Xalq og’zaki ijodida va ilk yozma yodgorliklarda nutq madaniyati masalalari


Download 95 Kb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi95 Kb.
#1630070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalq og\'zaki ijodida komil inson

An’anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining og’izdan og’izga o’tishi jarayonida nisbatan barqarorliknigina anglatib qolmay, balki o’sha asarning avloddan avlodga o’tish jarayonida dastlabki ijrosiga xos xususiyatlarni, kuyi va shaklini, tasviriy ifoda vositalarini va qahramonlarini nisbatan o’zgarmagan holda saqlab qolganligini ham anglatadi.


Xulosa:
O’zbek folklori janrlari birdaniga va bir vaqtda yuzaga kelmagan, albatta. Folklorning eng qadimiy janrlari asotir (mif), afsona, so’z magiyasi asosidagi xalq qo’shiqlari (badik, kinna, burey-burey. afsun, olqish, qarg’ish), shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo» singari mavsumiy marosim qo’shiqlari bo’lsa, ulardan keyingi bosqichda ertak, maqol, doston va topishmoqlar, yana keyinroq esa latifa, xalq dramasi, askiya, tarixiy qo’shiq paydo bo’lgan. Tarixan ana shu taxlitda shakllangan o’zbek folklorining janriy tizimi o’z taraqqiyoti davomida rivojlandi: takomillashdi, boyidi va hatto ayrim janrlari so’nish jarayonlarini ham kechdi va kechayotir. Shu asosda folklor taraqqiyotining turli bosqichlari turlicha janrlar tarkibiga ega bo’ldi. Natijada ayrim janrlar so’nib, folklor taraqqiyotining boshqa bosqichidagi janr bilan o’zaro munosabatga kirisha olmaydi. Chunonchi, badik yoki «Sust xotin» janrlari allaqachon so’nib ketganligidan hozirgi biror janr bilan munosabatga kirisholmaydi.
XVI — XVII asrlarda yozma adabiyotning folklorga ta’siri sezilarli bo’la boshladi. Buning oqibatida ertaklarda reallik (hayotiylik) kuchaya bordi va XX asrga kelib, xalq ijodida ertak yaratish an’anasi butunlay to’xtadi, aksincha yozma adabiyotda adabiy ertak janri qaror topayotir. Bularning barchasi folklor taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlar zamirida kechdi.

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Askiya. O’XI. Т.: G’ACN, 1970.

  2. Askiyalar // O’zbek folklori ocherklari. 2-tom. Т.: «FAN», 1989, 163-176-b. lmomov K., Mirzayev Т., Sarimsoqov В., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Darslik. Т.: «O’qituvchi», 1990.

  3. Imomov K. O’zbek xalq prozasi. Т., 1981.

  4. Loflar / Askiya. O’XI. Ko’p tomlik. »T.: G’ASN, 1970, 111-122-b.

  5. Mirzayev Т., Safarov O., O’rayeva D. O’zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. — Т.: «Aloqachi», 2008.

  6. Muhammadiy R. Askiya. Т.: O’zdavnashr, 1962.

  7. Oxunjon qiziq hangomalari. Т.: «Meros», 1993.

  8. Razzoqov H. O’zbek xalq og’zaki ijodida satira va yumor. Т.: «FAN», 1965.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling