Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dasturning 24yillik faoliyati davomida unga qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, jumladan 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. O‘zbekiston ham 8-davriylikda yuqori natijaga erishib chet davlatlarda oldingi o‘rinlarda turish niyatida matematika va tabiiy fanlarga e’tiborni anchayin kuchaytirdi, zero prezident maktablariga imtihon matematika va chet tillaridan bo‘lganligi va bu maktabga eng salohiyatli, o‘ta bilimli, malakali kadrlarni saralab olinishi so‘zimiz isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. - Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dasturning 24yillik faoliyati davomida unga qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, jumladan 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. O‘zbekiston ham 8-davriylikda yuqori natijaga erishib chet davlatlarda oldingi o‘rinlarda turish niyatida matematika va tabiiy fanlarga e’tiborni anchayin kuchaytirdi, zero prezident maktablariga imtihon matematika va chet tillaridan bo‘lganligi va bu maktabga eng salohiyatli, o‘ta bilimli, malakali kadrlarni saralab olinishi so‘zimiz isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
- Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi: PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash; TIMSS – 4- va 8-sinf o‟quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‟nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish; PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Ushbu loyihalar oʼquvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash koʼnikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu koʼnikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi. Ma‟lumotlar to‘plashning uchinchi o‘n yilligi va yettinchi davriylikni boshlagan TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - bu to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha keng joriy qilingan xalqaro baholash dasturi. TIMSS tadqiqoti doirasida birinchi baholash 1995- yilda o‘tkazilgan va har to‘rt yilda takrorlangan: 1999, 2003, 2007, 2011, 2015, 2019. TIMSS 2019 tadqiqoti TIMSS tadqiqotlari ketma-ketligining eng oxirgisidir. 60 ga yaqin mamlakat global kontekstda o‘z ta‟lim tizimining samaradorligini monitoring qilishda TIMSS trend ma‟lumotlaridan foydalanadi va har bir davriylikda TIMSS tadqiqotiga yangi davlatlar qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |