Xalq pedagogikasining og'izaki ijodida aks ettirilishi
Avesto”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”
Download 64.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarina, Sparetra, Tomaris
Avesto”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali ma'lumdir. Qadimgi miflarda kishilarning tabiiy ofatlar va yovuz kuchlardan saqlanish borasidagi dastlabki tasavvurlari tirik mavjudot boshiga falokat keltiruvchi tabiiy kuchlarga qarshi mardonavor kurashgan inson va uning xatti-harakatlari orqali ifoda etilgan. Miflar asosida yaratilgan afsonalarning qahramonlari tomonidan olib borilgan harakatlar qahramonlik eposlarining yaratilishi uchun zamin hozirlagan. Qahramonlik eposlarida vatanga bo'lgan muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, yurtining har bir qarich yerini asrash, qadrdon qabilasining farovonligi, to'kin-sochinligini ta'minlash yo'lida jonini fido etish, qabilaning sha'ni, sharafi, ori va nomusi uchun kurashish tuyg'ulari tarannum etilgan. Zarina, Sparetra, To'maris hamda Shiroq (Siroq)lar tomonidan ko'rsatilgan yuksak vatanparvarlik namunalari, Zarina va Striangey, Zariadr va Odatida muhabbatlari, mardlik va qahramonlik timsollari bo'lgan Rustam va Siyovush (Xorazm-qang' eposi)larning jasoratlari to'g'risida hikoya qiluvchi epopeyalar shular jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar (afsona va rivoyat)larda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo'lida olib borgan kurashlari o'z ifodasini topgan. qahramonlar vatanni va xalqni sevadi. Or-nomusni muqaddas deb bilish, do'st va safdoshlarga sadoqat, burchni yuksak darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi uchun o'z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh berish, o'z sevgi-muhabbati yo'lida aziyat kechishga tayyorlik kabi insoniy tuyg'ular ularning asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik eposlarida ulug'langan eng asosiy axloqiy xislatlari - jasurlik va mardlikdir.
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko'plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo'lib, ular avloddan avlodga og'zaki va yozma ravishda o'tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” asari mundarijasidan o'rin olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma'lumotga ega bo'lolmagan bo'lardik. “Avesto” asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo'lib, mashhur sharqshunos olim YE.E. Bertel`sning fikriga ko'ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma” dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kelgan. Xususan, dostonda Avesto va Zendni Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug'ilishi va keyingi hayoti xususidagi ma'lumotlar keltiriladi. Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada yetib kelgan. Mazkur nusxalarning birinchisi - duolar to'plamidan iborat bo'lib, “Vendidat-sede”, ya'ni, “Pok Vendidat” deb ataladi. Ushbu kitobga “Yasna” va “Vispered” lar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchisi kitobdagi kabi “Vendidat”, “Yasna” va “Vispered”lar o'rin olib, unda sharhlar ham beriladi. Izohli tarjima “Zand” (sharh ma'nosida) deb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli nusxasi “Avesto va Zand” yoki “Zand Avesto” deb nomlangan. Ikkinchi variantiga binoan “Avesto” asari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling