Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


IV bob. Sessiyada qarorlar qabul qilish va ularni e’lon qilish tartibi


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

IV bob. Sessiyada qarorlar qabul qilish va ularni e’lon qilish tartibi
26-modda. Sessiyada qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda
mahalliy Kengash qaroriga asosan yashirin ovoz berish o‘tkazilishi mumkin.
Elektron ovoz berish tizimlari o‘rnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz
berish tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.


27-modda. Deputat o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Har bir deputat bir ovozga ega bo‘ladi va muhokama qilinayotgan masala yuzasidan
“yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb ovoz beradi.
Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan deputat keyinchalik ovoz berishga haqli emas.
Ochiq ovoz berish ovozlar mutlaq ko‘pchilikni tashkil etgan taqdirda ovozlarni sanamasdan,
agar faqat deputatlardan hech biri boshqacha tartibni taklif etmasa yoki ovozlarni qayta sanab
chiqishni talab qilmasa, o‘tkazilishi mumkin.
28-modda. Sessiyalarda yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini hisoblash uchun
deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining
qarorlari komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
29-modda. Sessiyada yashirin ovoz berishni byulletenlardan foydalangan holda o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ovoz berish uchun zarur axborotga ega bo‘lgan yashirin
ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi nazorati ostida tayyorlanadi.
Yashirin ovoz berish o‘tkaziladigan vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasi
tomonidan belgilanadi.
30-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlar yordamida o‘tkazilganida sanoq komissiyasi har
bir deputatga bittadan byulleten beradi.
Byulletenni to‘ldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida
byulletendagi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzod familiyasining qarshisida o‘ng tomonda
joylashgan bo‘sh katakka “+” yoki “
” yoxud “x” qo‘yish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u
tegishli qarorni yoqlab ovoz berayotgan bo‘lsa, “qarshiman” degan so‘zni o‘chirish, taklif etilayotgan
qarorga (qaror variantiga) qarshi ovoz berayotgan bo‘lsa, “yoqlayman” degan so‘zni o‘chirish orqali
amalga oshiriladi.
Belgilanmagan shakldagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini
aniqlashga imkon bermagan byulletenlar deputatlarning ovozlarini hisoblab chiqish vaqtida
haqiqiy emas deb topiladi. Byulletenga kiritilgan qo‘shimchalar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida
e’tiborga olinmaydi.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling