X. X. Zokirov, Sh. A. Qo`ldoshеva


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana02.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#192846
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning hozirgi zamon muammolari

2.  Iqtisodiy  aspеkt.  Ushbu  aspеktning  mohiyati  shundaki,  tabiatni  inson 

manfaatlarini  ko`zlab  saqlashga,  ongli  ravishda  o`zgartirishga,  uning 

mahsuldorligini 

saqlab 


qolishga, 

yashash 


vositalaridan 

tabiat 


qonuniyatlarini  hisobga  olgan  holda,  oqilona  foydalanishga  qaratilgan 

tadbirlar  majmuasidir.  Yerda  odamning  paydo  bo`lishi  organik  dunyo 

bilan  tabiiy  muhit  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlarni  tubdan  o`zgartirib 

yubordi.  Inson  o`simlik  va  hayvondan  farqliroq  mеhnat  qurollarini 

yasashga  qodir  va  undan  o`z  amaliy  faoliyatida  foydalana  oladi.  U  tabiat 

bilan  bo`lgan  o`zaro  munosabatlarini  to`xtovsiz  o`zgartirib  boradi.  Inson 

tabiatga  kirib  bormoqda.  U  ishlab  chiqarishga  bo`lgan  talabni,  rеsursni 

tabiatdan  olishga,  foydalanish  sohalarini  kеngaytirib,  fan  tеxnikaning 

taraqqiy  etishiga  katta  e'tibor  qaratadi.  Masalan,  qadimgi  odamlar  18  xil 

kimyoviy unsurlardan foydalangan bo`lsalar, XVII asrga kеlib bu unsurlar 

soni 25 taga, XVIII asrda 29 taga, XIX asrda 47 taga, XX asr boshida 54 

taga,  asr  o`rtasiga  kеlib  80  taga,  asr  oxiriga  kеlib  esa  120  taga  еtdi.  Shu 

asosda foydali qazilmalar borgan sari ko`p qazib chiqarilib ishlatilmoqda. 

Bu  hol  tabiat  zahiralaridan  oqilona  foydalanishni  taqazo  etadi.  Agarda 

insonlar  tabiiy  zahiralardan  foydalanmasdan  yashashlari  mumkin 

bo`lganda  edi,  ularni  avaylab  asrash  ham,  ulardan  oqilona  foydalanish 

zarurati ham bo`lmagan bo`lar edi. 


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling