Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda Axborot kutubxona markazi tomonidan “Abu Rayhon Beruniy asarlaridan hikmat va rivoyatlar” mavzusida “Kutubxonlar” klubi a’zolari bilan birgalikda davra suhbati tashkillashtirildi.
Joriy yilning 26-aprel –kuni Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda Axborot kutubxona markazi tomonidan Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova va mutaxassisi B.Yusupovalar tomonidan “Abu Rayhon Beruniy asarlaridan hikmat va rivoyatlar” mavzusida “Kutubxonlar” klubi a’zolari bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi.Davra suhbatida klub a’zolaridan tashqari Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktab ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G.Esnazarova, biologiya fani o’qituvchisi M.To’remuratova ,maktab psixologi S.Tajibaeva va maktab kutubxonachisi I.Adilbaevalar qatnashdi.Davra suhbati davomida abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodidan ma’lumotlar berildi va asarlaridan bir qator hikmat va rivoyatlari haqida aytib o’tildi.Abu Rayhon Beruniy astronomiyaga o’z hissasini qo’shganligi u davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi deya takidlab o’tildi. “Kutubxon” klub a’zolari ham o’z fikr va mulohazalarini aytib o’tishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |