Xalqaro audit tizimi va uning modellari
Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat
Download 175.05 Kb.
|
auditning turlari va shakllari
Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari
Xalqaro audit tizimini unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo, buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda Xalqaro tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning buxgalter- auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya davlatlarining maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning ko’pgina davlatlarida tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi tafovutlar xususida hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra buxgalteriya hisobi va audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot tuzishga qaror qilingan. Natijada xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan. 1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - IASC) bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi vaqtda uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda. Hozir auditga bo’lgan talablarni uyg’unlashtirish borasida ishlar xalqaro darajada takomillashtirilmoqda. Turli tashkilotlar, shu jumladan, buxgalteriya standartlari bo’yicha maxsus qo’mita (IASC), xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bu masala bo’yicha faol shug’ullanmoqda. Moliyaviy hisobotlarning yagona xalqaro tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari asosida barpo qilish va uni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tarkibida doimiy avtonom qo’mita huquqlariga ega bo’lgan auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tuzilgan. U Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi. Bular buxgalter-auditorlik kasbining rivojlanishi va imkoni boricha xalqaro miqyosda auditga yondashishning yagona tizimini yaratishga mo’ljallangan. Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) buxgalteriya hisobi va auditning standartlarini ishlab chiqish va uni butun dunyoga targ’ib qilish maqsadida tuzilgan. Boshqa xalqaro tashkilotlardan farqli o’laroq Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita tarkibiga faqat nohukumat tashkilotlar kiritiladi. Qo’mitaga rahbarlik qilish doimiy ishlovchi kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyat tarkibiga 13 ta davlat va 4 ta xalqaro tashkilotning vakillari kiritilgan. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) 1977 yilda buxgalterlik kasbini yuqori darajaga olib chiqish maqsadida tuzilgan bo’lib, uning bajaradigan vazifalari IASCning vazifalari bilan mos tushadi. Jahonning 75 mamlakatining professional hisob tashkilotlari IFACning a’zolari bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini standartlashtirish muammolari bilan BMTning hisob va hisobotlarning xalqaro standartlari bo’yicha ekspertlarning hukumatlararo ishchi guruhi (ISAR) shug’ullanadi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashmaydi, balki ushbu tashkilot standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi. Mazkur tashkilot 1976 yilda tuzilgan bo’lib, unga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Finlandiya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari a’zo hisoblanishadi. Download 175.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling