Xalq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. M
Download 19.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqЭртак, топишмоқ, мақол
Topishmoq — xalq ogʻzaki poetik ijodining eng qad. va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. T.larda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urfodatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. T.da yechilishi mumkin boʻlgan soʻroq majoziy shaklda ifodalanib, uning maʼnosi yashirincha boʻladi. T.da narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga oʻxshatish, oʻzaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. T.lar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Mac, "Bir parcha patir, olamga tatir" (Oy); "Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan (qor); "Past osmondan qor yogʻar" (elak). Ayrim T.lar maqol xususiyatiga ham ega boʻladi. Mac, "Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch" (igna). T.da metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Mac, "Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich" (igna), "Yer tagida oltin qoziq" (sabzi), "Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam" (yer) kabi. T. aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. T.dan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. "Oshiq Oydin", "Oshiq Alvand", "Xirmon Dali", "Yozi bilan Zebo", "Alpomish" va boshqa dostonlarda, "Podsho bilan donishmand chol" ertagida T. namunalari bor. T. bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.
Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli ran. Muayyan ritmik shaklga ega. M.larda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. M.lar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang M.lar yaratilgan. M. uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar harakterli. M.da antiteza hodisasi koʻp uchraydi (mas, "Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl" va boshqalar). Turkiy xalqlarning M.laridan namunalar dastlab M. Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilgan. Bu M.larning bir qanchasi hozir ham oʻzbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi. Mas, M. Koshgʻariy asarida "Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida, mol olasi tashida" kabi. M. baʼzan maye al, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soʻz, tanbeh, mashoyixlar soʻzi, hikmatli maqol, donishmandlar soʻzi, otalar soʻzi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. M.larning ijtimoiysiyosiy va tarbiyaviy ahami-yati gʻoyat katta. Matalyaa narsa tasviri, uning harakteristikasi beriladi, M.da esa toʻla tugallangan fikr-xulosa ifodalanadi. Download 19.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling