"xalq bank"ning tashkiliy tuzilishi
Download 105.46 Kb.
|
xalq banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq Bank”ning kredit bo’limi faoliyati.
Bek-ofis bankning tarkibiy qismi bo’lib, unda Front-ofis- da dastlabki nazoratdan o’tgan va ijro uchun taqdim qilingan hujjatlar qayta nazoratdan o’tkaziladi va bank buxgalteriya operatsiyalari amalga oshiriladi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o’tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiya- larini qaytadan joriy nazoratdan o’tkazib, ularni ikki yoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat. Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo’lmaydi, mijozlarning operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo’yicha Front-ofis va hankning ichki moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo’yicha bank ma’muriyati bilan aloqada boʻladi. Bek-ofisga Bek-ofis boshlig’I rahbarlik qiladi. Bek-ofisning boshlig’I bank bosh buxgalteriga bo’ysunib, u tomonidan amalga oshirilgan barcha buxgalteriya ishlari va buxgalteriya hisobotlari bevosita bank bosh buxgalteri tomonidan nazorat qilib boriladi. Front-ofis – bankning tarkibiy qismi bo’lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo’lgan holda unda barcha bank xizmatlarini ko’rsatuvchi xodimlar guruhi faoliyat yuritadi. Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlarga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish, pul hisob- kitob hujjatlarini qabul qilish va rasmiylashtirish hamda pul hisob-kitob operatsiyalarini o’tganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni berishdan iborat. Ish hajmi kichik banklarda hisob-operatsion apparati bank- ning yaxlit bo’linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valutasi bo’yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus boʻlimlarga topshirilishi mumkin. Banklarning hisob-operatsion apparati xodimlarining aniq vazifalari bank boshqaruvchisining buyrug’I bilan tasdiqlanadi. Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish ishlari yuklatiladi. Bitta mas’ul ijrochi bitta xo’jalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlarini yuritadi, bu maxsus daftarda qayd etib boriladi. Bank hisob-operatsion apparati xodimlari turli muhrlar. Shtamplar va boshqa qat’iy hisobda turadigan hujjatlardan foydalanadi, ularning but saqlanishi, mijozlar va begona shaxslar tomonidan foydalanishga yo’l qo’yilmasligi juda muhim hisoblanadi va umumiy nazoratni amalga oshirish bank bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. Bosh buxgalter bank muhrlari va shtamplaridan foydalanayotgan mas’ul shaxslarni familiyasi va lavozimi ko’rsatilgan maxsus daftarda qayd etib boradi. Xodim mehnat ta’tiliga chiqqanda yoki boshqa sabablarga koʻra ishda bo’lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar, muhr va shtamplar boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar bilan qayd etiladi.Daftar varaqlari raqamlangan, bog’langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi va bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim. “Xalq Bank”ning kredit bo’limi faoliyati. 14.07.2023 sanadan 31.07.2023 gacha asosiybank xizmatlaridan biri bo'lgan Kredit bo'limida amaliyot o'tadim. Kredit operatsiyalari xaqida malumotlarga ega bo'ldim. Kredit operatsiyalari banklaring riskli aktiv operatsiyalari tarkibiga kirib, banklar ushbu operatsiyalar hisobidan daromad- larni shakllantiradi. Bank aktiv operatsiyalarining risk darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, undan kutilayotgan foydaning darajasi ham shu darajada yuqori bo'ladi. O'zbekiston tijorat banklari tegishli me'yoriy hujjatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslarga milliy valutada va xorijiy valutada kreditlar beradi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga kreditlar berish, kredit uchun foiz to'lovlari va uning asosiy summasini undirish bilan bogʻliq operatsiyalarni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz.. Bank va kredit oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi tuziladi, yuridik shaxslar asosiy hisobvarag'i ochilgan bank bilan kredit shartnomasini tuzadi. Yuridik shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagi hujjatlar bo'lishi kerak: -balans va moliyaviy hisobotlar; -biznes reja; -kredit ta'minoti boʻyicha hujjat; -zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo'shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Jismoniy shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomadaquyidagi hujjatlar bo'lishi kerak: -kredit oluvchining pasport nusxasi; -ish joyidan ishlashi haqidagi ma'lumotnoma; -ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma; -oila a'zolari haqida mahalladan ma'lumotnoma; -kredit ta'minoti bo'yicha hujjat; -zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Bank tomonidan berilgan kreditlar bo’yicha olingan ka- falotlar kredit berilgan butun muddat davomida buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 94503-«Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Kredit ajra- tish uchun qaror qabul qilingandan keyin birinchi navbatda ssuda hisobvaraqlari ochiladi. Banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ochilgan ssuda hisobvaraqlari xarakteri bo’- yicha aktiv hisoblanib, ular boʻyicha mablag’larning ko’payishi, ya’ni kredit berilganda va berilgan kreditning qoldiq summasi debetda, mablag’larning kamayishi, ya’ni kredit qaytarilganda esa kredit tomonidan aks ettiriladi. J ismoniy va yuridik shaxslarga ssuda hisobvarag’I ochish uchun kredit shartnomasiga asosan kredit bo’limi buxgalteriya bo’limiga farmoyish taqdim etadi. Ssuda hisobvaraqlari bank buxgalteriya hisobvaraqlari rejasining aktiv raqamlarida ochilib, yigirmata raqamdan tashkil topadi. Masalan, jismoniy shaxsga uzoq muddatli iste’mol krediti olish uchun ochilgan ssuda hisobvarag’I quyidagi ko’rinishda boʻladi. Quyida xususiy tadbirkorga berilgan qisqa muddatli kredituchun ochilgan ssuda hisobvarag'ining ko'rinishi keltirilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarga berilayotgan kreditlar kredit shartnomasiga asosan kredit oluvchining to'lov topshiriqnomasibilan tovar yetkazib bergan yoki xizmatlar ko'rsatgan xo'jalikyurituvchi subyektning hisobvarag'iga o'tkazib beriladi. Quyida jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning buxgalteriya yozuvlarini rasmiylashtirish tartibi keltirilgan. Bank jismoniy shaxsga kredit berdi. Download 105.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling