Xalqaro biznes strategiyasi va tuzilishi
Download 375.35 Kb.
|
Xalqaro biznes. Ma`ruza matn 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2-rasmda
- Tahlil natijalari
Q iymat zanjiri tahlili birinchi navbatda uchinchi savolga qaratilgan bo'lib, u asosiy xom ashyo yoki butlovchi qismlarni yetkazib berishdan tortib to mahsulotni yoki xizmatni yakuniy xaridorga yetkazishgacha bo'lgan davrda kompaniya faoliyat yuritadigan qiymat yaratish faoliyatining majmuini anglatadi. Soddalashtirilgan qiymat zanjiri 8.2-rasmda keltirilgan.
8.2a-rasm Qiymat zanjiri Q iymat zanjirining asosiy va qo'llab-quvvatlovchi faoliyatlari TMK qiymatini yaratish uchun bajaradigan qadamlarini aniqlaydi. Faoliyatni alohida majburiyatlarga ajratish orqali, bu yerda ko'rib turganimizdek, qiymat zanjiri menejerlarga strategik rejalashtirish uchun kuchli vosita hisoblanadi. 8.2b-rasm Qiymat zanjiri TMK-ning dunyoning istalgan joyiga birlamchi yoki yordamchi faoliyatni amalga oshirish uchun tanlovi unga ulkan joy tanlash imkoniyatini beradi. TMK butun dunyo bo'ylab qiymatlarni qanday taqsimlashi - bu konfiguratsiya masalasi, asosan qaysi faoliyatni qayerda qilishni hal qilish vazifasidir. Dunyo miqyosidagi ishbilarmonlik muhitini tashkil etadigan 214 bozorda sotish imkoniyatidan tashqari, TMK har birida operatsiyalarni o'rnatish imkoniyatiga ega. Masalan, Nestlé 86 mamlakatda 442 zavodni, Toyota 29 mamlakatda 70 fabrikani boshqaradi. U yerda yoki bu yerda fabrika ochish to'g'risidagi qaror, ularning strategik rejalashtiruvchilarining joylashuv imkoniyatlari va cheklovlarini talqin qilishlarini aks ettiradi. Nazariy jihatdan konfiguratsiya markazlashgan tortib (TMK barcha qiymat zanjiri faoliyatlarini bir joyda bajaradi) matkazlashmagan-gacha (TMK turli joylarda qiymat zanjirini tarqatadi). Ushbu tahlilning maqsadi nima? Bu menejerlarga kompaniyaning qiymat zanjirini tashkil etadigan faoliyat turlarini, shu jumladan o'zi bajaradigan va autsorsing xizmatlarini belgilaydigan imkoniyatlarni anglashga yordam beradi. Menejerlar, shuningdek, qiymat zanjiri bo'yicha faoliyatni qayerda joylashtirishni o'ylashlari kerak - o'z mamlakatlarida, arzonroq bo'lgan joyda yoki chet elda xaridorga yaqin joydami? Bunda menejerlar qiymat zanjiridagi faoliyat o'rtasidagi aloqalarni o'rganib chiqadilar. Masalan, sotish va mahsulotni rivojlantirish o'rtasidagi bog'liqlik mijozlarimizning ehtiyojlari samarali ravishda yangi mahsulotlarga o`z aksini topishini ta'minlaydimi? Uyda va chet elda yetkazib beruvchilar, sheriklar, distribyutorlar va mijozlar bilan samarali ishlayapmizmi? Tahlil natijalari - bu aniq birlashtirilgan qiymat zanjiri faoliyatining yuqori to'plamini va ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlash, bu tizim tashkilotga maqsadli mijozlar ehtiyojiga mos mahsulot va xizmatlarni yanada samarali rivojlantirish, ishlab chiqish, reklama qilish va sotish imkonini beradigan tizim. TMKlar ushbu tahlil orqali global raqobat ustunligi uchun asos yaratadilar. Download 375.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling