Xalq pedagogikasi


Download 15.28 Kb.
bet3/3
Sana03.04.2023
Hajmi15.28 Kb.
#1322177
1   2   3
Bog'liq
Xalq pedagogikasi

Oila tarbiyasi
Oila tarbiyasining tarixiy ildizlari va manbalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov oilaning jamiyat hayotidagi roli haqida to‘xtalib: «Oila haqida gapirar ekanmiz, awalambor, oila hayotnin’g abadiyligini, avlodlaming davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor», - deb ta’kidlagan edi. Repraduktiv salomatlik markazining bergan ma’lumotiga asosan O‘zbekistonda har yili 520000 dan ko‘proq bola tug‘iladi. Demak, dunyoga kelayotgan ana shu farzandlarimizning jismonan, aqlan, ruhan va axloqan sog‘lom bo‘lishlari haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularrni milliy urf - odatlarimiz va umumirtsoniy axloqiy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Oila tarbiyasi bir umr davom etadigan uzluksiz jarayon sifatida - ijtimoiy tarbiyaning bir turi bo‘lib, oilaning barcha a’zolari unda faol ishtirok etadilar, bir-birlariga o‘z bilim, tajribalarini o‘rgatadilar. Oilada shakllanadigan farzandlik, akauka, opa-singillik ikki tirik vuju&ning, ikki olamning o‘zaro ittifoqidan pay do bo‘lgan uchinchi bir olamdir. Ittifoq iborasida, shubhasiz, ahillik, totuvlik degan ma’nolar ham mujassam bo‘lib, agar oila chindan-da tinch-totuv, ahil bo‘lsa, oilaviy turmush mustahkamlanib boraveradi. Aks holda turmush-do‘zaxga aylanadi, er va xotin bir-biriga adovatli raqiblarga aylanib, farzandlar taqdiri va tarbiyasini mavjud bir holatga olib kelib qo‘yadi, qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga putur yetkazadi. Natijada jamiyatga moddiy va ma’naviy zarar yetadi.


Xulosa qilib aytganda, oila faqat er va xotinning o‘zidan iborat emas, balki oila-er-xotin, ulaming farzandlari, eng yaqin tug‘ishganlari, qon-qarindoshlik ipi bilan bog‘langan kishilardan iborat guruh, so‘z bilan ibora etganda, xonadondir. Binobarin, oila odamlaming xohish-istak va maqsadlari asosida birlashgan tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir.
Download 15.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling