Xalq ta’limi vazirligi


Download 428.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.11.2020
Hajmi428.92 Kb.
#144387
1   2   3
Bog'liq
Malaka ishi Abdullayeva Z.I


Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o’rganilib, mashqlar bilan 

mustahkamlangan qoidalarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklari 

aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo’lim o’rganilgandan so’ng yoki chorak 

oxirida o’tkaziladi. Tekshiruv diktanti o’quv yili davomida 5-6 marta o’tkaziladi. 

Diktantning bu turida yo’l qo’yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf 

qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati 

katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.  

Ta’kidiy diktantdan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida 

foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi 

kabi, o’quvchilar so’zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini 

tushuntiradilar.  



O’z diktant yoki yoddan yozuvda o’rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan 

so’zlar bo’lgan matnni o’quvchilar o’zlari o’qib yodlaydilar(ko’rib idrok qiladilar) 

yoki o’qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o’zlari 

mustaqil yozadilar.  



Izohli diktant o’quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o’tkaziladi. O’quvchi, 

odatda, o’qituvchining ko’rsatmasi bilan ma’lum so’zning yozilishini diktant 

yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So’zning yozilishini bo’g‘in-tovush, tovush-

harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, ““Kitob – bilim 

manbai” – Kitob: Ki-tob. Ikki bo’g‘in. Birinchi bo’g‘inida k, i; ikkinchi bo’g‘inida 

t, o, b tovushlari bor. Oxirgi tovushi tovushi tarzida talaffuz qilinadi. Unda 

yoki tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniqlaymiz. Buning 

uchun so’z oxiriga tovushini qo’shamiz va aytamiz: kitobi.tovushi yozilar ekan” 

kabi izohlanadi.  



Bu diktantda o’quvchilar qoidalarga oid so’zlarning tagiga chizadilar.  

Saylanma diktantda o’quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning 

hammasini yozmaydilar. Uning o’qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina 

(o’rganilgan qoida asosida yoziladigan so’zlarni, so’z birikmalarini) yozadilar. 

Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so’zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich 

kelishigidagi so’zni u bog‘langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so’zni u 

bog‘langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o’quvchilarda 

imloviy ziyraklikni o’stiradi.  

Erkin diktantda o’quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini o’zgartirish, bir 

so’zni unga yaqin ma’noli so’z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 

3-5 qismli matn  

tanlanadi. O’qituvchi avval matnni bir marta ifodali o’qib beradi, so’ngra matn 

mazmuni yuzasidan suhbat o’tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning 

bir qismi qayta o’qib beriladi, o’quvchilar uning mazmunini yozadilar.  

Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, 

o’quvchilar nutqini o’stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.  



Rasm diktant predmet rasmini yoki o’zini ko’rsatib o’tkaziladi: predmet rasmi 

ko’rsatiladi, o’quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo’yadilar, ish 

shunday davom etadi (Birinchi so’z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko’ra 

yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda o’rganilgan qoidani, ayniqsa, o’quv yili 

davomida o’rganiladigan imlosi qiyin so’zlarni to’g‘ri yozishni puxtalash, 

shuningdek, ularni o’quvchilar qanday o’zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko’zda 

tutiladi.  

O’qituvchi darsning maqsadi va malakani shakllantirish ustida ishlash bosqichini 

hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi.  

Bayon o’quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o’stirishga qaratilgan 

orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni 

o’rganishning yakunlovchi bosqichida, o’quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq 

qilishga o’rganganlaridan so’ngo’tkaziladi. Bayonyozganda o’rganilgan imlo 

qoidalarini to’g‘ri tatbiqetish ularning onglio’zlashtirilganligini ko’rsatadi.  

  

  

Orfografiya quyidagi yozuv qoidalariga asoslanadi: 1.Fonetik yozuv- o’zak va 



qo’shimchalarni eshitganimiz asosida yozish. Bunda o’zakka qo’shimcha 

qo’shilganda yo o’zak, yo qo’shimcha, yo har ikkala qismida o’zgarish sodir 

bo’ladi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi mumkin.  

 a) tovush tushishi:shahar, bag’ir, qorin, ko’ngil, egin, burun, yarim, o’g’il, o’rin 

kabi so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi ro’y 

beradi: shahri, bag’ri, qorni, ko’ngli, egni, burni, yarmi, o’g’li; past, sust, ulug’, 

sariq kabi so’zlarga  

-ay (so’z yasovchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi sodir bo’ladi: 

pasay, susay, ulg’ay, sarg’ay; men, sen kabi olmoshlarga -ni, ning (kelishik 

qo’shimchasi), -niki (qarashlilik qo’shimchasi) kabi qo’shimchalar qo’shilganda bir 

-n tovushi tushib qoladi: meni, seniki; ikki, olti, yeti sonlariga -ov, -ala, ovlon 


(jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zak oxiridagi unli tovush 

tushib qoladi: oltov, yettovlon.  

b) tovush almashishi:fe’ldan ot yasalganda o’zakdagi “a” tovushi “o” tovushiga 

almahishi mumkin: sana – sanoq, tara – taroq, yama – yamoq; otdan fe’l 

yasalganda esa o’zakdagi “o” – “a” tovushiga almashishi mumkin: son – sana, yosh 

– yasha, ong – angla; qarmoq, qishloq, baliq, chelak, tilak kabi oxiri “q”, “k” bilan 

tugagn so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zak oxiridagi jarangsiz 

jarangliga aylanadi: qishlog’I, tilagi; sovi-sovuq, qayna-qaynoq, yumsha-yumshoq, 

tarqa-tarqoq, yaltira-yaltiroq, guldira-gulduros kabi fe’llardan sifat yasalganda ham 

tovush almashadi. “q”, “k” bilan tugagan so’zlarga –ga (jo’nalish kelishigi 

qo’shimchasi )qo’shilganda, ya’ni turlanganda tovush almashishi mumkin: baliqqa, 

terakka, chelakka, qishloqqa… d) tovush ortishi:ko’rsatish olmoshlariga –ga, -da, -

dan, (jo’nalish kelishigi, o’rin – payt kelishigi, chiqish kelishigi) qo’shilgandabir 

“n”tovushgi ortadi: u+ga =unga, bu+da=bunda, shu+dan=shundan; -iq 

qo’shimchasi bilan sifat yasalganda tovush ikkilanishi mumkin: issiq, sassiq, 

achchiq… tovush o’zgarishining asosiy turlari: tovush almashishi va tushishi 

hisoblanadi.  

2.Morfologik yozuv.Bu quyidagiga ko’ra o’zagi va qo’shimchalar aynan yoziladi: 

ketdi, aytibdi, ishga, go’shtga, to’rtga, tuzsiz, otday, zarar…  

3.Shakliy yozuv.Bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tilda 

qanday yozilsa shunday yoziladi: stol, zoologiya, congress, fikr… 

 4.Tarixiy – an’anaviy yozuvbo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan , an’anaviy 

tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi: borur, kelur, 

bergil 5.Differensatsiyalash yoki farqlash yozuvi. Bu so’zlarni urg’u yoki boshqa 

fanetik vositalar yordamida yozishdir: olma – olma, she’r – sher, davo – da’vo… 

1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “o’zbek alifbosining yangi imlo qoidalari ”da 

ayrim o’zgarishlar mavjud: 1) juft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib 

kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do’st – u dushman, 

kecha –yu kunduz.  

2) yil, oy, sanani ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi:1994 –

yil 25-iyul, 1994-yil 13-aprel…  

3) kirilchadagi ”Ц” harfi so’z boshida va so’z oxirida “s” harfi bilan beriladi: sirk, 

shprist; so’z o’rtasida unlidan keyin “ts” yoziladi:litsey, konstitutsiya… 

 

O‘zbеk оrfоgrаfiyasining tаmоyillаri 

O‘zbеk оrfоgrаfiyasi fоnеtik, mоrfоlоgik vа аn’аnаviy tаmоyillаrgа аsоslаnаdi. 

Аyrim so‘zlаr diffеrеnsiаtsiyalаsh vа etimоlоgik tаmоyillаr аsоsidа yozilаdi. 

1. Fоnеtik tаmоyilgа ko‘rа so‘zlаr tаlаffuz qilinishigа mоs rаvishdа yozilаdi, 

so‘zning tаlаffuz etilishidа yuz bеrgаn o‘zgаrishlаr hisоbgа оlinаdi: qishlоq-

qishlоg‘im, оg‘iz-оg‘zim, etik-etigi kаbi. 

Ayrim kitoblarda hоzirgi o‘zbеk оrfоgrаfiyasidа fоnеtik tаmоyilgа judа kаm аmаl 

qilinаdi deyiladi.Lekin amalda fonetik tamoyil yetakchi tamoyillardan biridir. 

Mаsаlаn, tushdi, tushgаn so‘zlаridа d ning t, g ning k tаrzidа eshitilishidаn qаt’iy 



nаzаr d, g yozilаdi. Хursаnd, go‘sht so‘zlаridаgi охirgi tоvushlаr tushib qоlsа-dа, 

ulаr yozuvdа sаqlаnаdi. «O‘zbеk tilining аsоsiy imlо qоidаlаri»ning 1995-yil 24- 

аvgustdаgi tаsdiqlаngаn qаrоrigа ko’rа fоnеtik tаmоyilgа хоs yangi ko’rsаtmаlаr 

jоriy qilindi. Jumlаdаn, kirill аlifbоsigа аsоslаngаn аlifbоdа tоg‘, bоg‘, yog‘ kаbi 

so‘zlаrgа-gа аffiksi qo‘shilgаndа bu so‘zlаr tоqqа, bоqqа, yoqqа tаrzidа yozilishi 

qоidа qilib оlingаn edi. Yangi imlо qоidаlаri bu hоlаtgа аlоhidа e’tibоr bеrilib, k vа 

q tоvushlаri bilаn tugаgаn so‘zlаrgа –gаchа, -gа, -gаch,-gаni,-gin, -ginа 

qo‘shimchаlаrining bоsh tоvushi k yoki q tаrzidа аytilishi vа yozilishi ko‘rsаtilib, 

qоlgаn hоllаrdа so‘z qаndаy tоvush bilаn tugаshi vа bu qo‘shimchаlаrning bоsh 

tоvushi k yoki q eshitilishdаn qаt’iy nаzаr, g yozilishi bеlgilаb qo‘yildi: tog`ga, 

bog`ga, yog`ga kаbi. Dеmаk, bu hоlаtdа mоrfоlоgik tаmоyilgа аmаl qilish kеrаk 

bo‘lаdi. 

2. O‘zbеk оrfоgrаfiyasidа mоrfоlоgik tаmоyilgа ko‘rа so‘z vа uning qismlаri 

qаndаy tаlаffuz qilinishidаn qаt’iy nаzаr, umumiy, yagоnа shаkldа yozilаdi. 

So‘zlаrning mа’nоli qismlаri, mоrfеmаning yagоnа tаrzdа yozilishigа quyidаgilаr 

misоl bo‘lа оlаdi.: kеtdi, chоpdi, yigitchilik. 

O‘zbеk tilidа judа ko‘p so‘zlаr аytilishi vа yozilishi bir-birigа to‘g‘ri kеlmаydi 

(аmоnim-оmоnim, mаtоr-mоtоr, dаslаb-dаstlаb, dоktir-dоktоr kаbi). Shuning 

uchun so‘zlаrning bir хil yozilishini tа’minlаshdа o‘zbеk оrfоgrаfiyasining yetаkchi 

tаmоyillardan bo‘lgаn mоrfоlоgik tоmоyildаn fоydаlаnish qulаydir. 

3. Аn’аnаviy tаmоyildа so‘z vа mоrfеmаlаr qаdimdаn аn’аnаgа аylаnib qоlgаn 

qоidаlаr аsоsidа yozilаdi. Bu tаmоyilgа ko‘rа hаm so‘zning аytilishi uning 

yozilishidаn fаrq qilаdi. Lеkin bundа mоrfоlоgik tаmоyildаgi singаri mоrfеmаning 

yagоnа shаkllаnishi grаmmаtik qоidаgа аmаl qilinmаydi. Аksinchа, so‘zlаrning 

hаrfiy ifоdаsi ulаrning tаriхаn o‘zlаshib, singib kеtgаn shаkligа tеng kеlаdi: Chor 

Rossiyasi, cherkov, pudratchi, fahm muоmilа (muоmаlа o‘rnigа), kаbutаr (kаptаr 

o‘rnigа). 

Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Odatda, ba’zi 

tayanch shevalar talaffuzi adabiy til talaffuzi normasiga yaqin turadi. Masalan 

o`zbek adabiy tilining talaffuziga Toshkent va Farg`ona vodiysi shevalarining 

talaffuzi asos qilib olingan. Rus adabiy tilining talaffuziga esa Moskva va 

Leningrad shevalari asos sifatida qabul qilingan. Orfoepik me’yorlar makon va 

zamonda farqlanadi, o`zgaradi. Ya’ni har bir til o`zining ma’lum davrdagi adabiy 

talaffuz normalariga ega bo`lib, ular vaqt o`tishi bilan tildago fonetik, leksik va 

boshqa yangilanishlar natijasida ozgarishi mumkin. Orfoepiya nutqning talaffuz 

me’yorlari amaliy jihatdan qanday bo`lishini fonetika va fonologiyadagi nazariy 

tamoyillarga asoslangan holda belgilab beradi. O`zbek tilida avvalgi adabiy talaffuz 

me’yorlari eski o`zbek adabiy tili negizida yuzaga kelgan bo`lsa, hozirda 

foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan texnikaning yuksalishi, xalq 

madaniy saviyasining tobora o`sib borishi, umumiy savodxonlik, o`rta va oliy 

maktablarning rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga olgan holda belgilangan. 

Quyida orfoepiyaning ba’zi me’yorlari bilan tanishib o`tamiz: 



Yonma-yon kelgan ia, io, ai, oi, ea – unlilari orasiga qisqa y tovushini qo`shib 

talaffuz etish orfoepik me’yordir: tabiat – tabiyat, shariat – shariyat, radio – 



radiyo, stadion – stadiyon, said – sayid, ukrain – ukrayin, doim – doyim, oila – 

oiyla, teatr – teyatr, laureat – laureyat kabi. 

Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar oxiridagi d

t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me’yordir. 

Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongres singari o`zlashma so`zlarning 

talaffuzida qo`sh unli (undosh)larning faqat bittasi talaffuz etiladi. 

Shartli qisqartmalarni kengaytirilgan holatda o`qimaslik adabiy talaffuz normasiga 

ziddir: AQSH – Amerika Qo`shma Shtatlari, BMT – Birlashgan Millatlar 



Tashkiloti, A. Navoiy – Alisher Navoiy, A.Qod. – Abdulla Qodiriy kabi. 

Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari so`zlar oxiridagi b undoshi 

jarangsiz jufti bilan almashtirilib, n tarzida yalaffuz ‘tilishi deyarli barcha sheva 

vakillari nutqiga xosdir va bu hol orfoepiya uchun me’yoriy hodisa hisoblanadi. 

Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining 

yig`indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon 

hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o`nlab rivojlangan 

mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga 

qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro`y 

bergan ko`rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog`liq bo`lishidan 

qat’iy nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko`rsatuvlar tasodifan efirga 

uzatilsa, ko`rsatuvni tayyorlagan jurnalistga televideniye muharririga katta 

miqdorda jarima solinadi, ba`zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin. 

O`zbekiston televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari haqida 

hamma vaqt ham bunday gapni aytib bo`lmaydi. Ba’zi radio eshittirishlarida, 

televideniye ko`rsatuvlarida shevaga berilib, bu holatni “xalqona soddalik”, 

“dehqontabiatlilik” sifatida izohlab, adabiy talaffuz me’yorlarini qo`pol ravishda 

buzish madaniyatsizlikning bir ko`rinishi ekanligini unutmasligimiz lozim. 

Orfografiya grekcha so`z bo`lib, orthos – to`g`ri va grafo – yozaman“to`g`ri 



yozuv” degan ma’noni ifodalaydi. Orfografiya tovush va harflar, so`z va uning 

ma’noli qismlari, qo`shma, juft, takroriy, qisqartma (jumladan, shartli 

qisqartmalarning ham) so`zlarning qo`shib, ajratib va chiziqcha orqali yozilishi, 

bo`g`in ko`chirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish o`rinlari haqidagi 

yagona qoidalar tizimidan iboratdir. Orfografiya og`zaki nutqni yozuv orqali to`g`ri 

ifodalash uchun har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 

yozuv qoidalarining umumiyligini ta’minlaydi.Bu esa og`zaki nutqni imloda bir xil 

yozish imkoniyatini tug`diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi 

bilan shevalardan farqlanib turadi. Og`zaki nutqda ham, yozma nutqda ham 

muayyan me’yorlarga rioya qilish nutq (og`zaki va yozma)ning aniq, ravon va 

tushunarli bo`lishiga yordam beradi. Adabiy tilni to`liq egallash uchun esa til va 

nutq me’yorlarini bilish hamda unga rioya qilish shart. Orfografiya to`g`ri yozish 

qoidalarini belgilashda ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda 

orfografiyaning quyidagi prinsip (tamoyil) lari qayd qilinadi: fonetik, morfologik, 



tarixiy - an’anaviy va shakliy (simvolik yoki ideografik) prinsiplar. Biroq bularning 

mavqei hamma tillarda ham bir xil emas: har bir tilning orfografiyasi uchun u yoki 

bu prinsip asos qilib olinadi. Asosiy orfografik tamoyillar va ularning o`ziga xos 

xususiyatlari xususida alohida to`xtalib o`tamiz. 

Fonetik tamoyil. Bu orfografiyaga xos asosiy mavqe egallovchi prinsiplardan 

bo`lib, unga ko`ra so`zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda 

yoziladi.So`zshakllarning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik o`zgarishlar 

hisobga olinadi. Chunonchi, yurak-yuragi, yurakka, son-sana, sanoq, sanog`i, 

qishkoq-qishlogim, qishloqqa kabi. Demak, fonetik prinsipda so`zning aytilishi 

bilan yozilishi bir-biriga mos keladi. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi [-ga], 

sifatdosh shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha [-gan], chegara ma`nosini ifodalovchi 

murakkab affiks [-gacha], payt va maqsad ravishdoshi shaklini yasovchi [-gach], [-

guncha], [-gani], ozaytirma sifatni hosil qiluvchi [-gina] kabi affikslar o`zak-negizi 

k, q undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda, muayyan so`zshakllari 

fonetik tamoyil asosida yoziladi. Masalan, terakka, buloqqa, ekkan, boqqan, 

eshikkacha, quloqqacha, ayriliqqacha, zerikkach, chiqqan, tikkuncha, taqquncha, 

yoqqani, chekkani, kichikkina, iliqqina va h.k. 

Fonetik prinsipga asoslangan imlo qoidalari boshqa tillarda ham uchraydi. 

Jumladan, turkiy tillar oiilasiga kiruvchi uyg`ur tili imlo qoidalari uchun bu tamoyil 

etakchi o`rinda turadi: maktevi (maktabi ), epkaldi (olib keldi ) kabi. 

Rus tilidagi [без-], [воз-], [из-], [раз-] prefikslari jarangsiz undoshlar bilan 

boshlanubchi o`zak-negizlarga qo`shilganda, ko`pincha, fonetik o`zgarishga 

uchraydi va bu imloda ham o`z aksini topadi: без+ срочный = бессрочный, 

без+печный=беспечный, без+толковый=бестолковый, 

без+платно= бесплатно; воз+принять=воспринять, из+писать=исписать, 

раз+цвести = расцвести. Shuni eslatib o`tish lozimki, na o`zbek tili uchun, na 

rus tili uchun fonetik prinsip asosiy orfografik tamoyil vazifasini o`tamaydi. 

Uyg`ur tili, belarus tili orfografiyalarida bu tamoyilga ko`proq amal qilinadi. 

 

Morfologik tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zshakllar qanday talaffuz etilishidan 

qat’iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi. Demak, morfologik prinsip asosida 

yozilgan so`zlar jonli so`zlashuvdagi talaffuzga muvofiq kelmaydi. O`zbek tilining 

orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga asoslangandir. 

Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to`qson, qochdi, rost, po`stdumba, 



Samarqand, muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti, ishta, 

maxtamoq, to`xsan, qoshti, ros, po`sdumma, Samarqan, muomila, gazet tarzida 

aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi. 

Qo`shma va juft so`zlar, ko`m-ko`k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt, bir mahal kabi 

ravishda ham morfologik prinsip asosida yoziladi. 

Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o`ynaydi. 

Masalan, rus tilidagi часовой, города, подписка, вокзал, дорога, товар, 



команда, окно, вода, совпадать singari so`zlar jonli so`zlashuvda часавой, 

гарада, патписка, вакзал, дарога, тавар, каманда, акно, вада, 

сафпадат tarzida aytiladi. Yuqoridagi kabi asliga ko`ra yoziladi. 

A.N.Gvozdevning «Основы русской орфографии». (M., 1963, стр. 54) kitobida 

qayd etilgan ma’lumotga ko`ra, rus tili imlo qoidalarining 71,4 foizi morfologik 

tamoyilga asoslangan. 

Tarixiy – an’anaviy tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zlar hozirda qanday talaffuz 

qilinishiga qarab emas, qadimdan an’anaga aylanib qolgan qoidalar asosida 

yoziladi. Demak, so`zlarning aytilishi uning yozilishidan farq qiladi. Biroq bunda 

morfologik prinsipdagi kabi morfemalarning yagona shakllanishiga, grammatik 

qoidaga rioya qilinmaydi. Aksincha, so`zlarning yozma ifodasi ularning tarixan 

o`zlashib singib ketgan shakliga teng keladi. O`zbek tilida bu tamiyildan, odatda, 

badiiy uslubda ko`proq foydalaniladi: 

Masalan:  maqsad ravishdoshi qo`shimchasi [-gani] o`rnida uning tarixiy 

ko`rinishlari [-gali], [-g`ali], [-qali], [-kali] qo`llaniladi: Ko`rgali keldingmi, yor, 

kuydirgali keldingmi, yor (Qo`shiqdan); sifatdoshning [-r/-ar] shakli [-ur] tarzida 

ishlatiladi: Shirin bo`lsang, yalab ado qilurlar, Achchiq bo`lsang talab ado 



qilurlar (E.Vohidov); 

[-mi] so`roq yuklamasi [-mu] shaklida qo`llaniladi: Sevgini tortib bo`larmu, toshu 



tarozu bilan (E.Vohidov); Sen bahorni sog`inmadingmu (A.Oripov); 

[-gin] buyruq - istak mayli shakli [-gil], [-g`il] tarzida ishlatiladi: Bas, yetar, 



ko`ksimga urmagil xanjar (A.Oripov); 

chiqish kelishigi shakli [-dan] ko`pincha, [-din] tarzida beriladi: Gavhar balchiqqa 



tushgani bilan qimmati ushalmas va o`z bahosidan qolmas (I.Sulton) va h.k. 

     O‘zbek  milliy  tilining  tarkibi  nihoyatda  rang-barang  va  murakkab  

bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar   

talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla- 

nadi: 1) qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi 

y

 undoshi  o‘rnida  



j

  talaffuz  qilinadi:  

yo‘q  //jo‘q,  yigit//jigit

;  adabiy  tildagi  

g‘

  o‘rnida  



v

  

undoshi  aytiladi:  



tog‘//tov  sog‘//sov

;  so‘z  oxirida  

k,  q

  undoshlari  



tushiriladi:  

kichik//kichchi,  qattiq//qatti

;  2)  o‘g‘uz  lahjasida  esa  so‘z  

boshida keladigan 

t, k

 jarangsiz undoshlari 



d, g

 tarzida talaffuz qilinadi:  

tog‘//dag‘,  kel//gal

  kabi;  3)  qarluq  -  chigil  -  uyg‘ur  lahjasining  o‘ziga  

xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi 

q

 undoshning 



g‘

 tarzida aytilishi,  

ba’zan  tushirilishida  kuzatiladi: 

qovoq//qovog‘,

 shuningdek, bu lahjada  

a

 unlisining 



o

 tovushiga o‘zgartirilishi ham  kuzatiladi: 

aka//oka

 kabi.  


       O‘zbek  lahjalaridagi  bu  kabi  lahjaviy  xilma-xilliklar,  shubhasiz,  

adabiy tilning talaffuz me’yoriga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ana  

shunday  nutqiy  tafovutlarni    bartaraf  etish,  lahjalardagi  eng  maqsadga   

muvofiq  so‘z shakllarini tanlagan holda  qoidalashtirish orfoepiyaning  

muhim vazifalaridandir.  

  


 Albatta, orfoepiya boshqa tillardan

 o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzi- 

ni ham qamrab oladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning orfoepiya qonun- 

qoidalariga  mos  ravishda  talaffuz  qilinishi  qoidalashtirilgan.  Masalan,  

fabrika,  fakt  

so‘zlari


  pabrika,  pakt

  tarzda  aytilsa  ham,    ular  asliga   

muvofiq talaffuz qilinishi lozim.  

       Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi  asosida yaratiladi.  

Bu    esa  orfoepik  me’yorlarni  belgilashda  tovush  tizimi,  uning  nutqiy  

jarayonda turlicha  o‘zgarishini  hisobga olishni  taqozo etadi.  



Download 428.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling