Xalq og’zaki ijodida axloq-odob tarbiyasi masalalarining aks etishi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
$.Xalq og‘zaki ijodi - dastlabki kitob mutolaasi va mushohadasidir
Download 50.85 Kb.
|
XALQ OG’ZAKI IJODIDA AXLOQ-ODOB TARBIYASI MASALALARINING AKS ETISHI
2$.Xalq og‘zaki ijodi - dastlabki kitob mutolaasi va mushohadasidir.
Fan va texnikaning yutuqlari sabab barchamizning qo‘limizda eng so‘nggi rusumdagi mobil telefon, zamonaviy televizor, kompyuter xizmatlari, uyimizda o‘tirib butun dunyoni tomosha qilish imkoniyati mavjud. Bu biz uchun juda katta imkoniyat bo‘lsa-da, yoshlarning vertual olam bilan suhbati, bilim, dunyoqarash kengligini talab etmoqda. Bu esa o‘z -o‘zidan shakllanmaydi. Uni bolalikdan tarbiyalab borishimiz zarur. Ota-ona esa farzandi uchun vaqti e’tiborini ayamasligi zarur. Ayni bir kattalar bilan muloqotga ehtiyoj sezayotgan, muhtoj bo‘lgan paytda vertual olam bilan suhbat qurib, o‘z savoliga "javob" izlayotgan yoshlarni kuzatishimiz mumkin. Bu oiladagi munosabatlarni uzoqlashtirmoqda. Bolasining savolidan qochib, yoki tinch o‘tirishini xohlab kompyuter o‘ynatishi, qo‘liga mobil telefon tutqazishi, telvizorni yoqib bola uchun tushunarsiz multfilm tomosha qilishga o‘rganib qolish holatlari kuzatilmoqda. Bolalar tarbiyasiga jiddiy e’tibor talab qilinayotgan bir davrda, biz o‘zimiz uchun oddiy ko‘ringan harakatlar jiddiy xatolarga sababchidir. Chunki bola tarbiyasida kichkina narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Oiladagi muhitni yaxshilash, tarbiya tizimini olib borish, bolaning odam va olam munosabatlariga immunitetini oshirishda, xalq og‘zaki ijodining o‘rni haqida to‘xtalmoqchimiz. Bolalarni tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalari muhim o‘rin tutishini otaonalar, tariyachilar, pedagoglar tomonidan to‘g‘ri baholanishi kerak. Ayniqsa ota-onalarga farzandlarining kitobga mehr qo‘yishida ularga bolalikdanoq, ibratli ertaklar hikoyalar va boshqa xalq og‘zaki ijodining ta’sirchan vositalaridan foydalanib borishi anglatilsa, farzandlarda ma’naviy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lar edik. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Oilada bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida tarbiyalash va shu asosida kitobxonlikni targ‘ib etishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish zarur: 64 Maktabgacha ta’lim muassasalarida xalq og‘zaki ijodi namunalari yoritilgan qo‘llanmalarni tavsiya etish. Yosh avlod ongida milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishda, maktabgacha ta’lim muassalarida ota-onalarga bog‘cha tarbiyachisi tomonidan targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilib uning samarali natijalari tushuntirilib, (xotira, diqqat, xayol, idrok, tafakkur, nutq jarayoni o‘sishida asosiy ko‘makchi ekanligini, hissiyotlar shakllanishida muhimligi, masalan: vatan, ota-onaga mehr kabi...) qiziqish uyg‘otish kerak. Ayniqsa bolalarning ertaklarni jon qulog‘i bilan tinglashidan unumli foydalanib, uning ong-u, shuuriga ta’lim tarbiya ta’sirini tez va oson singdirib borish, dastlabki kitob mutolaasi va mushohadasiga chorlash va shu asosida kitobga nisbatan muhabbatini oshirib borish. Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarida, ota-ona yig‘ilishida kitobxonlik madaniyati mehrini shakllantirishda, ertak, hikoya, rivoyat, dostonlarni oilaviy muhokama qilishga undash kerak. Ota-ona mutolaasi ibrat namuna bo‘lishi muhimligini psixolog, pedagoglar bilan ta’kidlab borish zarur. O‘qituvchilar tomonidan bolalarga uydagi yoshi kattalardan ertak, maqol matal, doston, rivoyat bilib kelishi haqida topshiriqlar berish kerak. O‘qituvchilar tomonidan ochiq dars mashg‘ulotlari sahna ko‘rinishlari xalq og‘zaki ijodi bilan tashkil qilinib, rollarni bolaga berish orqali jonliroq muloqotda bo‘lish kerak. Dastlabki hayot ko‘nikmalarining 70 foiz axborot 5 yoshgacha egallanadi. Xalq pedagogikasi esa ota ona uchun tayyor hayot darsligidir. Bu bilan ota-ona bola bilan ruhiy yaqinlashish tarbiya ta’sir kuchini oshirishga erishishiladi. Bu borada qilinadigan harakatlarning yana biri ommaviy axborot vositalari orqali turli chiqishlar, uchrashuvlar tashkil qilinib, davra suhbatlari olib borilishi kerak. Psixolog, tarbiyachi, pedagoglar bilan olib boriladigan suhbatlar orqali xalqimiz ongida milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmatini oshirib, xalq ijodining mavqeini, o‘rnini belgilab olamiz va ijobiy natijalarga erishamiz. Xalq og‘zaki ijodi bolaning yoshiga mos (sodda, tushunarli va ravonligi) barcha namunalari jumladan ertak, maqol, topishmoq, rivoyat, dostonlarning mavjudligi, tarbiyaviy ta’sirning uzviyligini oshirib boradi. 65 Kitobxonlik madaniyati birdaniga shakllanmaydi uni bolalikdan boshlash kerak. Zero Navoiyni o‘qish, dilga nedir yuqishi uchun Navoiyni anglash darajasiga yetib olish kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘rgazmali plakatlardan unumli foydalanib, ertak lavhalari tasvirlanib, dostonlardagi obrazlar ifodalanishiga e’tibor qaratamiz. O‘yinlarni xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida tashkil etsak, maqsadga erishishga qadam tashlagan bo‘lamiz. Har qanday harakat bolaning ruhiyati ongiga ta’sir ko‘satishi kerak. Shunda samarali natijaga erishamiz. Psixalogiyada anglanilganlik degan tushuncha bor. Biz mana shu narsa orqali bolaning hayotga va o‘ziga ijobiy munosabatini tarkib toptirgan bo‘lamiz. Xalq og‘zaki ijodi namunalarimizda bola ruhiyati va ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bola ta’lim tarbiya jarayonida uning hayoti uchun, ertangi kamoloti uchun muhim ko‘rsatkichlar shakllanadi. Boladagi dastlabki tafakkur kurtaklari mantiqiy bog‘lanishli emas, balki ko‘rgazmali obrazli tafakkur ekanligini inobatga olishimiz darkor. Har bir oilada kitobxonlik kechalari muntazam ravishda tashkil qilinib borilsa, bolaning ulg‘ayishida, barkamol farzandning kamol topib ulg‘ayishida o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lardi. Oiladagi farzand bilan ota-ona o‘rtasidagi ijobiy va ijodiy muhit, bola ma’naviy tarbiyasining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni beqiyosdir. Bola kitobni eng yaqin do‘sti bilib, javob qidirayotgan savollariga shu kitobdan javob topsa, ota-onalar uni muntazam ravishda kuzatib borib, ularga avvalo o‘rnak, ibrat bo‘lib kitob mutoalasiga e’tiborini kuchaytirsa, bugungi kun masalasiga be’etibor qaramagan bo‘ladi. Kitobsiz dunyoqarash, fikrlash va tafakkur also shakllanmaydi. Shuning uchun ham kitobga qiziqtirish bolalik onlaridan boshlanib, ota- onalar farzandlariga ertak, hikoya, bola yoshiga mos bo‘lgan topishmoq, maqol, tez aytishlar ifodalangan xalqimiz yaratgan ijodiy me’rosimizdan foydalanishimiz zarur. Keyinchalik bola o‘zi mustaqil badiiy jahon adabiyotlarini mutolaa qilish uchun kitobxonlik madaniyatini shakllantirishimiz kerak. Kerak bo‘lsa ota- ona farzandi bilan ertaklar dunyosida kezish kerak. Birga uning mag‘zini chaqib xulosa chiqarishga ko‘maklashish 66 kerak. To, mustaqil fikr dunyoqarash shakllanguniga qadar bola tarbiyasi, ta’limiga e’tiborsiz qaramasligi zarur. Kitob sovg‘a qilish, farzand kamoloti uchun zarur shart sharoitlarni ta’minlab borish zarur. Qaysiki oilada kitob, ilm ardoqlangan bo‘lsa, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib avlodlar yetishib chiqishi shak- shubxasizdir. Download 50.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling