O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLICI
“TАSDIQLАYMАN”
GulDU rеktоri
prоf. А. Eminоv
_____________
«___» ______2013
HUSNIXAT O`QITISH MЕTODIKASI
fani bo’yicha
Ta’lim sohasi: 140000– O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani
Ta’lim yo’nalishi: 5141600 – Boshlang’ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish.
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bosqich: I
Semestr: I
Umumiy o’quv soati: 152
Ma’ruza - 36
Amaliy - 48
TMI- 68
Guliston – 2013
«Husnixat o‘qitish metodikasi» fanining ishchi o’quv dasturi fanning namunaviy dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: kat. o‘qituvchi X. Umarov
Taqrizchi: O`. Ro’zibоеvа – Bоshlаng’ich tа’lim uslubiyati kаfеdrаsi
p. f. n., dоts._________ (imzо)
Fanning ishchi o’quv dasturi “Boshlang’ich talim uslubiyati” kafedrasining 2013 yil “29” 08 dagi 1-sonli yigilishida muhokama e’tilib fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri dots. R. Ergashev
Fanning ishchi o’quv dasturi Pedagogika fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2013 yil “30” 08 dagi 1-sonli yigilishida muhokama e’tilib, tasdiqlandi.
Fakultet ilmiy Kengashi raisi J. Komilov
Kelishildi:
O’quv ishlari bo’yicha prorektor N. Barakayev
1. KIRISH
Ushbu dastur husnixat va uni o`qitish mеtodikasining tarixi va rivojlanishi, husnixat ta'limini tashkil etish shakllari va mazmuni, o`qitish usullari kabi masalalarni qamrab olgan.
1.2 Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – boshlang`ich ta’lim talabalarini ta’lim jarayoniga uch yo`nalishda tayyorlash:
1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2. Husnixat talablari asosida yozishga o`rgatish.
3. Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning metod va usullari bilan, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida, o`z dastxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang`ich ta’lim o`quvchilarini husnixatga o`rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari va usullari, tamoyillari, harflarni guruhlash metodlari va usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish shakllari, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish usullari, o`quvchilar yozuvini baholashga o`rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushintirish ko`rgazma va tеxnik vositalardan foydalanib, o`quvchilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini ta'minlashga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |