Xalq jumhuriyatlarning tashkil topishi


BXSR va XXSR ning tuzilishi


Download 200.36 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi200.36 Kb.
#1570277
1   2   3   4   5   6   7
1.BXSR va XXSR ning tuzilishi.

1920 yil 27-30 aprel kunlari Xivada Butun Xorazm xalq vakillarining birinchi qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoyda Xiva xonligi tugatilganligi va endi bu mamlakat qadimiy nomi bilan – Xorazm deb atalishi e’lon qilindi. Yangidan shakllangan davlat Xorazm xalq sovet respublika deb nom oldi. Qurultoyda XXSR ning birinchi Konstitusiyasi, davlat gerb iva bayrog’i tasdiqlandi.


Gerb markazida bir bog’lam oq jo’xori ustiga bir-biriga chalishtirib quyilgan o’roq va bolg’aning rasmi ham solingan edi. Gerbning yuqori qismida besh qirrali yulduz bilan yarim oy sur’ati aks ettirilgan edi.
Davlat bayrog’i – qizil rangli matodan ishlangan bo’lib, uning chap burchagi yashil ranga buyalgan va fondda davlat gerbi ham aks ettirilgan edi.
Konstitusiya bo’yicha 18 yoshga to’lgan barcha fuqarolarga saylash huquqi berildi, xususiy mulkchilik saqlab qolindi. Saylash huquqidan faqat xon oilasi a’zolari, yirik amaldorlar va oddiy aksilinqilobchilargina mahrum qilindi.
Qurultoyda yangi hukumat tarkibi ham saylandi. XXSR nozirlar kengashining raisi lavozimiga Polvonniyoz Xoji Yusupov, rais movini qilib Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov saylandilar.9
XXSR mustaqil davlat sifatida o’z konstitusiyasiga binoan ish olib bordi. Konstitusiyaga binoan 22 tumanning (Xiva xonligi davrida 20 beklik va 2 noiblik bo’lgan) hammasida tuman sho’rolari tuzilib, har biriga 5-7 kishidan iborat kengash a’zolari saylandi.
Shu yili 13 sentyabrda RSFSR va XXSR bilan 24-moddadan iborat «ittifoq shartnomasi» va 15 moddadan iborat «iqtisodiy bitim» imzolandi. Bu harbiy-siyosiy va iqtisodiy bitimlarda bolsheviklar Rossiyasi tomonidan Xorazm Respublikasiga harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam berish ko’zda tutilgandi. Lekin shu bilan birga yangi davlatning iqtisodiy taraqqiyotidagi erkinligi butunlay cheklab qo’yilgan edi.
«Ahdlashuvchi tomonlar bir-birini o’zaro qo’llab-quvvatlashi qoidalariga asosan, - deyilgan edi bitim moddalaridan birida, - Xorazm Respublikasi o’zining ichki iste’moli uchun zarur bo’lganidan ortiqcha barcha hom-ashyoni Rossiya Respublikasi ixtiyoriga topshiradi». Bitimda avvalo, paxta va uning maxsulotlari, muyna, gilam, teri, jun, urug’liklar shunday maxsulotlar jumlasiga kiritilgan edi. Shunday qilib, Xorazm Respublikasi Rossiyadan boshqa davlatlar bilan erkin savdo qilish huquqidan mahrum qilindi, uning iqtisodiyoti esa Rossiya iqtisodiy ehtiyojlariga mahkam qilib bog’lab quyildi.
Ammo shartnomada ko’rsatilgan asosiy moddalar bajarilmasdan qog’ozda qolib ketdi. Chunki bolsheviklar tom ma’nodagi milliy demokratik davlatni tashkil qilishni ko’zlamagan edi. Ular avval boshdanoqbu hududlarda Markazga mutlaq buysunadigan bolsheviklar andozasidagi «mustaqil davlatlarni yuzaga keltirib, so’ngra ustamonlik bilan SSSR tarkibiga» singdirib yuborishni maqsad qilib qo’ygandi. Ana shu strategik maqsadni ko’zlab siyosat olib bordilar.
Xorazm xalqining an’anaviy turmush tarziga va milliy davlatchiligiga zid bo’lgan yangi tuzumning majburan tiqishtirilishi xalq noroziligini uyg’otdi10.
1920 yil 13 iyunda Xivada xon tarafdori bo’lgan Ibrohim Oxun boshchiligida ruhoniylar namoyishi ko’tarildi. Lekin RSFSRning XXSRdagi muxtor vakillari Izmaylov, Broydo, Shokirov, Safonov va boshqalar bu voqyeaga aralashib, qo’zg’alonni vaxshiylarga bostirdilar. Xiva xonligi davrida qozikalon vazifasida ishlaganIbrohim Oxun, Rafiq Oxun, Saidjon Qori va boshqa namoyish rahbarlari otib tashlanadi. Xivaning sobiq xoni Said Abdullaxon, uning oilasi hamda yaqinlari RSFSR va Turkistonning turli burchaklariga surgun qilinadi. Bu voqyealar xalqning RSFSR hukumatiga nisbatan noroziligini yanada kuchaytirdi.
Undan tashqari, 1920 yil sentyabr oyida Xivada XXSR nozirlar Kengashining ikkinchi muovini Qo’shmamatxon boshchiligida turkman boshliqlari va u bilan birgalikda 100 nafar turkman askarlar qo’lga olinib, sud-so’roqsiz otib tashlandi.
1920 yil oktyabrda XXSRga RSFSRning muxtor elchisi sifatida Farg’ona fronti qo’shinlarining qo’mondoni M.Safonov yuborildi. U bilan birga 100 nafar turkman askarlari sud-so’roqsiz otib tashlandi.
Safonovning Xorazmga kelishi bu yerdagi murakkab ahvolni o’zgartira olmadi, aksincha o’zidan oldingi vakillarga nisbatan ham demokratik ruhdagi mahalliy rahbarlarga qarshi siyosatni kuchaytirib yubordi. Yosh xivaliklar hukumatining ko’pchilik a’zolari demokratik qarashlarga yaqin bo’lganliklari uchun, o’z mamlakatining mustaqil davlat sifatida milliy demokratik yo’ldan borishini yoqlab chiqdilar. Bu RSFSR hukumati rahbarlariga ma’qul kelmas edi. Shu sababdan bir tomondan, Turkkomissiya, ikkinchi tomondan RSFSRning muxtor vakili Safonov demokratik yo’ldan borayotgan yosh xivaliklar hukumatini badnom qilishiga o’rindilar.
M.Safonov buyrug’i bilan 1921 yil 6 mart kuni mamlakatda yosh xivaliklar hukumatining ag’darish haqidagi qarorni mitinglarda qabul qilindi. Qurollangan harbiy qismlar hukumat uyiga bostirib kirib, hukumat rahbarlarini hibisga oladilar. Xalq nozirlar Kengashi raisi Polvonniyoz Yusupov yashirishga ulgurdi va boshqalar ham qochib qoldilar. Bu davlat tuntarishi edi va qonuniy saylangan yosh xivaliklar hukumati ag’dariladi. II Umumxorazm qurultoyi chaqirilgunga qadar, davlatni boshqarish 6 kishidan iborat tuzilgan muvaqqat inqilobiy qo’mitaga topshirildi. J.Qo’chqarov raisligidagi bu qo’mita 2 oy davomida respublikani boshqardi.
1921 yil 15-23 may Xivada xalq vakillarining II Umumxorazm qurultoyi bo’lib o’tadi. MIQ raisi qilib Muhammadrayim Olloberganov, XN Kengashi raisi qilib Qoraqolpoq Menglixo’ja Ibniyaminov saylanadi. Shuningdek, qurultoyda Respublikaning yangi Konstitusiyasi tasdiqlandi. Unga sobiq xon hukumatining tarafdorlari, din xizmatchilari «tekinxo’r unsurlar» (yollanma mehnatdan foydalangan badavlat dehqonlar va hunarmandlar) saylov huquqidan maxrum etilishi to’g’risida alohida modda kiritildi. Ruhoniylarga iqtisodiy tazyiq o’tkazish maqsadida vaqf yerlariga hujum qilindi, shu yerlarda ishlovchi dehqonlardan davlat foydasiga soliq undirish joriy etildi. Qurultoyda qabul qilingan qaror Xorazmni milliy demokratik yo’ldan emas, aksincha, jamiyatni bolsheviklar istaganidek, sinfiy tabaqalanishi yo’liga boshladi.
Afsuski, yangi saylangan hokimiyatning faoliyati ham uzoqqa chuzilmadi. 1921 yil sentyabr oyida bo’lgan XXSR MIQ majlisida «o’z vazifasini bajara olmagan va ishni chalkashtirgan» degan soxta ayblar bilan M.Olloberganov o’z lavozimidan olib tashlandi va o’limga hukm qilindi. Xorazm MIQ raisi qilib Otamahsumon Muhammadrahimov tayinlandi. O. Muhammadrahimov ham o’z o’tmishdoshlari singari Xorazm Respublikasini mustaqil davlat sifatida rivojlanishi uchun bir qancha ishlarni amalga oshirdi. U tinchlik yo’li bilan Xorazm Respublikasi hukumati bilan Junaidxon o’rtasida «Kelishuv shartnomasi»ni tuzishga muvaffaq bo’lindi. U qo’shni davlatlarda elchixonalar ochi shva mazkur davlatning elchixonalarini Xorazmda ochishga ruxsat berdi. U dinga, ruhoniylarga va vaqa yerlariga bolsheviklar chizib bergan andoza asosida yondoshmadi. II Umumxorazm qurultoyida qabul qilingan vaqa to’g’risidagi qarorni, vaqa daromadlaridan olinadigan soliqlarni bekor qildi11.
Xiva xonligi ag’darilgandan so’ng, Xorazmning behisob boyliklari, qimmatbaho asori – atiqalari talon-taroj qilinib, Rossiyaga olib ketilgandi. Bu hol xali davom etaverdi. Shu munosabat bilan respublikaning harbiy ishlari noziri Mirkomil Mirsharopov tashabbusi bilan 1921 yil 18 oktyabrda XXSR MIQ buyrug’i e’lon qilindi. Unga binoan, XXSR MIQ buyrug’i e’lon qilindi. Unga binoan, XXSR xududidan xalqning milliy madaniy taaluqli bo’lgan boyliklarni olib chiqib ketish ta’qiqlab qo’yilgan.
Xorazm Respublikasi rahbarlarining bu «o’zboshimchaligi» bolsheviklarga yoqmadi. Markazdan hukumat tarkibini o’zgartirish to’g’risida ko’rsatma beriladi. 1921 yil 27 noyabrda qo’shma majlisda Xorazm Respublikasi MIQ raisi O. Muhammadrahimov, XN kengashini raisi M.Ibniyaminov va boshqa hukumatdagi rahbarlar - «Xorazm xalqining dushmani» deb e’lon qilindi.ular lavozimidan bo’shatilib, qamoqqa olishga qaror qilindi. Majlisga kelmagan va yashiringan ijro qo’mitasi raisi O. Muhammadrahimov otishma paytida o’ldirildi.
Shu tariqa, Xorazmda uchinchi marta bolsheviklarning muxtor vakillari tomonidan davlat to’ntarishi va RSFSR ga ma’qul bo’lmagan hukumat rahbarlarini ochiqdan-ochiq badnom qilish amalga oshirildi.
1922 yil 20 iyulda III Umumxorazm qurultoyi bo’lib o’tadi. Qurultoyda XXSRning konstitusiya qayta ko’rildi va MIQ qayta saylandi.
1923 yil 18-20 oktyabrda Sovetlarning IV Umumxorazm qurultoyi bo’lib o’tadi. Qurultoy respublikaning Yangi Konstitusiyasini tasdiqladi. Yangi Konstitusiya mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi o’zgarishlarni hisobga olib, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi o’zining yangi sosialistik rivojlanishi davriga kirdi deb baholadi va davlat nomini shu kundan boshlab Xorazm Sovet Sosialistik Respublikasi deb belgiladi. XSSR Konstitusiyasi 5 bo’lim, 12 bobdan iborat edi.
Yangi Konstitusiyaga binoan yerning xususiy mulkligi bekor qilindi, hamda yersiz va kam yerli dehqonlarga topshirildi. Barcha vaqf yerlariga yagona qishloq xo’jalik solig’i solinadi, vaqf yerlarida o’tirgan dehqonlar esa buning uchun haq to’lashga majbur qilinmaydi. Vaqfga qarashli bo’lgan barcha mulklar nozirligi ixtiyoriga berildi.
Shuningdek, yangi Konstitusiyada o’zgalar mehnatidan foydalanadigan ruhoniylar, sobiq amaldorlar, xon avlodlari, savdogarlar, boylar va boshqa tabaqalar sovetlarga saylash va saylanish huquqidan maxrum qilindilar. Qozi sudlari bekor qilinib, yangi sudlar, qishloqlarda esa sovetlar kengashi tashkil qilindi.
Konstitusiyaga davlatni boshqarish masalalarida ham muhim o’zgarishlar kiritildi. Nozirlar Kengashining raisi lavozimi tugatildi va uning vazifasi MIQ raisiga yuklatildi. MIQ a’zolari esa bir vaqt o’zida nozirlik vazifalarini ham bajaradigan bo’ldi.

Download 200.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling