Xalq ta’limi vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori (30.09.2019) keyingi yildan kuchga kiradimi, mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur qaror bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan bo‘lib, o‘qituvchilarga ustama berish tartibini belgilaydi.
Xalq ta’limi vazirligi mazkur qaror 2019-yilning 30-sentabr kunidan e’tiboran kuchda ekanligini ta’kidlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |