Javob. Xalqaro huquq funksiyasi – xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti hisoblangan munosabatlarga xalqaro huquq tomonidan ta’sir ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro huquq funksiyalari ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi, ular nafaqat xalqaro-huquqiy obyektlarga ta’sir ko‘rsatishi bilan, balki u yoki bu munosabatlar sohasida erishilgan xalqaro-huquqiy tartibga solish darajasi bilan baholanadi.
Quyidagi funksiyalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) barqarorlashtirish – uning mazmuni shundan iboratki, xalqaro-huquqiy normalar dunyo hamjamiyatini birlashtirishga, muayyan xalqaro tartibotni mustahkamlashga, ko‘proq barqaror holatga keltirishga chaqiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |