Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari
Inson huquqlari va uning asosiy erkinliklarini hurmat qilish p
Download 110.73 Kb.
|
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH
Inson huquqlari va uning asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsipi.
BMT Nizomiga muvofiq asosiy maqsad – insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqli ekanligiga hamda ko‘p va kam sonli millatlarning teng huquqliligi e’tiqodiga qat’iy ishontirish hisoblanadi. Nizomning aniq moddalari bilan inson huquq va uning asosiy erkinliklarini himoya qilish yanada mustahkamlangan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktda hamda 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktda davlat tomonidan o‘z yurisdiksiyasi doirasida joylashgan barcha shaxslarga tegishli qonunchilik hujjatlari va boshqa choralarni qabul qilish orqali berish majburiyati yuklangan asosiy inson huquq va erkinliklari sanab o‘tiladi. Shu bilan birga qonuniy cheklovlarga ham yo‘l qo‘yilgan, misol uchun davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi sog‘ligi va axloqini yoxud boshqa shaxslarhuquq va erkinliklarini himoya qilishlikka ham yo‘l qo‘yiladi. 1975-yilgi Yakuniy hujjat prinsiplari Deklaratsiyasida VII prinsip “inson huquqlari va asosiy erkinliklarini, shu jumladan erkin fikrlash, e’tiqodi, dini va imonini hurmat qilish” mavjud. Nizomga muvofiq BMT doriasida inson huquqlariga oid bir qancha universal konvensiyalar qabul qilindi. Bir qancha inson huquqlariga oid konvensiyalar mintaqaviy miqyosda, ayniqsa, Yevropa Kengashi doirasida qabul qilindi. Natijada xalqaro huquqning alohida sohasi – “inson huquqlari xalqaro huquqi” tashkil topdi, buning negizida inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi yotadi. Inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning subyekti davlatlar va davlatlararo xalqaro tashkilotlar hisoblanadilar. Ularga yuqorida qayd etilgan hujjatlar asosida yaratilgan standartlarga muvofiq mazkur prinsipning manbasi hisoblangan inson huquqlarini ta’minlash va uni himoya qilish bo‘yicha asosiy majburiyatlar yuklatilgan. Inson huquqlarining qator ro‘yxati doimo ko‘payib bormoqda, shu bilan birga standartning umumiy darajasi va ushbu huquqni himoyasi oshib bormoqda. Jumladan, XX asrning oxirgi choragida insonlarning tajovuzsiz hayotda, yadrosiz zaminda va ekologik jihatdan toza muhitda yashash huquqi kabi huquqlari paydo bo‘lmoqda va qonuniy ta’minlanmoqda. Download 110.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling