Xalq cholg‘ulari orkestri va xor uchun o‘zbekiston kompazitrlar ijodini ahamiyati
Download 1.49 Mb.
|
Xalq cholg‘ulari orkestri va xor uchun o‘zbekiston kompazitrlar
Xalq cholg‘ulari orkestri va xor uchun o‘zbekiston kompozitorlar ijodiniNG ahamiyati.Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi — respublikada bastakor, kompozitor va musiqashunoslarni birlashtiruvchi ijodiy jamoat tashkiloti. 1938-yil Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan, birinchi raisi T.Sodiqov. 1995-yildan hozirgi nomda. Asosiy vazifalari: Oʻzbekiston musiqa sanʼatini keng koʻlamda boyitish va yuksaltirish, milliy musiqa anʼanalarini asrabavaylash, uyushma aʼzolarining kasbiy, ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning ijodiy shartsharoitlari, professional mahoratining oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ijodini respublika va xorijiy davlatlarda targʻib etish. Oliy rahbar organi — qurultoy, qurultoylar orasidagi davrda — Kengash (1995-yildan Kengash raisi R. Abdullayev). Uyushmada 110 aʼzo bor, 7 shoʻʼba (anʼanaviy ijodkorlik, estrada va harbiy musiqa, simfonik musiqa, kamer musiqa, sahna musiqasi, bolalar musiqasi, musiqashunoslik) faoliyat koʻrsatadi (2005). Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasiu. Oʻzbekiston musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayonida faol qatnashib, respublikada oʻtkaziladigan koʻpgina musiqa festivali, tanlov, anjumanlar tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri: "Oʻrta Osiyo va Qo’ zogʻiston simfonik musiqa festivali" (1960—80 yillar), "Oʻzbekiston — Vatanim manim" qoʻshiq tanlovi (1997-yildan), "Xalqaro simfonik musiqa festivali" (1998-yildan), "Davr sadolari" musiqa festivali (2003-yildan), Nazira Ahmedova nomidagi xonandalar tanlovi va boshqalar Uyushma rahnamoligi va ishtirokida turli konsert, atoqli bastakor va kompozitorlarning yubiley kechalari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda, maxsus radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar tayyorlanmoqda, Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga bagʻishlangan monografiya va toʻplamlar nashrdan chiqarilmoqda. Respublikamizda bolalar xor san’ati ham keng rivojlanib, ijrochilik mahorati yuksaklarga ko‘tarildi. Bunga sabab – muntazam o‘tkazilib kelinayotgan «Qo‘shiq bayramlari», musiqa festivallari va tanlovlardir. Shu bahona barcha o‘rta maktablarda, o‘quvchi-yoshlar ijodiyoti markazlarida xor jamoalari, xor studiyalari tashkil topdi. Ular uchun O‘zbekiston kompozitorlari yuzlab yangroq qo‘shiqlar yaratib, konsert-pedagogik repertuarlarini boyitdilar. Bolalar xor san’atining rivojlanishida O‘zbekiston xalq artisti, «Sog‘lom avlod» ordeni sohibi, mashhur «Bulbulcha» bolalar xor jamoasining rahbari Shermat Yormatovning xizmatlari beqiyosdir. Ijodkor sifatida uning qalamiga mansub – «Maysa», «Yalpiz», «Dorboz», «Qari chumchuq chaqimchi» kabi o‘nlab jo‘rsiz asarlarini sanab o‘tish mumkin. Bolalar xor san’atining rivojlanishida, shuningdek, R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseylari, Badiiy Akademiya huzuridagi Tasviriy va amaliy san’at litseyi, H.H.Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kolleji, Yu.Rajabiy nomidagi Pedagogika kolleji va boshqa kelajakka intilgan o‘rta va musiqa maktablarining xor jamoalarini Respublika miqyosida amalga oshirayotgan ijodiy faoliyatini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling