Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining reglamenti
-modda. Deputat sessiyada ko’rib chiqilayotgan barcha masalalar bo’yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi
Download 135.29 Kb.
|
Xalq deputatlari Farg
72-modda. Deputat sessiyada ko’rib chiqilayotgan barcha masalalar bo’yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Deputat: doimiy hamda muvaqqat komissiyalarga saylash va saylanishga; sessiyada ko’rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; sessiya kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko’rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga; Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo’yicha fikr bildirishga; muzokaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi, qo’shimcha ma’ruzchi va raislik qiluvchiga savollar berishga; deputat so’rovi bilan murojaat etishga; o’z takliflarini asoslab berish uchun so’zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga; sessiyada raislik qiluvchiga sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z nutqi, taklifi yoki mulohazasining matnini topshirishga; tarkibiga o’zi kirgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi organining qaroriga qo’shilmagan taqdirda o’z nuqtai nazarini sessiyada bayon etishga yoki bu haqda Kengash rahbariga yozma ravishda ma’lum qilishga; Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobdor bo’lgan yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini sessiyada eshitish to’g’risida taklif kiritishga; O’zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish to’g’risida ko’rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; sessiya stenogrammasi bilan belgilangan tartibda tanishishga haqli. Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 73-modda. Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o’z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so’rovi yuborishga haqli. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so’roviga mazkur so’rov olingan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay javob yuborishlari shart. Sudlarning raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yo’llangan deputat so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo’lishi mumkin emas. Deputat so’rovlari bo’yicha axborot sessiyada yoki doimiy komissiyalar majlisida muhokama qilinishi mumkin. Download 135.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling