Xalq amaliy san`ati


Download 204.62 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi204.62 Kb.
#1199919
  1   2   3   4
Bog'liq
Xalq amaliy san`ati PPT

Xalq amaliy san`ati

Reja :

1. O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va

uning rivojlanishi.

2. Xalq amaliy bezak san’ati.

3. O`ymakorlik san’ati.

  • O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va uning rivojlanishi.
  • O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati o‘ziga xos boy an’analarga ega. Bizning davrimizga qadar yetib kelgan amaliy me’morchilik san’ati asarlari rang-barang va xilma-xildir. Bular kulollik buyumlari, ipakdan, jundan to‘qilgan gazlamalar, harxil gilamlar va palos-lar; yog‘och va metalldan ishlangan uy-ro‘zgor ashyolari, gul chekib o‘yilgan marmar tosh buyumlari, badiiy kashta bilan bezalgan so‘zanalar, guldor jiyaklar, zarhal kashtalar, turli xil do‘ppilar va boshqalardir.
  • Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari har manzilning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlariga ega bo‘-lib, shakl va naqsh bo‘yoqlarida aks ettiriladi. Bu esa usta-lar orasida o‘ziga xos ishlov buyumlari va xilma-xil bezash asboblari mavjudligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda amaliy san’atning kashtachilik, gilam, palos to‘qish va zardo‘zlik kabi turlari tobora taraqqiy etib bormoqda.

  • O‘zbekistonda amaliy san’atning kashtachilik, gilam, palos to‘qish va zardo‘zlik kabi turlari tobora taraqqiy etib bormoqda.
  • O‘zbekiston o‘zining rang-barang shoyi, atlas, beqa-sam, xon atlas va boshqa turli buyumlari bilan uzoq asrlardayoq nom chiqarib kelgan. Hozirgi vaqtda badiiy to‘qimachilik san’ati Marg‘ilon, Farg‘ona, Namangan, Sa-marqand va Buxoro shaharlarida juda rivojlangan.
  • Badiiy to‘qimachilik sohasining asosiy shoxobchala-ridan bo‘lgan gilamchilik san’ati ham keng tarqalgan. Mohirlik bilan tayyorlangan gilamlar, paloslar, sholcha-lar xalq to‘qimachilik san’ati asosida har manzilda turli shakllarda to‘qiladi. Qarshi va Koson tumanlarida rang-barang bo‘yoq va geometrik shakldagi guldor sholchalar, Samarqand viloyati tumanlarida uzun patlik julqirs shakldagi paloslar, Andijonning Oyim qishlogida "qizil-oyoq" gilamlar to‘qiladi. Xiva esa tiqin texnikasi asosida to‘qiladigan gilamlari bilan mashhurdir.

Download 204.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling