Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi
Download 1.7 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi
- III. Yakuniy qism
III. Yakuniy qism Uyga borib qo’l va oyoq tirnoqlarini ko’zdan kechirish va o’sib ifloslangan tirnoqlarni tozalash vazufasi beriladi.
14-mavzu “Kiyinish odobi” I.Kirish: Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi :. O’quvchilarga kiyimlar va ularning turlari haqida ma’lumot berish va kiyinish qoidalarini eslatib o’tish. Dizaynerlik , tikuvchilik kasblari haqida boshlang’ich ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi. Spot kiyimlari, tantanalarda kiyiladigan kiyimlar, o’quvchilar kiyimi, uy kiyimi turlari rasmlarda yoki aynan o’zini tabiiy holda ko’rsatish. Tashkiliy qism. Mashg‘ulot maqsadi bilan tanishtirish. I.Asosiy qism: Zamira shoshganicha uyga kirdi-yu, nimanidir shkafidan qidira boshladi. Onasi uyda yo’q edi. Qizil gulli ko’ylagini topguncha ancha ovora bo’ldi.Oxiri qidira- qidira uni kravati ostidan topdi . Shosha- pisha oynaga ham qaramasdan kiydi-da, ko’co’haga yana yugurib chiqib ketdi. Bugun sinfdoshi Nargizaning tug’ilgan kuni edi. Dugonalari hammasi u yerga yig’ilishgan edi.Nargiza dugonalarini juda yaxshi kutib oldi.Onasi sovg’a qilgan ko’ylak unga juda yarashgan, hammaning unga havasi kelardi . Dugonalarining unga hayratomuz qarashayotganini sezib qoldi va ozining kiyimiga ahamiyat berib qaradi va negadir yuzlari qizarib, o’zini noqulay seza boshladi… Hikoyani o’qituvchi sozlab bergach, o’quvchilar uni yakunlash uchun o’z fikrlarini bildiradilar. Turli hil kiyimlar kiygan o’g’il va qiz bolalarning tasvirlari namoyish etish bilan mavzu yoritib boriladi. Kiyimlar nimalardan tikiladi? Ular bizga yetib kelguncha qanday bosqichlarni bosib o’tadi? Qizlar kiyimlari , o’g’il bolalar kiyimlari qanday boladi ? Qizlarning shim kiyishlari to’g’rimi ? degan savollarga javoblar olinadi. Kiyimni yuvish, dazmollash, saqlash qoidalari amaliy tarzda ko’rsatib berish mumkin. III. Yakuniy qism: Demak biz sizlar bilan kiyinish odobi haqida suhbatlashdi. Zamiraga o’hshab kiyimlarini har yerga tashlab ketish, dazmollanmagan, iflos holda kiyib yurish juda noqulay ahvolga solib qo’yishini bilib oldik. Maktabga doimo o’quvchilar kiyimida, mehmonga borganda mehmon kiyimida, sport to’garaklariga borganda sport kiyimida , xatto suzish kiyimisiz hovuzlarda chomilish mumkin emasligini ham bilib oldik. Haddan tashqari uzun,yoki juda kalta ,yoshlariga mos bo’lmagan bichimdagi kiyimni kiyish ham xunuk ko’rinishini yodda tutishimiz kerak . Kiyim tanlash va kiyishda albatta birinchi bo’lib onajonimizning maslahatlariga quloq tutishimiz kerakligi aytilib, mashg’ulot yakunlanadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling