X. to‘xtaboyev kimyo 9


Download 3.01 Mb.
Pdf просмотр
bet2/18
Sana15.12.2019
Hajmi3.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

atom yadrosi. Atom yadrosi neytronlar va protonlardan 
tashkil topgan.
Neytron zaryadsiz zarracha bo‘lib, nisbiy massasi 1 m.a.b.ga  
teng va “n” harfi bilan belgilanadi.
Proton musbat zaryadli zarracha. Uning nisbiy massasi 1 
m.a.b.ga teng va “p” harfi bilan belgilanadi. Demak, atomning 
yad rosi musbat zaryadlangan bo‘lib, uning zaryadi shu element-
ning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi tartib raqamiga teng.
atomlar elektron qavatlarining tuzilishi
Atom elektroneytral sistema bo‘lib,  u asosan,  musbat za ryad -
li yadrodan va yadro atrofida harakat qiladigan manfiy za ryadli 
elektronlardan iborat.
Elektroneytral atomdagi protonlar soni elektronlar soniga 
http:eduportal.uz

14
teng bo‘ladi. Elektronlar yadro atrofida energetik pog‘onalarda 
hara katlanadi.
1. Energetik pog‘ona – n.
n = 1, 2, 3, 4, 5 ... ;        K  L  M  N  O ...
Energetik pog‘onaning qiymati qancha kichik bo‘lsa, 
ayni pog‘onadagi elektronlarning yadro bilan bog‘lanish 
energiyasi shuncha katta bo‘ladi.
har qaysi energetik pog‘onadagi elektronlar soni 2n
2   
formu-
laga asosan aniqlanadi:
n = 1 bo‘lganda: 2 · 1

= 2  ta elektron;
n = 2 bo‘lganda: 2 · 2

= 8  ta elektron;
n = 3 bo‘lganda: 2 · 3

= 18 ta elektron;
n = 4 bo‘lganda: 2 · 4

= 32 ta elektron.
Energetik pog‘onalar pog‘onachalarga bo‘linadi (4- jadval).
2. Energetik pog‘onacha – l.
Yadro atrofida harakatlanayotgan s, p, d, f elektronlar bilan 
farqlanadi va elektronlar energiyasi yoki elektron «bulut»larning 
shaklini ifodalaydi. Ularning  qiymati 0 dan n–1 gacha bo‘ladi:
n = 1  bo‘lganda, l  = 0;
n = 2  bo‘lganda, l  = 0,1;
n = 3  bo‘lganda, l  = 0,1,2 va  ...
                     n va l orasidagi bog‘lanish     4- jadval.
Energetik pog‘ona,  n
1
2
3
4
Energetik 
pog‘onacha,   l
0
0
1
0
1
2
0
1
2
3
l  ning harflarda  
yozilishi
s
s
p
s
p
d
s
p
d
f
n  va l ning birgalikda 
yozilishi
1s
2s 2p
3s
3p
3d
4s
4p
4d
4f
Pog‘onachalardagi elektronlar soni quyidagi formula bilan  
topiladi: 2 ·  (2
l 
+1).
s-elektronlar yadro atrofida sharsimon harakatlanadi va ular 
har bir energetik pog‘onada (2 ·  (2  ·  0 + 1) = 2) 2 tagacha 
bo‘ladi.
http:eduportal.uz

15
p-elek tron lar yadro atrof ida x, y va  z o‘qlar i bo‘ylab 
perpendikular harakatlanadi va  ular ikkinchi qavatdan boshlab 
har bir qavatda oltitagacha bo‘ladi (2 · (2 · 1 + 1) = 6).
d- va f-elektronlarning yadro atrofida harakatlanishi yanada 
murakkabroq trayektoriya  bo‘ylab amalga oshadi.
d-elektronlar uchinchi qavatdan boshlab har qavatda 10   
tagacha, f-elektronlar esa to‘rtinchi qavatdan boshlab 14 tagacha 
bo‘la oladi.
K imyoviy elementlar oxirgi qo‘shilayotgan elektronning 
qaysi energetik pog‘onachada harakatlanishiga qarab s, p, d va f 
elementlarga farqlanadi.
Pog‘onachalardagi bo‘sh yacheykalar elektron lar bilan, 
avvalo, bittadan maksimal darajada to‘ladi, so‘ngra ortib qolgan 
elektronlar tartib bilan juftlasha boshlaydi.
Umuman olganda, energetik pog‘ona va pog‘onachalarning  
elekt 
 
ron bilan to‘lib borish tar tibini quyidagicha tasvirlash 
mumkin:
 1s 
→ 
2s 
→ 
2p  
→ 
3s 
→ 
3p  
→ 
4s 
→ 
3d 
→ 
4p  
→ 
5s 
→ 
4d 
→ 
5p  
→   
→ 
6s 
→ 
4f 
→ 
5d 
→ 
6p  
→ 
7s 
→ 
5f 
→ 
6d 
→ 
7p. 
 
»
a
a
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
 
1.  Elektron konfiguratsiyasi quyidagicha bo‘lgan element larning 
    ele mentlar davriy sistemasidagi o‘rnini aniqlang: 
[he]2s
2
2p
5
;      [Ne]3s
2
3p
3
.
2.  D.I.Mendeleyev oldindan ay tgan elementlardan birining 
oksidi tarkibida 30,5 % kislorod bo‘ladi. Bu oksidni hosil 
qiluvchi elementning oksidlanish darajasi +4 ga teng. Shu 
elementning nisbiy atom massasini aniqlang.
3. EO
3
 tarkibli oksid hosil qiluvchi elementning uchuvchan  vo-
do  rodli birikmasi tarkibida 5,88 % vodorod bo‘ladi. Ele ment-
ning davriy sistemadagi o‘rnini aniqlang.
4. Tartib raqamlari 15, 33, 51 bo‘lgan elementlarning elek tron 
formulalarini yozing.
5.  Cr
3+
 va Br

 ionlarining elektron formulalarini yozing.
http:eduportal.uz

16
2-§.
       
Kimyoviy bog‘lanishning turlari: kovalent 
           (qutbsiz va qutbli), ionli, metall bog‘lanishlar
Atom tuzilishining elektron nazariyasi atomlarning mole-
kulalar holatigacha birika olishini, ya’ni kimyoviy bog‘ hosil 
bo‘lish mexanizmi va tabiatini tushuntiradi.
•  Kimyoviy bog‘ — ikki yoki undan ortiq atomlarning o‘zaro 
ta’sirlashuvi bo‘lib, bunda kimyoviy barqaror ikki yoki 
ko‘p atom li sistemalar (Masalan: molekula yoki kristall) 
vujudga keladi.
•  Bog‘ yo‘nalganligi — molekulaning fazoviy strukturasini,  
shak lini  belgilaydi.
•  Bog‘ qutbliligi — bog‘ o‘qi atrofida umumiy elektron jufti-
ning taqsimlanishi asimmetriyasi bilan belgilanadi.
•  Bog‘ karraligi — atomlarni bog‘lab turuvchi elektron juft-
lar soni bilan aniqlanadi.
•  Bog‘ uzunligi — atom yadrolari orasidagi masofaning 
muvo zanat holati (nm larda o‘lchanadi).
•  Bog‘ energiyasi — bog‘ni uzish uchun bajariladigan ishga 
teng (kJ/mol larda o‘lchanadi).
Kimyoviy bog‘lar hosil bo‘lishi  ekzotermik jarayon bo‘lib,  
energiya ajralib chiqishi bilan boradi, bog‘ uzilishi endotermik   
jarayon bo‘lib, energiya yutilishi bilan boradi. 
Kovalent, ion, metall, vodorod bog‘lari kimyoviy bog‘la-
nishning asosiy tiplari hisoblanadi.
•  Atomlarning umumiy elektron juftlar yordamida bog‘la nishi 
kovalent bog‘lanish deb nomlanadi.
•  Kimyoviy element atomining kimyoviy bog‘lanishda ishti rok 
etayotgan umumiy elektron juftlarni o‘ziga tortish xusu-
siyati elektrmanfiylik deb ataladi:
a) elektrmanfiylik qiymati bir xil bo‘lgan atomlar orasi-
da gi kovalent bog‘ — qutbsiz kovalent bog‘ deb ataladi 
(umu miy elektron jufti qo‘shni yadrolar orasida simmetrik 
joyla shadi);
http:eduportal.uz

17
2–Kimyo,  9- sinf.
b) elektrmanfiyliklari qiymati turlicha bo‘lgan atomlar ora-
si dagi kovalent bog‘ — qutbli kovalent bog‘ deb ataladi 
(umu miy elektron jufti yadrolardan biri tomonga siljigan 
holda bo‘ladi).
Oddiy moddalar (h
2
, F
2
, Cl
2
, O
2
, N
2
 kabilar) qutbsiz ko-
va  lent bog‘ga, ko‘pchilik murakkab moddalar (h
2
O, Nh
3
, hF, 
SO
2
, C
2
h
5
Oh kabilar) qutbli kovalent bog‘ga ega. Kovalent bog‘-
li moddalar odatdagi sharoitda qattiq (parafin, muz), su yuq (suv, 
spirt), gazsimon (O, N, ammiak) bo‘li shi mumkin. 
Elektromanfiylik jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi 
element atomlaridan (tipik metallar va tipik metallmaslar) birik-
ma hosil bo‘lganda, umumiy elektron jufti elektro man fiyligi 
katta bo‘lgan atom tomoniga butunlay siljiydi. Nati jada, ionlar 
(musbat zaryadli kation va manfiy zaryadli anion) hosil bo‘ladi.
Masalan, natriy xlorda yondirilganda natriyning 3s-elektroni 
xlorning 3p-elektroni bilan juftlashadi va umumiy elektron jufti 
xlor atomi tomonga to‘la siljiydi, natijada, natriy kationi Na
+
  va  
xlor anioni Cl

 hosil bo‘ladi.
•  Atomlar elektron biriktirishi yoki yo‘qotishidan hosil bo‘l-
gan zarralar — ionlar deb ataladi.
•  Ionlardan hosil bo‘lgan birikmalar — ion birikmalar deb ataladi.
•  Ionlar orasidagi bog‘ — ion bog‘ deb ataladi.
Ion bog‘ va kovalent bog‘ orasida keskin chegara yo‘q. Ion 
bog‘ni qutbli kovalent bog‘ning y uqori holati sifatida qabul 
qilish mumkin. Lekin kovalent bog‘dan farqli ravishda ion bog‘ 
yo‘naluvchanlikka ega emas.
•  Elektronlar berish jarayoni oksidlanish deb yuritiladi.
•  Elektronlar qabul qilish jarayoni qaytarilish deb yuritiladi.
Masalan, Na va Cl ta’sirlashuvida natriy atomi elektron 
berib oksidlanadi va natriy kationi hosil bo‘ladi: Na – 
ē
 

 Na
+

Xlor atomi esa elektron qabul qilib oladi va xlor anionini hosil 
qila di: Cl + 
ē
 

 Cl

. I va II guruh bosh guruhcha metallari VII 
gu ruh bosh guruhchasi metallmaslari bilan tipik ion birikmalar  
hosil qiladi.
http:eduportal.uz

18
•  Ion bog‘lanishli birikmalar odatdagi sharoitda qattiq 
moddalardir.
Kuchli elektromanfiy element atomi (ftor, kislorod, azot) 
bilan bog‘langan vodorod atomi boshqa kuchli elektromanfiy 
element atomi bilan yana bir bog‘ hosil qilish qobiliyatiga ega. 
Masalan, suv molekulasida vodorod kuchli elektromanfiy kislo rod 
bilan qutbli kovalent bog‘ orqali bog‘langan. Umumiy elektron 
juft kislorod tomonga siljigan va vodorod musbat za ryad langan, 
kislorod esa manfiy zaryadlangan. Suvning bir mole  kulasidagi 
musbat zar yadli vodorod boshqa suv moleku lasi dagi manf iy    
za ryad    langan  kislorodga  tortiladi.  Ikki  kislorod  atom lari  ora-
sidagi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab vodorod orqali bog‘ hosil bo‘ladi.
•  Elektromanfiy (metallmas) atomlarning vodorod atomlari 
orqali, aniqrog‘i, proton orqali bog‘lanishi vodorod bog‘la-
nish deb ataladi.
Suv, suyuq ammiak, suyuq vodorod ftorid, ko‘plab organik 
birikma lar vodorod bog‘iga ega. Metallarga eng quyi ionlanish 
energiyasi xos va ularda harakat chan elektronlar miqdori ko‘p. 
Metall kristallari strukturasida elektronlar atomlardan oson uzi-
lib, elektron gazi va musbat zaryadli metall ion lari hosil bo‘ ladi, 
elektronlar butun kristall bo‘yicha umumiy hisoblanadi.
elementlarning valent imkoniyatlari va ularning 
oksidlanish darajasi
Bir element atomi faqat qat’iy belgilangan sondagi boshqa  
element atomlari bilan birikishi mumkin.
•  Valentlik — bu ma’lum element atomining qat’iy belgilangan 
son dagi boshqa element atomlari bilan birika olish imkoniyati.
•  Elementning valentligi shu element atomini boshqa element 
ato mi bilan bog‘lab turuvchi umumiy elektron jufti soni 
bilan aniqlanadi.
Valentlik nol, manfiy yoki musbat qiymatlarga ega bo‘l-
maydi. Valentlik tushunchasini faqat kovalent bog‘li birikmalarga 
nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
http:eduportal.uz

19
hozirgi vaqtda birikmalardagi atom holatini tavsif lash uchun 
oksid lanish darajasi deb ataluvchi tushunchadan foyda lanil moqda.
•  Oksidlanish darajasi – atom ionga aylangan holda (ya’ni 
umu miy elektron jufti kuchli elektrmanfiy atom tomonga   
to‘la yoki qisman siljigan holda) molekuladagi atomda 
hosil bo‘luvchi shartli zaryad.
Oksidlanish darajasi har doim ham valentlikka son  jihati dan 
teng bo‘lavermaydi. Birikmalardagi har bir elementning oksid-
lanish darajasini aniqlashda quyidagilarni yodda tutish lozim:
•  Bir xil atomlardan hosil bo‘lgan molekulalardagi atom-
larning oksidlanish darajasi nolga teng.
•  Vodorod metall gidridlarida –1, qolgan barcha birik mala-
rida +1 oksidlanish darajasiga ega.
•  Kislorod ko‘pchilik birikmalarda –2, ftorli birikmalarda +2, 
peroksidlarda (E–O–O–E) –1 oksidlanish darajasiga ega.
•  Ftor barcha birikmalarida –1 oksidlanish darajasiga ega.
•  Ishqoriy metallar barcha birikmalarida +1 oksidlanish 
dara  jasiga  ega.
•  II guruh bosh guruhcha elementlari barcha birikmalarida 
+2 oksidlanish darajasiga ega.
•  Oddiy moddalardagi atomlar nol (0) oksidlanish daraja siga 
ega.
•  Bir birikmadagi barcha elementlar oksidlanish darajalari-
ning algebraik yig‘indisi nolga tengligi uchun shu birikma-
dagi oksidlanish darajasi ma’lum bo‘lgan elementlar yor-
damida shu birikmadagi boshqa elementlarning oksidlanish 
darajasini aniqlash mumkin.
•  Ko‘p elementlar o‘zgaruvchan oksidlanish darajalariga ega.
•  Elementning eng yuqori oksidlanish darajasi uning davriy   
sistemada joylashgan guruh raqamiga  teng.
•  Metallmaslarning vodorod bilan birikmalarida oksidlanish da-
ra jalari –4 dan (IV guruh elementlari) –1 gacha (VII gu ruh 
elementlari) o‘zgaradi. Bu metallmas atomi vodo rod atom-
laridan tortib oladigan elektronlar soni bilan aniq lanadi.
http:eduportal.uz

20
Osh tuzi eritmasi elektr tokini o‘tkazadimi? Shakar eritmasi-chi?
3-§.     
 elektrolitlar va noelektrolitlar
Metallarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati borligini siz 
yaxshi bilasiz. Boshqa moddalar ham  elektr tokini o‘tkazadimi? 
Buni qanday bilish mumkin? Quyi dagi tajribani o‘tkazish bilan 
turli moddalarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati haqida bilib 
olamiz.
1- rasmda tasvirlanganidek asbob yi g‘ib 
ola miz va asbob elektrodlarini quruq osh 
tuzi ga qo‘yamiz. Lampochka yonmaydi. 
As bob ning  elektrodlarini  distillangan  suv ga 
tushiramiz, bunda ham lampochka yon-
madi. Demak, quruq osh tuzi va distil-
langan suv elektr tokini o‘tkazmaydi.
Osh tuzini suvda eritib, eritmaga as-
bob   ning  elektrodlarini  tushiramiz.  Bunda 
lam pochka yonadi. Demak, osh tuzi ning 
suvdagi eritmasi elektr tokini o‘tka zadi. 
Istal 
 
gan moddani shu yo‘l bilan elektr 
toki ni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik xusu-
siya tini tekshirib ko‘rish mumkin.
Moddalar elektr tokini o‘tkazish yoki 
o‘tkazmasligiga qarab ikki guruh — elek -
t ro litlar va  noelektrolitlarga  bo‘linadi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr 
tokini o‘tkazadigan moddalar elek trolitlar 
deyiladi. Elektrolitlarga suvda eriydigan 
kislo talar, ishqorlar va tuz lar kiradi.
eleKtrOlItIK DISSOtSIatSIYalaNISh  
NaZarIYaSI
1- ras m. Moddalar 
erit   ma  la ri  ning  elektr 
o‘tkazuv chanligini 
aniqlaydigan asbob.
+
+
+
+
+
+
+
+
+ +
+
+
+
+
+ +
+
+
+
+
+
+
+ +
Cl

Anod
Katod
http:eduportal.uz

21
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan 
moddalar  elek trolitmaslar  (noelektrolitlar)  deyiladi.
Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar 
hamda metan, karbonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan 
suv kiradi.
Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki suyuqlan tiril gan-
dagina elektr tokini  o‘t kazadi. Kristall holda ular elektr tokini 
yomon o‘tkazadi yoki butunlay o‘tkazmaydi.
elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi
Nima uchun elektrolit faqat suvda eritilganda yoki 
suyuqlantirilganda elektr tokini o‘tkazadi?
Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlan-
tirilgani elektr  tokini o‘tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning 
suvli eritmalari esa elektr tokini o‘tkazmaydi? Ushbu savollarga 
to‘liqroq javob berishga harakat qiling.
Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) — suvda eri-
tilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajraladi:
KCl 
→→
 
K

+  Cl

  yoki  NaOh 
→→
 Na
+  
+   Oh

.
Ion la r mu sbat za r yad la n ga n (k ation la r) yok i m a n f iy 
zaryadlangan (anionlar) zarralardir. Ular bitta atom dan yoki bir 
necha atomdan iborat atomlar guruhi bo‘lishi mumkin. Ammo 
atomlar bilan ionlar bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, 
natriy o‘yuvchi xossaga ega bo‘lib, kuchli qaytaruvchi, xlor esa 
kuchli zahar bo‘lib, oksidlovchidir. Natriy va xlor ionlaridan 
iborat bo‘lgan osh tuzi sizga juda yaxshi tanish (5- jadval). 
       atom va ionning elektron tuzilishi           5- jadval.  
Natriy   atomi
Natriy   ioni
  
 
Na

 2)  8) 1) 1s
2
 2s
2
 2p
6
 3s
1
Na
+
  2)  8) 1s
2
  2s
2
  2p
6
Xlor  atomi
Xlor  ioni
Cl
0
   2)  8)  7)     1s
2
 2s
2
 2p

3s
2
 3p
5
Cl

   2)  8)  8)    1s
2
 2s
2
 2p

3s
2
 3p
6
Ion bog‘lanishli birikmalarning suvda eritilganda ionlarga  
ajralishiga dissotsia tsiya deyiladi. Uni quyi da gicha tushuntirish 
http:eduportal.uz

22
mumkin. Ma’lumki, osh tuzi qattiq holatda elektr tokini o‘tkaz-
maydi. Suvda eritilganda esa ionlarga ajraladi. Buning sababi:
1. Osh tuzi kristallari ion bog‘lanishli birikma bo‘lib, kristall 
panjara tugunlarida ionlar bo‘ladi (2- rasm).
2. Suv molekulasi esa qutbli kovalent bog‘lanishli modda 
bo‘lib, 3- rasmda ko‘rsatilgandek tuzilgan.
3. Osh tuzi suvda eritilganda 4- rasmda tasvirlangan sxema 
asosida  disso tsiatsiyalanadi.
Demak, eritmada osh tuzi kristallari suvning qutblangan 
molekulalari ta’sirida erib, gidratlangan ionlarni hosil qiladi.
Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o‘zining 
xususiy juft elek troni hisobiga proton biriktirib olib kationlarga 
aylanadi (h
+
, Na
+
, Zn
2+
, Al
3+
, Nh
4
+
). Kislota qoldiqlari, gidroksid 
guruhlari anionlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ionlar elektr maydonida 
5- rasmda ko‘rsatilgandek harakat qiladi.
Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining katodi to-
mon harakatlanadi (shuning uchun biz musbat ionlarni kation 
deymiz).
Manfiy zaryadlangan ionlar elektr manbaining anodi tomon 
harakatlanadi (shu ning uchun biz manfiy zaryadlangan ionlarni 
anion deymiz).
Elektrolitlar (tuzlar va ishqorlar) suyultirilganda ham ion-
larga ajraladi. Bu ning sababi modda suyultirilganda zarra cha-
lar ning tebranma harakati kuchayib, ular orasidagi bog‘lanish 
zaif  lashib qoladi va elektrolit ionlarga oson lik bilan ajralib 
ketadi.
Kislotalar molekulalari kuchli qutblangandir, ular ham suvda 
2- rasm. Osh tuzi kristalining tuzilishi.
3- rasm. Suv
moleku lasining
qutbli ko‘rinishi.
http:eduportal.uz

23
erigan da ionlarga ajraladi, ammo tuzlar va ishqorlarning suvda 
erishida sodir bo‘lgan hodisadan farq qiladi:

.
Vodorod x lorid suvda eriganda molekulasidagi vodorod 
elektro nini qoldirib, suv molekulasiga ko‘chib o‘tadi. Natijada 
xlor da 1 ta elektron ortiqcha bo‘lgan xlor ioni va 1 ta proton 
(vo dorod atomining yadrosi) qo‘shilgan h
3
O
+
 (gidroksoniy) ioni 
hosil bo‘ladi. Demak, suvda hCl, hBr, h
2
S, hNO
3
, h
2
SO
4
 va 
boshqa kislotalar eriganda h
3
O
+
 (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi:
h
3
O
+
  →→ 
h

+ h
2
O.
Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil qiladi.
Donor-akseptor bog‘lanish mavzusini o‘rganish davomida 
siz h
3
O
+
 ni donor-akseptor bog‘lanishli modda ekanligini 
bilib olgansiz. Kislotalarning dissotsiatsiyalanish tenglamasini 
qisqaroq ko‘ ri nish da  yo zish odat tusiga kirgan. 
 hCl 
→→
 h

+ Cl

; hNO
3
 
→→
 h

+ NO
3

;
 
h
2
SO

→→
 
2h
+
 + SO
2–
4
.
bKM elementlari. Elektrolit, noelektrolit, har xil modda lar 
eritmalarining elektr tokini o‘tkazishini sinay olish. Elektrolitik 
dissotsiatsiyalanish, elektrolitik dissotsia tsiya lanish nazariyasi, 
kation, anion, ion, ionli kristall panjaralar, gidroksoniy.
4- rasm.  Osh tuzining
 
     suvda erishi.
5- rasm.  Ionlarning elektr qutb-
lari tomon harakatlanishi.
http:eduportal.uz

24
        
 
 
 Savol va topshiriqlar:
 
?
1.  BaCl
2
, ZnCl
2
, h
3
PO
4
, hPO
3
, KOh, Ca(Oh)
2
 lar suvda eritil-
ganda qanday ionlarga ajraladi?
2.  Ammoniy xlorid, mis (II)- nitrat, kaliy gidroksid va nitrat kis-
lotalarning disso tsiatsiyalanish tenglamalarini yozing.
3.  KCl ning suvda erish jarayoni bilan h
2
SO
4
 ning suvda erish 
jarayoni o‘rtasida qanday farq bor?
4.  Kaliy atomi bilan kaliy ioni bir-biridan qanday farq qiladi?


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling