Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovсhilarining malaka oshirganlik to’g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Download 1.73 Mb.
|
QULLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tayorlash” bo’limi.
- Qidiruv” bo’limi
Buyruqlar” bo’limi.
Ushbu bo’limda buyruqlarni ko’rish va ularni tasdiqlash jarayonlari amalga oshiriladi(14 – rasm). 14 – rasm. Buyruqlarni ko’rish va ularni tasdiqlash sahifasi. Buyruqni tasdiqlash uchun 14 – rasmda keltirilgan “Kurush” ustunidagi tugma bosiladi va ochilgan sahifadagi “Tasdiqlash” tugmasini bosish orqali bu buyruq tasdiqlanib buyruqqa biriktirilgan tinglovchilar vazirlik xodimlari tomonidan tasdiqdan o’tish uchun yuboriladi. Eslatma: Buyruq tasdiqlangandan keyin bu buyruq asosida boshqa tinglovchi yuborib bulmaydi. Shuning uchun shu buyruq asosida qabul qilingan barcha tinglovchilarni tasdiqlashga yuborgandan so’ng buyruqni tasdiqlash lozim bo’ladi. “Qayta tayorlash” bo’limi. Qayta tayyorlash bo’limini tahrirlash jarayoni ham malaka oshirish bo’limi kabi olib boriladi. Tasdiqlashga yuborishdan boshlab diplom olish jarayonigacha “Qayta tayyorlash” bo’limi orqali tushuntiramiz. “Malaka oshirish” bo’limida ham bu jarayon bir xil buladi. Demak, qayta tayyorlanishga kelgan tinglovchilarning ma’lumotlarini vazirlikka tasdiqlashga yuborish uchun 15 – rasmda keltirilgan jadvaldan “B*” ustundan kerakli tinglovchilar ro’yxatini belgilab “Buyruq” lar ro’yxatidan kirish buyrug’i tanlanadi va “Tasdiqlashga yuborish” tugmasi bosiladi. 15 – rasm. Qayta tayyorlanayotgan tinglovchilar jadvali. Eslatma. Ma’lum buyruq asosida qabul qilingan barcha tinglovchilar tizimga kiritilgach, kiritilgan tinglovchilarni shu buyruq asosida tasdiqlashga yuborib so’ngra ushbu buyruqni “Buyruqlar” bo’limida ko’rsatilgani kabi tasdiqlash lozim. Agarda ma’lum buyruq asosida qabul qilingan barcha tinglovchilarni kiritmasdan bu buyruq tasdiqlansa qolgan tinglovchilarni bu buyruq asosida tasdiqlashga yuborib bo’lmaydi. Agar buyruq tasdiqlanmasa vazirlik xodimlariga siz tasdiqlashga yuborilgan tinglovchilar ko’rinmaydi. Kiritilgan tinglovchilarni tasdiqlashga yuborganizdan so’ng vazirlik mas’ul xodimi bu tinglovchilarni tasdiqlashi yoki tasdiqdan o’tkazmasligi mumkin. Tasdiqlangan tinglovchilar 15 – rasmda keltirilgan sahifadagi “Tasdiqlanganlar” bo’limiga, tasdiqdan o’tmaganlar esa “Tasdiqdan o’tmaganlar” bo’limiga yuboriladi. Barcha tinglovchilar diplom olmagunga qadar 15 – rasmda keltirilgan safifadagi “Tinglovchilar” bo’limida mavjud bo’lib, ularning ma’lumotlarini tasdiqlashga yuborguncha o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Tasdiqlashga yuborgandan so’ng faqatgina o‘qigan fanlardan olgan baholari(va malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun avval qayta tayyorlavdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumot)ni kiritish imkoniyati mavjud bo’ladi. Tasdiqlangan tinglovchilar o’qishni tugatgach ularni diplom olish yoki safdan chiqarish haqidagi buyruqlar asosida diplom olish uchun vazirlik mas’ul xodimiga buyurtma berish yoki safdan chiqarishi mumkin bo’ladi. Bu jarayon faqatgina tasdiqlangan tinglovchilar ustida bajariladi. Malaka oshirish jarayoni ham yuqorida ko’rsatilgan jarayonlar bilan bir xil. Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo’limlarining farqi tinglovchilarni asosiy ma’lumotlaridadir. Yani tinglovchining ma’lumotlarini kiritishda kiritilayotgan ma’lumotlar bir biridan farq qiladi xalos. Qolgan barcha jarayonlar bir xil amalgam oshiriladi. “Qidiruv” bo’limi 16 – rasm. Qidiruv sahifasi. Bu sahifada Toshkent shahar pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ingliz tili fanidan dars berish uchun Toshkent shahar Mirobod tumani muassasalarida ishlovchi ayol tinglovchilar jadvali keltirilgan. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling