«Jurnalli» indeksda naukometrik indekatorlar tasnifi quyidagilardan iborat:
• jurnal sifat ko’rsatkichlari uning maqolalariga tsitatalanish haqidagi hisoblangan ma’lumot bo’yicha,
• jurnalni predmet sohasi bo’yicha tartiblash va mamlakatning, tashkilotning ilmiy nashrlari sifatini aniqlash,
«Nojurnalli» indekslar:
• olimning,
• tashkilotning,
• davlatning,
• bilim sohasining nashriy faoliyati ko’rsatkichlari.
Naukometrik ko’rsatkichlar va indekslarni qo’llashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
milliy va xalqaro masshtabda fan va texnologiyani rivojlantirishning mavjud yo’nalishini baholash, ularning dinamikasi, o’sish nuqtalari, yangi yo’nalishlarning paydo bo’lishi va boshqalar;
olimlar tomonidan taklif qilingan loyihalarni baholash (ekspertiza);
milliy va xalqaro darajada ilmiy tashkilotning faoliyati natijadorligini baholash;
ilmiy tashkilotning hamkorligi muvaffaqiyatini baholash va namoyon qilish, yangi ilmiy jamoani shakllantirish;
aynan olimlar faoliyatini baholash;
reytinglarni tuzish;
ilmiy jamoalar, tashkilotlar, sohalarni moliyalashtirish hajmini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |