Bir tabiiy rеsurslarni himoyalash bilan ikkinchi tabiiy rеsursni
ham himoyalash qoidasi (prinsipi).
Ayni qoida (prinsip) ning mohiyati shundaki, ma'lum bir hududda
biror bir tabiiy yashash vositasi muhofaza qilinishi bilan o`z-o`zidan
shunga bеvosita aloqador bo`lgan ikkinchi yoki uchinchi tabiiy rеsurslar
ham himoyalanadi. Masalan, o`rmon hududidagi o`simliklar dunyosini
muhofaza qilish bilan ushbu o`rmon hududidagi ikkinchi tabiiy rеsurs
hisoblangan o`tchil o`simliklar ham, butasimonlar ham, uning hayvonot
dunyosi ham, qushlari ham, o`rmon hududidagi tuproqlar ham
himoyalanadi. Yoki suv va suv rеsurslarini himoyalash bilan ikkinchi
tabiiy rеsurs hisoblangan suvda yashovchi suv o`tlari, undagi barcha
hayvonot olami ham himoyalanadi. Yoki birinchi tabiiy rеsurs sifatida tog`
yonbag`rlariga yuksak o`simliklar ekish bilan ikkinchi tabiiy rеsurs
hisoblangan suvda yashovchi suv o`tlari ham, suvda yashovchi barcha
hayvonot olami ham himoyalanadi. Yoki birinchi tabiiy rеsurs sifatida tog`
yonbag`rlariga yuksak o`simliklar ekish bilan, ikkinchi tabiiy rеsurs
hisoblangan tuproqni nurashdan, jarlar hosil bo`lishidan, shamol va suv
eroziyasidan asragan bo`lamiz. Yoki birinchi tabiiy rеsurs sifatida o`rmon
chumolilari va hashoratxo`r qushlarini himoyalash bilan ikkinchi tabiiy
rеsurs hisoblangan o`rmonlarni zararkunandalardan himoyalagan bo`lamiz
va hokazolar.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |