Xalqaro biznes strategiyasi va tuzilishi


Turli millatli(multidomestic) va global sanoatning farqi


Download 375.35 Kb.
bet6/30
Sana31.01.2024
Hajmi375.35 Kb.
#1830376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Xalqaro biznes. Ma`ruza matn 1

Turli millatli(multidomestic) va global sanoatning farqi

Qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, iste'mol tovarlari, moda, chakana savdo va noshirlik kabi ayrim tarmoqlarga ixtisoslashgan kompaniyalar uzoq vaqtdan beri xalqaro biznesga o'zlari ish olib boradigan har bir mamlakatning o'ziga xos ehtiyojlari va didiga qarab murojaat qilishadi. Masalan, ingliz noshiri Bloomsbury o'zining Garri Potter seriyasining har bir jildini kitob sotiladigan har bir mamlakatda mahalliy tilga tarjima qiladi. McDonald's menyusini turli mamlakatlarda turli xil sharoitlarga mos ravishda o'zgartiradi. Firma o'z takliflarini har bir mamlakat madaniyati, qonunlari, daromad darajasi va boshqa o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirishi kerak bo'lgan bu kabi sohalar multimahalliy(multidomestic) sanoatlar deb nomlanadi. Bunday sohalarda har bir mamlakat o'ziga xos raqobatchilar to'plamiga ega bo'lishga intiladi. Shunga ko'ra, turli multimahalliy(multidomestic) sanoatlarda raqobat davlatlar miqyosida ya`ni mamlakatlarga xos (contry-by-country) xususiyatlarga asoslanadi.




Aksincha, sanoatning boshqa turlarida, masalan, aerokosmik, avtomobillar, metallurgiya, kompyuterlar, kimyoviy vositalar va sanoat uskunalari sohasida firmalar odatda xalqaro biznesga mintaqaviy yoki global miqyosda mijozlarning ehtiyojlari va didlariga moslashish yondashuvini tanlashadi. Ushbu turdagi mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha yuqori darajada standartlashtirilgan. Masalan, DuPont butun dunyo bo'ylab bir xil kimyoviy moddalarni sotadi. Subaru biznes yuritadigan ko'plab mamlakatlarda juda o'xshash avtomobillarni sotadi. Bu kabi sohalar, raqobat mintaqaviy yoki butun dunyo miqyosida bo'lib o'tadi, va global sanoatlar deb nomlanadi. Aksariyat global tarmoqlar bir nechta bozorlarda o'zaro raqobatlashadigan bir nechta yirik o'yinchilar bilan ajralib turadi. Bu Kodak butun dunyo bo'ylab bir xil raqiblar - Yaponiyaning Fuji va Yevropaning Agfa-Gevaerti bilan raqobatlashishini anglatadi.

Download 375.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling