir probirkada qanday moddalar hosil bo‘ldi? Òe-
gishli reaksiyalarning molekular, to‘la va qisqa ionli  
tenglamalarini yozing.
7- laboratoriya ishi
 
Mis (II)-xlorid va kaliy yodid eritmalarining elektrolizi
1.  U-simon nayning 3/4 hajmigacha mis (II)-xlorid  erit-
masidan quying. Elektrolizyorning bir tomoniga mis
ik k inchi tomoniga graf it elektrod tushiring. Graf it 
elektrod (katod)ni manfiy ishorali, mis elektrod (anod)
ni esa o‘zgarmas tokning musbat ishorali manbasiga 
ulang. Katodda sof mis ajralayotganligini kuzating. Shu 
sharoitda anodda nima hosil bo‘lishi mumkin? Qanday 
gaz ajraladi? Elektrodlarning qutblarini o‘zgartirib, yana  
tok manbasiga ulang. Anoddagi mis qanday o‘zgarishga 
uchraydi? Katodda qanday modda ajraladi?
2.  Elektrolizyorga 2 M li kaliy yodid eritmasidan quying. 
Nay ichiga graf it elektrodlar ni tushiring va ular ni 
o‘z 
gar  
 
mas tok manbasiga ulang. K atodda vodorod 
pufakchalari hosil bo‘lishini, anodda esa yod ajralishini 
kuzating. Òok oqimini to‘xtatib, elektrodlarni chiqarib 
oling. So‘ngra U-simon nayning yod ajralgan tomoniga  
1—2 tomchi yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan 
tomizing. Nima kuzatiladi?
http:eduportal.uz

199
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Katod va anoddagi jarayonlarning tenglamasini yozing.
2.  Elektrodlar atrofida elektrolit rangining o‘zgarishiga izoh 
bering.
8- laboratoriya ishi
 
Aluminiyning kislota va asos eritmalari bilan o‘zaro ta’siri
1.  Ikkita probirkaga aluminiy bo‘lakchalaridan soling.
2.  Birinchi probirkaga xlorid kislota eritmasidan quying.
3.  Ikkinchi probirkaga o‘yuvchi natriy eritmasidan quying.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Sodir bo‘lgan jarayonlarni kuzating va reaksiya tengla ma-
larini yozing.
9- laboratoriya ishi
 
Aluminiy va uning qotishmalari namunalari bilan tanishish
A lum i n iy va alum i n iy qotish malar idan t ay yorlangan 
buyum lar to‘plami bilan tanishing va xossalari hamda ish-
la tilish sohalari yuzasidan o‘z fikrlaringizni bayon eting.
10- laboratoriya ishi
 
Aluminiy gidroksidni olish, uning kislota va ishqorlar bilan 
o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganish
1.  Ikkita probirkaning biriga aluminiy nitratning 0,5 M 
eritmasidan 3 tomchi va ikkinchisiga o‘y uvchi nat-
riyning 1 M eritmasidan 3 tomchi quying. So‘ngra ular-
ni o‘zaro aralashtiring. Aluminiy gidroksid cho‘kmasi 
hosil bo‘ladi. Uni ikkita probirkaga bo‘lib,  biriga  xlorid 
http:eduportal.uz

200
kislotaning 1 M eritmasidan 6 tomchi, ikkinchisiga esa  
o‘yuvchi natriyning 1 M eritmasidan shuncha hajmda  
quying. Cho‘kmaning erishini kuzating.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
hosil bo‘lgan mahsulotlarning reaksiya tenglamalarini 
molekular, ionli va qisqartirilgan ionli ko‘rinishda yozing.
11- laboratoriya ishi
 
Aluminiy tuzlari eritmalarining indikatorlarga ta’sirini o‘rganish
1.  Aluminiy xlorid eritmasidan probirkaga 3—4  ml  quying, 
u stiga 2—3 tomch i ko‘k ran g l i lak mu s er itma sid an 
 
tomizing:
a) eritmani 2 ta probirkaga bo‘lib, birinchi probirkaga 
ozroq distillangan suv quying.
b) ikkinchi probirkani biroz qizdiring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Sodir bo‘lgan hodisalarni kuzating va tushuntiring.
2.  A luminiy xlorid eritmasini gidrolizlash tenglamasini 
bosqichli ko‘rinishda yozing.
12- laboratoriya ishi
 
Misning ikki valentli tuzlaridan mis (II)-gidroksidi olish  
va u bilan tajribalar o‘tkazish
1.  Probirkaga 2 ml mis (II)-sulfat eritmasidan quying va 
unga sekin-astalik bilan natriy gidroksid eritmasidan 
1—2 ml quying.
2.  hosil bo‘lgan hodisani kuzating. Cho‘kmani filtrlang. 
Yuving. Sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiya tenglamasini  
yozing.
http:eduportal.uz

201
3.  Cho‘kma mis (II)-gidroksid ekanligini isbotlovchi tajri-
balarni bajaring: 
a) xlorid kislota ta’sir ettiring;
b) cho‘kmaning bir qismini chinni tigelga solib, sekin   
astalik bilan qizdiring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Yuqoridagi tajribalarda sodir bo‘lgan hodisalarni  izoh-
lang.
2.  20 % li 4 g mis (II)-sulfat eritmasi bilan qoldiqsiz 
rea k  siya ga  k i r i sh i sh  uchun  qancha  hajm  20  %  l i        
(=1,22 g/ml) natriy gidroksid  eritmasi qo‘shish kerak?
3.  Mis (II)-gidroksidni qanday usullar bilan olish mumkin?
13- laboratoriya ishi
 
Ruxning suvda eriydigan tuzlaridan rux gidroksid olish  
va uni amfoter xossasini isbotlash
1.  Rux sulfat tuzining 20 % li eritmasidan 5 ml oling va 
unga natriy gidroksidning 10 % li eritmasidan 5 ml 
quying. hosil bo‘lgan cho‘kmani 2 ta probirkaga bo‘lib 
oling.
2.  Probirkalarning biriga sulfat kislota eritmasidan, ikkin-
chisiga esa natriy gidroksid eritmasidan quying.
ZnSO
4

 
NaOh
h
2
SO
4
NaOh
http:eduportal.uz

202
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Rux sulfat tuzi eritmasiga natriy gidroksid quyilganda 
sodir bo‘ladigan kimyoviy hodisani izohlang va  sodir 
bo‘lgan kimyoviy reaksiya tenglamasini yozing.
2.  Qanday moddalar amfoter moddalar deb ataladi? Rux   
gid rok sidni amfoter modda ekanligini qanday isbotlash 
mumkin?
3.  Yuqorida bajarilgan tajribalarni tushuntiring.
4.  Ru x sul fat er itmasiga o‘y uvch i natr iy er itmasidan 
ortiqcha miqdor qo‘shilganda cho‘kma hosil bo‘ladimi? 
Nima uchun? Javobingizni izohlang.
14- laboratoriya ishi
 
Xromning ikki, uch va olti valentli birikmalari
1.  X rom (II)-x lor id (ko‘k rangl i er itma) er itmasidan 
2—3  ml miqdorda probirkaga quying va unga shuncha 
m iq dor d a   o‘ y u vch i   n at r iy   er it m a s id a n   qo‘s h i n g. 
hosil bo‘lgan sariq rangli cho‘kmaga e’tibor bering. 
Cho‘kmani ustiga sulfat kislota eritmasidan quying. 
Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Reaksiya teng-
lamalarini yozing.
2.  Xrom (III)-oksid yashil rangli modda. Xrom (III)-
oksididan taxminan 0,5 g atrofida olib, probirkaga  so-
ling va unga sulfat kislota eritmasidan quying (oksid 
erib ketguncha). hosil bo‘lgan eritmani ranggiga e’ti-
bor bering. hosil bo‘lgan xromning uch valentli tuzi  
erit masi ustiga o‘yuvchi natriy eritmasidan oz-ozdan  
quying. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Reaksiya 
tenglamalarini  yozing. Izohlang.
3.  Kaliy bixromatning to‘q sariq rangli eritmasiga ozroq 
miqdorda sulfat kislota eritmasidan qo‘shing va bu 
aralashmaga natriy sulfit (Na
2
SO
3
) eritmasidan quying. 
Bajarilgan kimyoviy tajribada rang o‘zgarishi va  uning 
sababini izohlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
http:eduportal.uz

203
15- laboratoriya ishi
 
Temirning (II)- va (III)-gidroksidlarini olish
1.  Probirkaga 2—3 ml temir (II)-sulfat tuzi eritmasidan 
quying. Unga oz miqdorda o‘yuvchi natriy eritmasidan  
qo‘shing. hosil bo‘lgan cho‘kmaga oz-ozdan xlorid 
kislota eritmasi qo‘shing.
2.  Probirkaga 2-3 ml temir (III)-xlorid eritmasidan quying. 
Unga oz miqdorda o‘yuvchi natriy eritmasidan qo‘shing. 
Natijada, hosil bo‘lgan cho‘kmaga sulfat kislota erit-
masidan oz-ozdan quying.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Yuqorida sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiyalarning tengla-
malarini yozing.
2.  har bir tajribada sodir bo‘lgan ranglar o‘zgarishiga e’ti-
bor bering va bu o‘zgarishlar sababini tushuntiring.
3.  Fe(Oh)
2
 va Fe(Oh)
3
 gidroksidlarni qanday olish  mum-
kin?
4.  Temirning ikki va uch valentli birikmalarining rang-
larini o‘zaro taqqoslang.
16- laboratoriya ishi
 
Ikki va uch valentli temir tuzlarini bilib olish
1.  P robi rk a ga yan g i t ay yorlan gan FeSO

er itma sid an  
3—5 tomchi quying va uning ustiga qizil qon tuzi 
 
K
3
[Fe(CN)
6
] eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing. 
Ò u r u n 
bu l z a n gor i cho‘k m a si Fe
3
[Fe(C N )
6
]
2
 ho si l 
bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu 
reaksiya eritmada Fe
2+
 ioni borligini bilib olish uchun  
sifat reaksiya hisoblanadi.
2.  a) probi rkaga tem i r (III)-x lor id er itma sidan 2—3 
 
tomchi quying va ustiga sariq qon tuzi K
4
[Fe(CN)
6

eritma sidan bir tomchi tomizing. Berlin lazuri cho‘k-
http:eduportal.uz

204
masi Fe
4
[Fe(CN)
6
]
3
 hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya 
tengla masini molekular va ionli ko‘rinishda yozing; 
b) probirkaga FeCl
3
 eritmasidan 5—6 tomchi 0,01 M 
kaliy yok i ammoniy rodanid eritmasidan tomizing. 
Eritma temir (III)-rodanid Fe(SCN)
3
 hosil bo‘lganligi 
tufayli to‘q qizil tusga bo‘yaladi. Reaksiya tenglamasini 
molekular va ionli  ko‘rinishda yozing.
3.  a) va b) reaksiyalar Fe
3+
 ioni uchun sifat reaksiyasi  
hisoblanadi.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Sodir bo‘lgan hodisalarni izohlang.
2.  Òegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
17- laboratoriya ishi
 
Cho‘yan va po‘lat namunalari bilan tanishish
1.  Sizga berilgan cho‘yan va po‘lat namunalarini ko‘zdan 
kechiring.
2.  Quyidagi tajriba yordamida cho‘yan va po‘latning o‘zaro 
farqlarini bilib oling.
3.  Bitta probirkaga cho‘yan donachasidan, ikkinchisiga 
esa po‘lat donachasidan soling, donachalarning og‘ir-
ligi bir xil bo‘lishi kerak. Probirkalarga 2—4 ml dan 
suyultirilgan xlo rid kislota qo‘shing va sekin qizdi ring. 
Agar gazlarning shiddat bilan ajralishi to‘xtasa, probir-
kalarga yana ozgina kislota quying va buni gaz ajralib 
chiqmay qolguncha davom ettiring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1.  Sodir  bo‘lgan hodisalarni izohlang.
2.  Òegishli reaksiya  tenglamalarini yozing.
3.  Probirkalardan qaysi birida shiddatli (kuchliroq) gaz  
ajralib chiqdi?
4.  Kuzatganlaringizni izohlang.
http:eduportal.uz

205
MUNDarIJa
Kirish ............................................................................... 3
I bOb. 8-SINF KIMYO KUrSININg eNg  MUhIM
MaVZUlarINI taKrOrlaSh ......................................... 5 
1- §.  Elementlar  davriy sistemasi va davriy qonuni .................. 5 
2- §.  Kimyoviy bog‘lanishning turlari: kovalent (qutbsiz
va  qutbli),  ionli,  metall  bog‘lanishlar  ................................... 16  
II bOb.  eleKtrOlItIK DISSOtSIatSIYalaNISh
NaZarIYaSI ...................................................................... 20
3- §. Elektrolitlar va noelektrolitlar ................................................20
4- §. Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi .................24
5- §. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar dissotsiatsiyalanish 
darajasi ...........................................................................................26 
6- §. Ion almashinish reaksiyalari ..................................................29
7- §. Tuzlarning gidrolizi ...............................................................32
III bOb. MetallMaSlar. UglerOD gUrUhI ........... 42 
8- §.  Uglerod guruhidagi elementlarning umumiy tavsifi ........ 42 
9- §.  Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari .......................... 47
10- §. Uglerodning eng muhim birikmalari ..............................50
11- §.  Karbonat kislota va karbonatlarning xossalari ................ 53
12- §.  Kremniy. Kremniyning davriy sistemadagi o‘rni va 
atom tuzilishi .......................................................................... 61
13- §.  Kremniyning xossalari. Muhim birikmalari ................... 63 
14- §.  Silikat sanoati .............................................................. 66
IV bOb. Metallar ...................................................... 71
15- §.  Metallarning tabiatda tarqalishi,  olinishi 
va  ishlatilishi ........................................................................... 71
16- §.  Qotishmalar  ................................................................. 74
17- §.  Metallarning fizik va  kimyoviy xossalari ...................... 77
18- §.  Metallar  korroziyasi.....................................................80
19- §.  Elektroliz va  uning amaliy ahamiyati85
20- §.  Ishqoriy metallar  ......................................................... 97
21- §.  Natriy va kaliyning xossalari va  eng 
muhim birikmalari ................................................................. 100
http:eduportal.uz

206
22- §.  Soda  ishlab chiqarish  .................................................105
23- §.  Kalsiy va  magniy ....................................................... 109
24- §.  Suvning qattiqligi va uni yumshatish  usullari ............ 117
25- §.  Aluminiy .................................................................... 121
26- §.  Aluminiy xossalari ...................................................... 124
27- §.  Aluminiy birikmalari. Ishlatilishi ................................. 129
28- §.  I guruh  yonaki guruhcha metallarining davriy 
jadvaldagi o‘rni.  Atom tuzilishi.  Xossalari.  Mis ................... 131
29- §.  Kumush  va  oltin.  Xossalari.  Ishlatilishi .................... 137
30- §.  II guruh  yonaki guruhcha  elementlarining davriy
jadvaldagi o‘rni.  Atom tuzilishi.  Xossalari ............................ 139
31- §.  Xrom.  Davriy jadvaldagi o‘rni. Atom tuzilishi 
va  ayrim xossalari ..................................................................145 
32- §.  Xromning II,  III,  VI valentli birikmalari va
xossalari ................................................................................. 147 
33- §.  Marganes. Davriy jadvaldagi o‘rni. Atom tuzilishi. 
Ayrim xossalari ...................................................................... 152
34- §.  Òemir  ........................................................................ 158
35- §.  Temirning eng muhim birikmalari. Ishlatilishi ............ 162
36- §.  O‘zbekistonda  metallurgiya.  Cho‘yan ishlab 
chiqarish  ................................................................................165
37- §.  Po‘lat ishlab chiqarish  ............................................... 168
V bOb.  NOOrgaNIK KIMYODaN OlgaN bIlIMlarNI
UMUMlaShtIrISh ..................................................... 177
38- §.  Kimyoviy ishlab chiqarish  istiqbollari ........................ 177
39- §.  Atmosfera va gidrosferani muhofaza qilish  .................. 180
40- §.  Davriy qonun va  elementlar  davriy sistemasining
ahamiyati ................................................................................185
41- §.  Kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy ishlab chiqarishdagi
ahamiyati ............................................................................... 189
Amaliy mashg‘ulotlar  ............................................................ 192
Laboratoriya  mashg‘ulotlari ....................................................195
http:eduportal.uz

207
IBROhIMJON ASQAROV,  KAMOLIDDIN G‘OPIROV,  
NOZIMJON TO‘XTABOYEV
KIMYO
Umumiy orta ta’lim maktablarining 
9- sinfi uchun darslik 
    4- nashri
(O‘zbek tilida)
 Toshkent — 
«MITTI YULDUZ» —
 2019
                          Mas’ul muharrir      
G. Shoisayeva
 
Muharrir            A. Nurmatov
Musahhiha          Z. Abduvaliyeva 
Dizayner            L. Dabija
Kompyuterda  
sahifalovchi         h. Xo‘jayeva
Nashriyot  litsenziyasi AI ¹ 160,  14.08.2009- yil.
  Bosishga  2019- yil 20. 02 da  ruxsat etildi.  Bichimi 70x90  1/16.
Ofset qog‘ozi. “Times” garniturasi,  11 kegl.  Shartli bosma tabog‘i: 
15,21.  Nashriyot hisob tabog‘i: 12,18.  Adadi...   Buyurtma...
Darslikning original maketi «MITTI YULDUZ» MChJ 
tomonidan qayta  nashrga  tayyorlandi.  
Toshkent-129,  Navoiy ko‘chasi,  30.
«O‘ZBEKISTON» NMIU bosmaxonasida  bosildi.
Toshkent-129,  Navoiy ko‘chasi,  30.
http:eduportal.uz

Yangi
Darslikning birinchi marotaba  foydalanishga  berilgandagi  holati.
Yaxshi 
Muqova   butun,   darslikning asosiy  qismidan  ajralmagan.  Barcha  
varaqlari  mavjud,   yirtilmagan,   ko‘chmagan,   betlarida  yozuv  va 
chiziqlar  yo‘q.
Qoniqarli  
Muqova  ezilgan,   birmuncha  chizilib,   chetlari  yedirilgan,   
darslik ning  asosiy  qismidan  ajralish holati  bor,   foydalanuvchi  
tomonidan  qoniqarli  ta’mirlangan.  Ko‘chgan  varaqlari  qayta  
ta’mirlangan,   ayrim betlariga   chizilgan.
Qoniqar siz
Muqovaga   chizilgan,   yirtilgan,   asosiy  qismidan  ajralgan  yoki  
butunlay  yo‘q,   qoniqarsiz  ta’mirlangan.  Betlari  yirtilgan,   
varaqlari  yetishmaydi,   chizib,   bo‘yab  tashlangan.  
Darslikni tiklab bo‘lmaydi. 
Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda, yuqoridagi jadval 
sinf rahbari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan to‘ldiriladi:
¹
O‘quvchining 
ismi,  familiyasi
O‘quv  
yili
Darslik-
ning 
olingan-
dagi 
holati
Sinf rah-
barining 
imzosi
Darslik-
ning topshiril-
gandagi holati
Sinf 
rahbari-
ning 
imzosi
1
2
3
4
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
http:eduportal.uz

Document Outline

  • kimyo-9-2019.Босмахонага



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling