Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir


Download 17.1 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi17.1 Kb.
#261277
Bog'liq
Chirmovuq


Chirmovuq

Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir...

Xalq qo‘zg‘alsa kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin, Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin.

(Abdulhamid Cho’lpon)

Erta bahor fasli. Barcha joyda yangilanish, yasharish avjida. Osmonda qushlar ham tinmay chirqillab bu go'zallikka o'zgacha joziba baxsh etishmoqda. Tabiat ham o'ziga oro berib yuziga qizil ranglardan surib pardoz qilmoqda. Xullas, qishdagi uzoq hordiqdan so'ng, yer-u osmon uyg'ongandek go'yo. Shu asnoda bog'imizdagi gul-u ko'chatlar, o'simliklarga ham rang kira boshladi. Vaqt o'tishi bilan bog'imiz yashillikka burkandi. Bog'da turli tuman o'simliklar orasida o'z rangi bilan ajralib turuvchi bir o'simlik ham o'sayotganini hech kim payqamabdi. U shunday o'simlik ekanki, o'z nafsini qondirish yo'lida barcha ko'chatlarni nobud qilishga tayyor edi. O'zining o'rgimchak to'ridek quloch yoygan panjalari bilan har qanday o'simlik va nihollarning shirasini so'ra boshladi. E’tiborsizlik natijasida chirmovuq 2-3 kunda juda shiddat bilan rivojlanib, o'z tanasini ko'paytirib oldi. U endi o'z nafsi oldida yo'lida uchragan har qanday o'simlik va nihollarni, xoh u foydali bo'lsin, xoh u chiroyli bo'lsin baribir nobud qilaverib, ularning shirasidan oziqlanib, qurita boshladi boshladi. Nobud bo'lgan o'simliklar esa bog' chiroyini buza boshladi. Bu zararkunanda kundan kunga yangi yerlarga o'rmalab, o'simliklar tanasiga zulukdek yopishib, tez tarqala boshladi. Chirmovuq ko'payib, asta-sekin daraxtlarning tanasiga ham o'rmaladi. Yosh nihollarning umriga zomin bo'lgani kabi, ildizi baquvvat, tanasi mustahkam daraxtni ham yengmoqchi bo'ldi. Qisqa fursatda daraxt tanasiga o'rmalab, uni qoplab oldi. Buning oqibatida quyoshning jaziramada kuydiruvchi nurlaridan himoya qilib kelgan o'simliklar soyasidan bebahra qolgandi va o'z nafsini boshqara olmaganligi sababli daraxtga o'rmalagan tanasi quyoshning olovli nurlari tomonidan jazolandi. Natijada daraxtda qolgan chirmovuq tanasi quridi. Lekin bu zararkunandaning boshqa o'simliklar orasiga yashirinib yotgan tanalari hali ham hayot edi.

Bu voqeani bevosita kuzatib, dastavval, chirmovuqning o'z nafsi yo'lida jamiyat uchun nimadir foydasi tegishi mumkin bo'lgan o'simlik-u, nihollarni yo'q qilganligini, o'z hajmi doirasini o'simliklar orasida kengaytirib nafsini tiya olmasligi natijasida daraxtga hujum qilganligini, buning oqibatida o'simliklar orasida yashirinib yotgan tanasining quyosh nurlariga dosh bera olmay quriganini ko'rib, xuddi shunaqa holat insonlar orasida ham uchrashi ko'z oldimda gavdalandi. Darhaqiqat, o'z nafsi yo'lida xalqni qiynab, ularga ozor berguvchilar har joyda uchramoqda. Xalq uchun kerakli, foydali ishlar qilmoqchi bo'lgan insonlar ba'zi bir amaldorlar tomonidan pora talab qilinishi natijasida intilishlarining so'nishi bu jamiyatimiz uchun falokat emasmi? Ayni damda prezidentimiz tomonidan O’zbekistondagi barcha sohalarni yangilashga qaratilgan harakatlarining ba'zi bir shaxslar tomonidan o'z mansab lavozimini suiiste’mol qilganligi natijasida barbod bo'lishi, albatta, adolatsizlikdir. Chirmovuq o'z tanasini quyosh nuridan himoya qilgan o'simliklar sababli so'limay, ko'payib borgan. Shu o'rinda davlatimizdagi chirmovuq kabi kimsalarga e'tiborsiz bo'lmay, aksincha, ularni qonun oldida javob berishida yordam berishimiz kerak. Aks holda, ularning qonun oldida javob berishini talab etmas ekanmiz, bu faoliyatni tag-tomiri bilan yo'q qilish ancha qiyin vazifa bo'lib qolaveradi. Nega endi o'z nafsiga qul bo'lganlarni ilk bor shu ishga qo'l urganlarida to'xtatmasligimiz kerak? Qachongacha o'z haq-huquqlarimizni bilmay yashashimiz kerak? Shunday ekan, kelinglar, o'z oyog'imizga o'zimiz bolta urish darajasigacha yetib bormay, bu holatni oldini olishni birgalikda boshlaylik. Fuqarolik jamiyatining poydevorini mustahkam asoslarda barpo etaylik!
Download 17.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling