Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tayyorgarligi va layoqati darajasini aniqlash bo‘yicha sinov ishini o‘tkazish tartibi Umumiy qoidalar


Tinglovchining masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tayyorgarligi va layoqati darajasini aniqlash bo‘yicha sinov ishini o‘tkazishning yo‘nalishlari


Download 92.5 Kb.
bet3/5
Sana30.10.2021
Hajmi92.5 Kb.
#169461
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu

Tinglovchining masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tayyorgarligi va layoqati darajasini aniqlash bo‘yicha sinov ishini o‘tkazishning yo‘nalishlari

«Masofadan malaka oshirish mohiyati» yo‘nalishi o‘z tarkibiga «XTXMMO maqsadiga oid layoqat» parametrini oluvchi, masofaviy ta’lim shaklini joriy etishning maqsadi, amaldagi holati, malaka oshiruvchining turmush va mehnat faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlardan iborat yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish tinglovchining XTXMMOga bo‘lgan motivini shakllanishida muhim hisoblanib, u tinglovchida malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini XTXMMO orqali qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi darajasini ortishini ta’minlaydi.

XTXMMO maqsadiga oid layoqat parametrining birlamchi kompetensiyalari tarkibini quyidagi indikatorlar tashkil etadi:



  • asosiy tushunchalar tavsifi, sharhi, bu boradagi ta’lim siyosati haqida bilish (masofaviy ta’limni yuzaga kelish sharoitlari, ko‘zlangan maqsad va vazifalar, xalqaro va mahalliy tajribalarga oid);

  • XTXMMOni an’anaviy ta’lim shaklidan farqlay olish (har ikki shakldagi o‘ziga yarasha qulaylik/noqulayliklarni ajrata olish, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik, tezkorlik, ochiqlik kabi tamoyillarga oid);

  • mehnat faoliyati, oilaviy turmush tarzi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini yaxshilash ko‘zda tutilganligini anglash (malaka oshirishning shaxsiy turmush tarziga salbiy ta’sirlarini oldini olinishi, kam chiqimlilik, mehnat unumdorligi va hakazolarga oid);

  • ta’lim muassasasida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyati, amaliyot bilan bog‘liqligini sharhlay olish (maktab, sinfning ta’lim jarayoni, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘qituvchi-hamkasb, o‘qituvchi-ota-ona, o‘qituvchi-mahalla kabi pedagogik hamkorlikdagi barqarorlik, muntazamlilikka oid).

XTXMMO maqsadiga oid layoqat parametrining adaptiv kompetensiyalari tarkibi kasbiy rivojlantirish va yangilashda XTXMMO o‘quv muhitining ahamiyatini bilishdan (Davlat talablarini bajarish, o‘quv muhitidagi modullar va ularning maqsadlariga oid) iborat bo‘ladi.


Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling