Talabalarning dars jarayonidagi faoliyati;
1. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob topa bilish.
2. Maktabda o’qituvchilar bilan hamkorlakdagi ishlarini o’rtoqlashish.
3. Taklif- mulohazalar.
Tayanch atamalar:
husnixat metodikasining predmeti, vazifalari, husnihatga o’rgatishning ahamiyati, savod o’rgatish davri, didaktik qoidalar, takroriylik, ko’rgazmalilik, husnixat malakasi, chiroyli yozuvga o’rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati, gigienik talab.
Talabalarning bajarishlari uchun mustaqil ishlar:
1. Mavzuga oid adabiyotlaning qiyosiy tahlili.
2. Qo’shiumcha adabiyotlarni izlash.
3. Mavzuga oid testlar tuzish.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: «Sharq» nashriyot matbaa konserni, 1998.
Karimov I.A. Milliy davlatchilik, istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to`g`risida. T., 1999.
O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni, T., 1997.
O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», T., 1998.
Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang`ich ta’lim. T., «Sharq», 1999, 7-maxsus son.
Mavzu. 1-4-SINFLARDA HUSNIXAT DARSLARI
Asosiy masalalar:
Husnixat darslarini tashkil etish.
O`qituvchi o`z yozuvini mukammallashtirish uchun olib boradigan ishlari.
O`qituvchining darsga tayyorlanishi.
Tayanch tushunchalar: dastur, izchillik, harf elementi
Ishning bajarilish tartibi.
1. Husnixat darslarini tashkil etish. Boshlang`ich sinflar dasturi bo`yicha 1-4-sinflarda husnixat darslari o`tiladi.
Dasturga ko`ra 1-sinfda husnixatga o`rgatish savod o`rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan to`g`ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda to’tiladi. 1-sinfda xat-savod o`rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida o`rgatiladi.
Kerakli jixoz va materiallar. Daftar, rushka, husnixat daftari, ko’rgazmali vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |